6 yilda NPV = 2435,95 ming dollarga teng bo’ladi. 10 yilda bu ko’rsatkich
Bankda barcha investitsiya loyihalarini hisoblashda diskont stavkasi sifatida
har doim 15% ni qo’llash qabul qilingan. Bundan ko’rinib turibdiki, NPV>0 va u
10 hamda 6 yilda ijobiy natijaga erishadi. Uni amalga oshirish, albatta, katta
miqdorining, ya’ni investor boyligining qanchalik o’sishini miqdoriy jihatdangina
ko’rsata oladi, xolos. Ba’zi xorijiy adabiyotlarda NPV quyidagicha ta’riflanadi, sof
keltirilgan qiymat - bu investitsiyalardan kutilayotgan kelgusidagi daromadlarning
investitsiyalar qiymatini hisobga olgandagi diskontlashtirilgan summadir
1
.
Lekin investitsiyalashning naqadar samaradorligini aniqlashda miqdoriy
o’zgarishlar va natijalarning o’zi etarli hisoblanmaydi. Buning uchun
investitsiyalarning qanday nisbiy o’sishga egaligini va uning darajasini aniqlash
uchun boshqa baholash usullaridan foydalanishga to’g’ri keladi.
Foydaning ichki me’yori usuli (IRR) - bu pul tushumlarining diskont
qiymati pul chiqimlarining diskont stavkasiga teng bo’lgandagi daromadlilik
darajasi. Boshqacha so’z bilan aytganda, loyihadan olingan sof tushumlarining
diskontlangan qiymati investitsiyalarning diskonlantgan qiymatiga, sof joriy
qiymat esa nolga teng bo’lgandagi diskont me’yoridir.
Bu ko’rstakichni aniqlash uchun sof joriy qiymatni aniqlashda ishlatilgan
formuladan foydalaniladi va sof joriy qiymat nolga tenglashadigan minimal foiz
stavkasi topiladi. Aynan shu foiz stavkasi foydaning ichki me’yori usuli deb
nomlamadi. Bu usul iqtisodiy adabiyotlarda rentabellikning ichki me’yori, qoplash
yoki samarodorlik koeffitsenti, kapital qo’yilmalarning chegaraviy samaradorligi
deb ham yuritiladi.
Foyda me’yori – bu investitsiyalarning sof keltirilgan qiymati 0 ga teng
bo’lgandagi diskont stavkasidir
1
.
Foydaning ichki me’yori usuli sof joriy qiymat usuli kabi pul mablag’larini
diskontlash tamoyilidan foydalanishga asoslangan. U loyihadan kutiladigan
daromadlarning sof joriy qiymati uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan
investitsiyalarning joriy qiymatiga teng bo’lgandagi diskontlash stavkasi
to’g’risida ma’lumot beradi va aynan mana shu qiymatdagi diskont stavkasi
investitsiyalardan kutilayotgan foydaning ichki me’yorini anglatadi.
Agar tahlil qilinayotgan loyiha bo’yicha diskontlash stavkasi kapital uchun
foizdan yuqori bo’lsa, u holda sof joriy qiymat noldan katta va loyiha samarali
1
Robert S.PINDAYK, Deniel L.RUBINFELD Mikroekonomika, KALIFORNIYSKIY UNIVERSITET, BERKLI, per. s angl.,
(Seriya «Zarubejniy ekonomicheskiy uchebnik») M.: - Izdatelstvo Delo, 2001., 771-str.
1
Robert S.PINDAYK, Deniel L.RUBINFELD Mikroekonomika, KALIFORNIYSKIY UNIVERSITET, BERKLI,
per. s angl., (Seriya «Zarubejniy ekonomicheskiy uchebnik») M.: - Izdatelstvo Delo, 2001., 767-str.
bo’ladi. Agar bu stavka kapital uchun foizdan kichik bo’lsa, u holda loyiha
samarasiz deb topiladi, uning sof joriy qiymati noldan kichik bo’ladi. Demak,
diskontlash stavkasining shunday miqdorini topish kerakki, bunda sof joriy qiymat
nolga teng bo’lsin. Aynan mana shu holatda yuqoridagi formuladagi k ko’rsatkich
foydaning ichki me’yori (IRR) miqdorini ifodalaydi.
Foydaning ichki me’yorini aniqlash vazifasi birmuncha qiyin bo’lib, u
investitsiyalarning bir yoki undan ko’p marta amalga oshirilishiga, loyihadan
olingan pul tushumlarining hech bo’lmasa bir marta yoki boshida salbiy
bo’lishligiga va ushbu pul tushumlarining miqdoran bir xil bo’lmasligiga
asoslanadi. Uni hisoblash formulasini quyidagi tenglamada ifodalash mumkin:
(
)
∑
=
=
−
+
=
Do'stlaringiz bilan baham: