O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/362
Sana06.06.2022
Hajmi6,62 Mb.
#641680
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   362
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

Xo‘jalik 
operatsiyalarining 
mazmuni 
So‘mma, 
ming so‘m 
Hisobvaraqlar
korrespondensiyasi 
Yozuvlarni
tasdiqlovchi 
hujjatlar
Debet 
Kredit 
Berilgan tovarlarning tan-
narxi hisobdan chiqarildi 
160,0 
9220 
2810 
Qayta baholash qayd-
nomasi, schot fakturalar 
Tovarlarni hadya shartnomasi 
bo‘yicha berish aks ettirildi 
160,0 
2810 
9130 
Hadya shartnomasi, 
yukxati 
Tovarlarni tekinga berishdan 
ko‘rilgan zarar aks ettirildi 
160,0 
9430 
2810 
Buxgalteriya hisob-kitobi, 
inventar kartochkalar, mo-
liyaviy hisobot shakllari 
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri 
hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
Masala. Korxona tomonidan joriy yilda binoning rekonstruksiyasi uchun 2 yil muddatga 
xorijiy valutada kredit olingan. Loyiha bo‘yicha o‘tgan yilning dekabr oyida ishlar tugatilgan va 
subyekt ishga tushirilgan. Hisobot yilida mazkur shartnoma bo‘yicha bank xizmati uchun va uning 
foizi uchun to‘lovlarni amalga oshirgan. Lekin o‘tgan yillarda olingan kreditor qarzlar o‘z vaqtida 
to‘lab berilmagan. Buxgalteriya hisobida valuta bo‘yicha kreditlar quyidagicha aks ettirilgan: 
Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish”schoti-1460000 so‘m; 
Kredit 5210-“Mamlakat ichkarisidagi valuta” schoti-1460000 so‘m; 
(Shu jumladan, 1340000 so‘m-kredit uchun foiz, 340000 so‘m – bank xizmati uchun).
Talab qilinadi:
1. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
2.Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga 
olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim? 
Masala. Ta’sis hujjatlariga ko‘ra ma’suliyati cheklangan jamiyat ustav kapitali - 150000 
ming so‘m. Jamiyat ta’sischi jismoniy shaxs bo‘lib, u ulush sifatida texnologik uskunani kiritdi. 
Uskunani yyetkazib berish bo‘yicha xarajatlar QQS bilan birga 2450000 so‘mni tashkil etdi. 
Uskuna - ulushning boshlang‘ich qiymati 16250 ming so‘m, uning korxona tomonidan kirim 
qilinishi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalarida aks ettirilgan: 
1) Debet 4610-“Muassislarning ustav kapitali(fondi)ga badallar bo‘yicha qarzlari” schoti, -
15000 ming so‘m;
Kredit 4610-“Muassislarning ustav kapitali(fondi)ga badallar bo‘yicha qarzlari” schoti, - 
16250 ming so‘m. 
2) Debet 0820-“Asosiy vositalarni sotib olish” schoti, -16250 ming so‘m; 


 
Kredit 8330-“Pay va qo‘yilmalar” schoti, -15000 ming so‘m.
3) Debet 0820-“Asosiy vositalarni sotib olish” schoti, - 245000 ming so‘m; 
Kredit 0820-“Asosiy vositalarni sotib olish” schoti, - 15000 ming so‘m. 
4) Debet 0120-“Binolar, inshootlar va uzatkich moslamalar” schoti, - 15000 ming so‘m; 
Kredit 2310-“Yordamchi ishlab chiqarish” schoti, - 2450000 ming so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, 
yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlang. 
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. Korxona uskuna sotib oldi. Oldi-sotdi shartnomasida uskunaning narxi AQSH 
dollarida ko‘rsatilgan - 15000$. Shartnomaga ko‘ra to‘lov (100%) Markaziy bankning to‘lov 
sanasidagi kurs bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi. To‘lov 5-sentabrda amalga oshirildi, uskuna esa 
18-sentabrda olindi. AQSH dollarning so‘mga nisbatan kursi quyidagicha bo‘lgan: 
5-sentabrda – 1 AQSH dollari 1422,6 so‘m; 
18 sentabrda – 1 AQSH dollari 1426.24 so‘m; 
Uskunaning boshlang‘ich qiymati – 2139360 so‘mni tashkil qiladi. 
Talab qilinadi: 
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini 
tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
Masala Korxona 4 yil muddat ichida foydalanish kutiladigan uskunani 1 750 000 so‘mga 
sotib oldi . Ushbu uskunani tugatish qiymati 175000 so‘mga baholangan .Mazkur uskuna bilan 
bog‘liq quyidagi operatsiyalar amalga oshirilgan: 
1) Uskunani 2 - yili ishlatish davomida yangi tarkibiy qism uchun 140 000 so‘m to‘landi, 
uning foydalanish natijasida uskunaning unumdorligi 10% oshishi kutilmoqda. 
2) Uchinchi yil davomida uskunani foydali xizmat muddatini 4 yildan 6 yilgacha oshirish 
imkonini yaratuvchi ta’mirlash uchun 930 000 so‘m to‘landi. 
3) To‘rtinchi yil davomida uskunani ish holati yomonlashmasligi uchun amalga oshirilgan 
ta’mirlashga 250 000 so‘m sarflandi. Auditorlik tekshiruvi jarayoni natijasida ushbu operatsiyalar 
bo‘yicha korxona buxgalteri tomonidan quyidagi buxgalteriya provodkalari berilganligi aniqlandi: 
1) Debet 0130-“Mashina va uskunalar” schoti; - 1 750 000 so‘m. 
Kredit 6010-“Mol yyetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti, - 1 750 000 so‘m. 
3)
Debet 0130-“Mashina va uskunalar” schoti; - 1 070 000 so‘m.
Kredit 6010-“Mol yyetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti, - 1 070 000 so‘m. 
4)
Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schoti; - 250 000 so‘m.
Kredit 6010-“Mol yyetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti, - 250 000 so‘m. 
Talab qilinadi: 
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim? 
Masala. Korxona buxgalteriyasi xizmat maqsadlari uchun foydalanish bilan bog‘liq motori 90 
ot kuchiga teng bo‘lgan shaxsiy avtomobil bo‘yicha korxona xodimining xarajatlar so‘mmasini 
hisob-kitob qildi. 
Hisob-kitob quyidagi formula bo‘yicha amalga oshirilgan: 
K = A + YoMMX + TX,
bu yerda; 


K - kompensatsiya so‘mmasi; 
A - avtomobil amortizatsiyasi; 
YoMMX - yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlari; 
TX - texnik xizmat. 
Korxona buxgalteri tomonidan hisob-kitob bo‘yicha oylik kompensatsiyaning jami umumiy 
so‘mmasi 280 ming so‘m, deb baholangan, shu bilan bir vaqtda me’yor bo‘yicha 220 220 so‘m (62 
920* x 3,5). 
- Me’yordan yuqori kompensatsiya 50 780 so‘m (260 000 - 210 220) xodimning jami 
daromadiga qo‘shiladi va unga belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‘i solinadi.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar buxgalteriya hisobida xodimning 
shaxsiy avtomobilidan xizmat maqsadlarida foydalanish uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha 
xarajatlar quyidagi yozuvlar bilan aks ettirilgan: 

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish