O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Auditorlik faoliyatini tartibga solishda jamoat tashkilotlar roli



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/362
Sana06.06.2022
Hajmi6,62 Mb.
#641680
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   362
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

4.Auditorlik faoliyatini tartibga solishda jamoat tashkilotlar roli 
Ma’lumki, O’zbekistonda auditorlik faoliyatini tartibga solishda amaldagi 2ta jamoat 
tashkiloti, jumladan: O’zbekiston Auditorlar Palatasi va O’zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar 
Milliy Assotsiatsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. 
O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP). O’zbekiston Auditorlar Palatasi nodavlat notijorat 
tashkiloti hisoblanib, mustaqil sertifikatlangan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriylik 
asosida birlashtiradi. O’APning maqsadi auditorlarning professional darajasini rivojlantirish va 
qo’llab-quvvatlash, davlat va jamoat organlarida o’z a’zolarining qonuniy huquq va professional 
manfaatlarini himoya qilish, axborot aloqalarini ushlab turish, professional sohada sodir 
bo’layotgan barcha o’zgarishlar haqidagi barcha zaruriy axborotlar bilan ta’minlash bo’lib 
hisoblanadi.
Asosiy vazifalari: 
- Palata a’zolarining nomoddiy manfaatlari va madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy huquqlarini 
himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish; 
- auditorlik xizmatlari bozorini institutsional, me’yoriy-huquqiy asoslarini rivojlantirish va 
takomillashtirish masalalarida auditorlik tashkilotlarini muvofiqlashtirish va birlashtirish; 
- audit sifati standartlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, auditorlik xizmatlari 
bozorining shaffofligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish, halol raqobatni 
rivojlantirish; 
- Palata a’zolarini audit sifati standartlari va Ahloq Kodeksini so’zsiz bajarish bo’yicha 
ishlarni tashkil etish; 
- auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlari topshirish, o’qitish va o’tkazish 
tartibi, dasturlari, uslubiy qo’llanmalarni ishlab chiqish; 
- auditorlar va buxgalterlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha kurslar tarmog’ini 
yaratish, Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC) talablariga muvofiq auditor va buxgalter 
xodimlarini professional darajasini oshirishga ko’maklashish; 
- buxgalter va auditor kasbining jozibadorligini oshirish, buxgalteriya hisobi va auditni 
rivojlantirish maqsadida hududiy, respublika va xalqaro konkurs, simpozium, konferentsiya va 
seminarlar tashkil etish; 
Tashkiliy tuzilishi: 
O’zbekiston Auditorlar Palatasi 2000 yil avgustda tashkil etilgan. Bugungi kungacha O’AP 
Respublikaning 8ta hududida o’z faoliyatini kengaytirdi. O’AP qoshida ahloq, metodologiya, 
a’zolik, tashqi sifat nazorati qo’mitalari tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqda.
O’AP Evrosiyo sertifikatlangan buxgalterlar va auditorlar kengashi(«ESBAK»)ning doimiy 
a’zosi hisoblanadi va Markaziy Osiyo respublikalarining boshqa jamoat tashkilotlari bilan doimiy 
hamkorlik qiladi. 
Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC)ning 2013 yil 14 noyabrda Seul(Janubiy 


 
Koreya)da bo’lib o’tgan Kengashi yig’ilishida O’AP Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC)ning 
uyushgan a’zosi bo’ldi. 
O’zbekiston Auditorlar Palatasi a’zoligi: 
O’AP a’zoligi 4 shaklga ko’ra farqlanadi: 
Faxriy a’zolik – auditorlik faoliyati rivojiga yuqori hissa qo’shgan professional auditorlar 
hamda buxgalteriya hisobi va audit sohasida ilmiy darajaga ega bo’lgan oliy o’quv muassasalari 
o’qituvchilari. 
Haqiqiy a’zolik – O’AP Ustavini tan olgan va Auditor Ahloq Kodeksiga amal qiluvchi, 
buxgalteriya hisobi va audit sohasida 5 yildan kam bo’lmagan amaliy tajribaga ega, barcha xalqaro 
buxgalter malaka imtihonlarini topshirgan professional auditorlar. 
Uyushgan a’zolik – professional auditorlik tashkilotlari. 
A’zolikka nomzodlar - O’AP Ustavini tan olgan va Auditor Ahloq Kodeksiga amal qiluvchi 
professional auditor va buxgalterlar. 
O’zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi (O’zBAMA). O’zBAMA 
sertifikatlangan buxgalter va auditorlarni ixtiyoriylik asosda birlashtirgan jamoat tashkiloti 
hisoblanadi. O’zBAMAning maqsadi professional buxgalter va auditorlarning manfaatlari va 
huquqlarini himoya qilishga ko’maklashish, ta’lim dasturlari va kurslarini o’tkazish yo’li bilan 
malakasini oshirish, assotsiatsiya a’zolari maqomini xalqaro darajaga etkazish maqsadida maslahat 
xizmatlarini ko’rsatish hisoblanadi. 
Asosiy vazifalari 
- O’zbekiston Respublikasida buxgalter va auditor kasbining rivojlanishi va ularning 
malakasini Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC)ning a’zoligi mezonlariga javob beradigan 
xalqaro standartlarga yaqinlashtirish; 
- O’zbekistonda bozor islohotlarini o’tkazishda faol qatnashish; 
- buxgalteriya hisobi va audit sohasida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish va 
ularni takomillashtirish uchun takliflar taqdim etish; 
- Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC) talablariga muvofiq sertifikat olish uchun 
malaka imtihonlarini o’tkazish, buxgalter va auditorlarga qo’yilgan malakaviy talablarni ishlab 
chiqish; 
- Sertifikatlangan buxgalter va auditorlar Ahloq Kodeksiga rioya qilinishi ustidan nazorat; 
- Buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida hududiy, respublika va xalqaro 
simpozium, konferentsiya va seminarlar tashkil etish; 
- Buxgalter va auditorlarga professional huquqlarini himoya qilish maqsadida uslubiy, 
maslahat va axborot yordamini ko’rsatishga ko’maklashish; 
- Xalqaro maqomga ega bo’lish maqsadida buxgalter va auditorlarning xalqaro professional 
tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish. 

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish