Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


 Ipoteka bozori modellari va qoʻllanish xususiyatlari



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

6.2. Ipoteka bozori modellari va qoʻllanish xususiyatlari 
Ipoteka amaliyotining yuzaga kelishi Qadimgi Gretsiyada yerga egalik 
qilish va quldorlik bilan oʻzaro bogʻlanadi. Bunda qarzga yer olgan shaxs oʻz 
vaqtida qarzini qaytara olmagan holatda qullikka olingani manbalarda qayd 
etiladi. Qadimgi Rim, umuman Yevropada esa ipoteka amaliyoti oʻrta asrlardan 
boshlab qoʻllanilganligi taʼkidlanadi.
Ipoteka kreditlari boʻyicha qayta moliyalashtirish sxemasi Amerika 
qoʻshma shtatlarida 1930-yillardan boshlab keng qoʻllanila boshlangan. Aynan 
shu davrdan boshlab mamlakatda ipoteka kreditlash amaliyotini qoʻllab-
quvvatlash maqsadida ixtisoslashgan tashkilotlar, shu jumladan ipoteka 
agentliklari tashkil etiladi. AQSHda ipoteka kreditlari bozori rivojlangan ipoteka 
obligatsiyalari bozori asosida faoliyat yuritadi. Chunki ipoteka obligatsiyalari 
ipoteka kreditlashini amalga oshirishda banklarning qayta moliyalashtirishini 
taʼminlaydi.
Rivojlanish bosqichlarini bosib oʻtgan ipoteka bozori amaliyotida bugungi 
kunda banklar eng faol ishtirokchiga aylangan. Keltirilayotgan bu jihatlar ipoteka 
bozori modellari shakllanishiga xizmat qilgan.
Bunda “uchta model ajratib koʻrsatiladi: anʼanaviy model (bitta bosqichli, 
yevropa modeli), ikki bosqichli model (amerika modeli) hamda ssuda-jamgʻarma 
modeli”
30
.
Ipoteka bozori boʻyicha anʼanaviy model (bitta bosqichli, yevropa 
modeli) bankning taʼminlangan obligatsiya tipidagi qimmatli qogʻozlarni 
mustaqil chiqarishi va shu asosda garovga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkni 
kreditga berishi bilan tavsiflanadi. Bu model nemis modeli deb ham ataladi. 
Mablagʻlar jalb qilish va kredit berish muddatlari oʻrtasida vaqtinchalik farq 
mavjudligi, bank uchun kredit va foiz riskining yuqoriligi kabilar mazkur 
modelning kamchiliklari hisoblanadi. Lekin bu model asosida ipoteka 
kreditlashni tashkil etish nisbatan jahon amaliyotida keng qoʻllaniladi. Uning 
keng qoʻllanilishi sabablaridan biri Yevropada umumiy amaliyot sifatida uzoq 
muddatli kreditlar boʻyicha suzib yuruvchi foiz stavkalari, banklar uchun eng 
yuqori riskni chegaralash kabilarning qoʻllanilishidir. Yevropada ipotekaga 
asoslangan eng yirik obligatsiyalar bozori Germaniya bozoridir. Koʻchmas mulk 
bilan bogʻliq operatsiyalarni moliyalashtirish uchun nemis ipoteka banklari 
chiqaradigan obligatsiyalar keng jamoatchilik oʻrtasida savdoga chiqariladi.
Ikki bosqichli model (amerika modeli) ipoteka bozorining berilgan ipoteka 
kreditlarini qayta moliyalashtirish koʻchmas mulk bilan taʼminlangan ikkilamchi 
qimmatli qogʻozlar bozori hisobiga amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi. Bu 
modelning asosida risklarni taqsimlash gʻoyasi yotadi. Ipoteka krediti beruvchi 
bank uni sekʼyuritizatsiya oʻtkazish uchun tashkil etilgan maxsus tashkilotlar, 
yaʼni ipoteka agentlariga sotadi. Ipoteka agentlari oʻz navbatida ipoteka qimmatli 
qogʻozlari chiqaradilar va ularni bozorda sotadilar hamda bankni qayta 
moliyalashtiradi. Natijada ipoteka krediti bank balansidan chiqarilib, ipoteka 
30
Гусева И.А. Финансовые рынки и институты. – М.: Юрайт, 2018. – С. 109-111. 


82 
balansiga kirim qilinadi. Kredit oʻtkazilgan vaqtdan boshlab bankda bu amaliyot 
boʻyicha hech qanday risk qolmaydi va yangi moliyalashtirishga ega boʻladi. 
Amaliyot natijasida foydaning bir qismiga ipoteka agentiga taqsimlanadi. Agarda 
kredit boʻyicha defolt (qaytamaslik) holati yuzaga keladigan boʻlsa, zarar ipoteka 
agenti zimmasiga tushadi. 
Amerika qoʻshma shtatlarida ipoteka agentlarining keng tarmogʻi mavjud 
boʻlib, ulardan eng yiriklari Uy-joy ipoteka krediti federal korporatsiyasi (Federal 
Home Loan Mortgage Corporation, Freddie Mac), Federal milliy ipoteka 
assotsiatsiyasi (Federal National Mortgage Association, Fannie Mae), Davlat 
milliy ipoteka assotsiatsiyasi (Government National Mortgage Association, 
Ginnie Mae) kabilar tilga olinadi.
Ssuda-jamgʻarma modelida ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish 
ipoteka qimmatli qogʻozlari hisobiga emas, balki aniq maqsadli yoʻnaltirilgan 
tartibda tashkil etiladigan oʻzaro yordam kassalari prinsipi boʻyicha kelgusi qarz 
oluvchilarning jamgʻarmalarini jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi. Masalan, 
Fransiyada uy-joy jamgʻarma hisobraqamlarining bir necha turlaridan 
foydalaniladi. Bunda 150 ming yevro miqdorida ipoteka kreditlari olishga 
daʼvogarlik qilish uchun 100 ming yevrogacha mablagʻ jamgʻarish mumkin 
boʻlgan jamgʻarma omonatlari – jamgʻarma daftarchalari amal qiladi. Bunda 
asosiy shart sifatida jamgʻarma omonatlari miqdori belgilangan koʻrsatkichga 
yetishiga eʼtibor qaratiladi. Ipoteka krediti olishning yana bir usuli uy-joy 
jamgʻarmasi rejasini roʻyxatga olish va jamgʻarma 400 ming yevroga yetgach, 
600 ming yevro miqdoridagi ipoteka krediti olishga ariza taqdim etish 
mumkinligi bilan izohlanadi. Bundan koʻrinib turibdiki ipoteka bozorida ikkala 
tomon, yaʼni qarz oluvchi qarz beruvchining birgalikdagi faoliyati koʻzga 
tashlanadi. 

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish