Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


Fyuchers shartnomalarining mohiyati va ularning oʻziga xos



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

5.4. Fyuchers shartnomalarining mohiyati va ularning oʻziga xos 
jihatlari
Fyuchers shartnomalari bu ikki tomon oʻrtasida bazis aktivni kelajakda 
yetkazib berish boʻyicha birjada tuzilgan bitimdir. Ushbu shartnomalarning sharti 
birja tomonidan belgilanadi va ular har bir bazis aktiv uchun standart hisoblanadi.
Forvard shartnomasi kabi fyuchers shartnomasi ham amalga oshirilishi shart 
hisoblanadi. Shu bilan birgalikda fyuchers shartnomalarini forvard shartnomasidan 
bir qator muayyan farqli tomonlari ham mavjud: 

fyuchers shartnomasi standartlashtirilgan hisoblanadi (shartnomalarning 
oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bitim boʻyicha barcha shartlar (yetkazib 
berish narxidan tashqari) birja tomonidan belgilanadi); 


64 

fyuchers shartnomasini amalga oshirilishi birja tomonidan kafolatlanadi; 

fyuchers bozorining ishtirokchisi shartnoma muddati tugagunicha istalgan 
vaqtda oʻzining pozitsiyasini qarama – qarshi yoʻnalishdagi shartnoma (ofset) bilan 
yopishi mumkin (jumladan, fyuchers bozorida qisqa pozitsiyani yopish uchun 
huddi mana shuncha shartnomalar miqdorida uzun pozitsiyasini ochish lozim, 
bunday holatda savdo ishtirokchisining pozitsiyasi bekor qilinadi);

fyuchers bozorida moliyaviy kafolat tizimi amal qiladi, bunda har bir 
fyuchers shartnomasi boʻyicha maʼlum bir pozitsiyani ochish uchun birja eng kam 
miqdorda garov taʼminotini belgilaydi hamda uni saqlaydi. Garov badali 
boshlangʻich yoki depozit marjasi deb atalib, u asosan shartnoma summasidan 2 – 
10% ni tashkil etadi. 
Fyuchers shartnomalarining asosini nafaqat tovalar, balki moliyaviy 
instrumentlar ham tashkil etishi mumkin. Bazis aktivlarini moliyaviy 
instrumentlar, yaʼni qimmatli qogʻozlar, fond indekslari, valyutalar, bank 
depozitlari tashkil etuvchi shartnomalar moliyaviy fyuchers shartnomalari 
deyiladi
17
.
Moliyaviy fyuchers shartnomasi foiz stavkalariga asoslangan forvard 
shartnomasiga oʻxshaydi, modomiki u moliyaviy instrumentlarni bir tomondan 
ikkinchi tomonga, kelajakda belgilangan muddatda yetkazib berilishidan darak 
beradi. Lekin u forvard shartnomasidan maʼlum bir tomonlari bilan farqlanadi, 
jumladan fyuchers shartnomalari forvard bozoridagi defolt holatlari va likvidlilik 
bilan bogʻliq muammolarni yengib oʻtadi.
18
Hozirgi kunda zamonaviy fyuchers 
bozorlari asosan moliyaviy fyuchers shartnomalari hisobiga rivojlanib kelmoqda.
Biz yuqorida forvard shartnomalari haqida fikr yuritganimizda, forvard 
narxini aniqlash formulasini keltirgan edik. Ana shu formula orqali fyuchers 
narxini ham aniqlash mumkin, lekin bu borada fyuchers bozorining oʻziga xos 
xususiyalarini inobatga olish zarur. Jumladan, fyuchers bozorlarida arbitraj 
operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati ancha kam. Bu avvalo fyuchers 
shartnomalarining likvidliligi yuqoriroq ekanligi bilan bogʻliq. 
Fyuchers narxi deganda fyuchers shartnomasini imzolashda belgilangan 
narx
tushunilib, u investorlarning tegishli aktiv boʻyicha kelajakda kutayotgan spot 
narxini aks ettiradi. Fyuchers shartnomasini imzolashda bazis aktivning fyuchers 
narxi spot narxidan yuqori yoki past boʻlishi mumkin. 
Agar fyuchers narxi spot 
narxidan yuqori boʻlsa, u holda bu holat kontango deyiladi. Agarda teskarisi, 
yaʼni fyuchers narxi spot narxidan past boʻlsa, u holda bu holat bekuordeyshn 
deyiladi
.
Fyuchers narxi va spot narxi oʻrtasidagi farq bazis deb ataladi
. Shartnoma 
muddatining oxirida bazis nolga teng boʻladi, chunki fyuchers narx va spot narx 
oʻzaro bir nuqtada kesishadi, yaʼni bazis aktivning fyuchers narxi spot narxga 
17
Буренин А. Н. Рынок ценных бумаг и производных финансовых инструментов:Учебное пособие. – М.: 1 
Федеративная Книготорговая Компания, 1998. –180 с.
18
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and Institutions – USA: Prentice Hall, Pearson 
Education, 2012. – p. 593 


65 
yaqinlashib boradi. Bazis, tovar – hom ashyo mahsulotlari bilan savdolarda alohida 
ahamiyatga ega
19

Fyuchers narxini belgilashning asosiy nuqtasi bu “yetkazib berish narxi”ni 
aniqlashdir. 
Yetkazib berish narxi 

bu shartnoma davri davomida bazis aktivga 
egalik qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar va yoʻqotilgan foydadir.
Uning tarkibi 
quyidagi elementlardan iborat:
a) aktivni saqlash va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar;
b) bazis aktivni sotib olishga sarflangan summadan investor olishi mumkin 
boʻlgan foiz; qarz uchun investor toʻlaydigan foiz.
Yuqoridagilarni quyidagicha yozish mumkin: 
Фьючерснарх = Спотнарх + Фоизлар + Сақлашвасуғурталашхаражатлари
Agar ushbu tenglik amalga oshmasa, u holda arbitraj operatsiyalarini 
oʻtkazish imkoniyati paydo boʻladi. Yaʼni,
𝐹 > 𝑆 + 𝐼
𝑘
+ 𝑍бўлса,
 
bu yerda, 
I
k
— kredit foizi; 
S — 
bazis aktivning spot narxi; Z — saqlash va 
sugʻurtalash xarajatlari, u holda arbitrajer: 
a) shartnomani sotadi; 
b) I
k
foizda mablagʻlarni qarzga olib, unga bazis aktivni sotib oladi va uni 
yetkazib berish davrigacha saqlaydi;
v) shartnoma muddati tugaganidan soʻng aktivlarni yetkazib beradi va 
quyidagi oʻlchamda foyda oladi [

— 
(S + I
k
+ Z)]. Qimmatli qogʻozlar bilan 
savdoda Z nolga teng. Agar 
𝐹 < 𝑆 + 𝐼
𝑑
+ 𝐼
𝑘
бўлса,
bu yerda, 
I
d
— depozit foizi, u holda arbitrajer: 
a) shartnomani sotib oladi; 
b) aktivni 
I
k
foizda qarzga oladi; 
v) aktivni sotadi va olingan summani 
I
d
foiz bilan joylashtiradi; 
g) shartnoma muddati tugaganidan soʻng depozit boʻyicha foizlarni oladi, 
shartnoma boʻyicha aktivlar uchun toʻlovni amalga oshiradi, kreditorga foizlari 
bilan qaytaradi. Uning foydasi esa quyidagicha boʻladi: 
(S + I

— 
I
k
— 
F). 
Fyucherslar orqali savdolarni amalga oshirishda bozor ishtirokchilari 
tomonidan maʼlum bir srategiyalar yuritilib, ularning ichida eng oddiy koʻrinishi 
bu fyuchers shartnomalarini sotish va sotib olishdir. Shuningdek investor bir 
vaqtning oʻzida uzun va qisqa pozitsiyalarni ochishi ham mumkin. Bunday 
strategiya spred yoki streddl deb ataladi. Investor bunday harakatlarni turli 
fyuchers shartnomalarining narxi yetkazib berish narxiga teng kelmasligini taxmin 
qilganda amalga oshiradi. Shu bilan birgalikda spredni shakllantirish, faqat uzun 
yoki qisqa pozitsiyani ochishdan koʻra kam riskli strategiya hisoblanadi. Spred 
orqali investor narxlarni umumiy oʻzgarish darajasi bilan bogʻliq zararlarni bartaraf 
etadi va ayrim sabalarga koʻra kelib chiqqan narxlarning ogʻishi hisobidan foyda 
olishni moʻljallaydi.
19
Деривативы. (Серия «Reuters для финансистов»)/Пер.с англ. – М.: Альпина Паблишер, 2002. – 52 с. 


66 
Xulosa qilib aytganda, fyuchers bozoridagi operatsiyalar spot bozoriga 
qaraganda yuqori daromadliligi bilan ajralib tursada, lekin bu holat yuqori riskka 
ega ekanligini ham unutmaslik kerak. Haqiqatda, fyuchers bozorida narxlarning 
salbiy tomonga oʻzgarishi oqibatida koʻrilgan zararlar spot bozoridagi zararlardan 
koʻra bir necha marta oshib ketishi mumkin. Demak, fyuchers shartnomasini 
tuzuvchi shaxslar fond bozorini, uning hozirgi va kelajakdagi holatini hamda narx-
navo qanday boʻlishini chuqur oʻrganishi va uni bilishi lozim boʻladi. 

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish