23
III bob. OBLIGATSIYALAR BOZORI
3.1. Obligatsiyalar muomalasi nazariy jihatlari
Qimmatli qogʻozlar
bozorining, umuman moliya bozorining muhim
instrumentlaridan biri obligatsiyalar hisoblanadi.
Obligatsiya
– uni chiqargan shaxs
va egasi oʻrtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi qimmatli qogʻozdir.
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga
koʻra:
obligatsiya
– obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini
yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada
nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning
nominal qiymatidan qayd
etilgan foizni olishga boʻlgan huquqini yohud boshqa mulkiy huquqlarini
tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qogʻoz. Obligatsiya uning egasiga
obligatsiyaning nominal qiymatidan qatʼiy belgilangan foiz boʻyicha daromadni
olish huquqini belgilaydi. Obligatsiya boʻyicha daromad foiz yoki diskontda
ifodalanadi.
Shunday qilib, obligatsiya – oʻz ichiga ikkita
quyidagi asosiy elementni
mujassamlashtirgan qarzni ifodalovchi qimmatli qogʻozdir:
- emitent obligatsiya titulida koʻrsatilgan summani muddati kelganda uning
egasiga qaytarishi;
- emitent majburiyati obligatsiya egasiga obligatsiya nominal qiymatidan
kelib chiqqan holda qatʼiy belgilangan foiz toʻlovlarini amalga oshirishi.
Aksiya va obligatsiya oʻrtasidagi prinsipial farq aksiya ulush munosabatini
anglatishi, obligatsiya esa qarz munosabatini anglatishida namoyon boʻladi. Bunda
aksiyani sotib olgan investor kompaniya–emitentning mulkdoriga, yaʼni ulushidan
kelib chiqqan egasiga aylanadi. Obligatsiya sotib olgan investor kompaniya-
emitentning kreditoriga aylanadi. Bundan tashqari, aksiyadan farqli oʻlaroq,
obligatsiyaning muomalad boʻlish muddati qatʼiy belgilangan va muddati kelganda
soʻndiriladi. Obligatsiya aksiyaga nisbatan afzallikka ega boʻlib,
bu afzallik
kompaniya tugatilganda birinchi navbatda obligatsiya boʻyicha foiz toʻlovlari,
soʻngra aksiya boʻyicha devidendlar toʻlanadi; emitent-kompaniya likvidatsiya
yoki tugatilishi jarayonida mulkni taqsimlashda aksiyadorlar kompaniyaning
barcha majburiyatlari shu jumladan, obligatsiyalar boʻyicha qarz majburiyatlarini
soʻndirgandan keyin qolgan mulkdan ulush olishlari mumkin.
Obligatsiya qarz
instrumenti boʻlganligi sabali kompaniya emitent boshqaruvida qatnashish
huquqini bermaydi.
Obligatsiyalar davlat hukumati, turli davlat organlari va munitsipalitetlar
mablagʻlarni jamgʻarish instrumenti sifatida namoyon boʻladi. Korxonalar ham
qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlarga zarurati
yuzaga kelganda korporativ
obligatsiyalar muomalaga chiqarishlari va joylashtirishlari mumkin.
Obligatsiyalarni chiqarish kompaniya-emitent uchun bir qator jozibador
ahamiyatga ega: obligatsiya emissiyasi orqali kompaniya zarur mablagʻlarni
kreditorlarning kompaniya moliyaviy hoʻjalik faoliyatiga aralashuvisiz jalb qilishi
mumkin. Ammo, obligatsiya zayomlari orqali jalb qilingan mablagʻlarni
kompaniya xuddi bank kreditlariga qoʻshimcha mablagʻlar sifatida koʻrib chiqishi
24
zarur. Hatto fond bozori yuqori rivojlangan mamlakatlarda ham emissiya qilingan
obligatsiyalar korxonalarning mablagʻlarga boʻlgan yalpi ehtiyojlarini
qoplamaydi.Obligatsiyalar oʻz mohiyatiga koʻra qarz munosabatini bildirganligi
sababli bank krediti tamoyillari ularga ham xosdir. Shuning uchun obligatsiyalar
emissiyasini amalga oshirish huquqi faqat kredit
layoqatiga javob beruvchi
korxonalarga beriladi.
Respublikamizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan obligatsiyalarni
emissiya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Qimmatli qogʻozlar
bozori toʻgʻrisida” Qonunlariga asosan belgilanadi. Ushbu qonunlarga asosan
aksiyadorlik jamiyatlari obligatsiyalarni emissiya qilishda quyidagi shartlarga amal
qilishi zarur:
- jamiyat qonun hujjatlariga va oʻz ustaviga muvofiq korporativ
obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarishga hamda joylashtirishga
haqli;
-
qimmatli qogʻozlarni,
shuningdek, korporativ va infratuzilma
obligatsiyalarni chiqarish hujjatsiz shaklda chiqariladi;
- emitentning korporativ obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarori qabul
qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz kapitali
miqdori doirasida;
- keyingi uch yilda rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik
va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy
koʻrsatkichlariga ega boʻlgan, shuningdek qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda
mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan chiqarilishi mumkin.
Yuqoridagilarni kelib chiqqan holda, obligatsiya - bu:
- emitentning qarz majburiyati;
- byudjet daromadlaridan oshgan harajatlar qismini moliyalashtirish manbai;
- aksiyadorlik jamiyatlari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai;
- aholi va korxonalar uchun qoʻshimcha daromad olish manbai.
Obligatsiyalarning qoʻllanish doirasi kengligi sababli, ularni turlari va sifati
boʻyicha tasniflash maqsadga muvofiqdir. Obligatsiyalarning keng tasnifini
keltirish uchun respublikamiz obligatsiya bozoridagi obligatsiyalardan tashqari
jahon moliya bozori va transmilliy korporatsiyalar amaliyotida keng qoʻllaniluvchi
obligatsiyalar turlaridan ham foydalanamiz (3.1-jadval).
3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: