Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


 Moliya bozorini tartibga solish amaliyoti



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet123/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
16.2. Moliya bozorini tartibga solish amaliyoti
Bozori iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan tartibga solishi moliya 
bozori amaliyotida ham muhim ahamiyatga ega. Mamlakatlar kesimida moliya 
bozorini tartibga solishda xilma-xillik kuzatilsada, davlat tomonidan tartibga solish 
amaliyoti maʼlum darajada umumiylik kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda 
quyida xalqaro va milliy amaliyotda moliya bozorini tartibga solish amaliyotini 
koʻrib chiqamiz. 
Moliya bozorini tartibga solishda davlat barcha mamlakatlarda hattoki bozor 
iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan davlatlarda ham hal qiluvchi ahamiyatga 
ega. Bunda moliya bozorini tartibga solishda davlatning ishtiroki qonun ijodkorligi 
faoliyati, meʼyoriy-huquqiy tartibga solish, bevosita tartibga solish mexanizmlari 
hisoblangan faoliyatni litsenziyalash, attestatsiyadan oʻtkazish kabi amaliyotlardan 
foydalanish, qonunchilikka rioya qilinishi boʻyicha nazorat kabilar vositasida 
amalga oshiriladi. 
Moliya bozorining tarkibiy qismi sifatida qimmatli qogʻozlar bozorini davlat 
tomonidan tartibga solish boʻyicha turli tashkilotlar faoliyat yuritishi asosida 
mamlakatlarni beshta yirik guruhga ajratish mumkin. Har bir guruh haqida quyida 
toʻxtalib oʻtamiz
96

Birinchi guruh mamlakatlarida fond bozorini davlat tomonidan tartibga 
solish organlari bevosita qonunchilik hokimiyatiga yoki davlat yuqori mansabdor 
shaxslariga boʻysunuvchi nisbatan mustaqil institutlardir. Bunga bevosita 
mamlakat prezidentiga boʻysunuvchi AQSH Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari 
boʻyicha komissiyasi misol boʻladi. Avstraliyada fond bozori faoliyatini tartibga 
solish Avstraliya Qimmatli qogʻozlar va investitsiyalar komissiyasi hamda 
Avstraliya prudensial nazorat kengashi, Polshada Qimmatli qogʻozlar va birjalar 
komissiyasi 
tomonidan amalga oshiriladi. Vengriya 
moliyaviy 
nazorat 
boshqarmasi Vengriyada moliya bozori regulyatori hisoblanadi. 
Ikkinchi guruh mamlakatlarda davlat tartibga solish funksiyalarini moliya 
vazirliklari bajaradi. Bunda moliya vazirligi tarkibida milliy fond bozorini 
boshqarishga javobgar maxsus boʻlinmalar belgilanadi. Angliyada moliyaviy 
xizmatlar va moliya bozori ishtirokchilari tizimi moliya bozori yagona regulyatori 
– Buyuk Britaniya moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi Moliyaviy xizmatlar idorasi 
nazorat zonasiga kiradi. Bunday holat Shvetsiyada ham mavjud boʻlib, Shvetsiya 
moliya vazirligi huzuridagi mustaqil agentlik sifatida faoliyat koʻrsatuvchi Davlat 
moliya inspeksiyasi moliya bozorini tartibga solishni amalga oshiradi. 
Niderlandiyada fond bozorini tartibga solish funksiyalari Moliya bozori 
boshqarmasiga yuklatilgan. 
Uchinchi guruh mamlakatlarda fond bozorini tartibga solish bilan markaziy 
banklar shugʻullanadi. Niderlandiyada Moliya bozori boshqarmasi fond bozorida 
96
Закиров Э. Зарубежный опыт регулирования рынка ценных бумаг. //Бизнес-эксперт. – Тошкент, 2015№8. 


190 
professional faoliyat ustidan bevosita nazoratni amalga oshiradi. Umumiy holda 
mamlakat moliya bozorining barcha sektorlarini nazorat qilish Niderlandiya 
Markaziy banki vakolatlariga kiradi. Rossiya Federatsiyasida yaqin vaqtlargacha 
fond bozorini federal tartibga solish Moliya bozori federal xizmati va boshqa 
davlat organlari tomonidan amalga oshirilardi, lekin 2013 yil 1 sentyabrdan bunday 
tuzilma bartaraf etilib, ularning funksiyalari moliya bozorining yagona 
megaregulyatoriga oʻtkazilgan. Rossiyada megaregulyator rolini bajarish Rossiya 
bankiga yuklatildi. 
Toʻrtinchi guruh mamlakatlarda fond bozorini tartibga solish boʻyicha 
nazorat va boshqa funksiyalar tartibga soluvchi yagona organdan tashqari mahalliy 
hokimiyat organlari maxsus boʻlinmalariga ham yuklatilgan. Bunday amaliyot 
Germaniyada qoʻllaniladi. 
Va beshinchi guruh mamlakatlarda fond bozorini tartibga solish bilan bir 
vaqtning oʻzida bozorning alohida segmentlariga ixtisoslashgan bir necha organlar 
shugʻullanadi. Bunday amaliyot asosan fond bozorida tijorat banklari faol 
ishlaydigan mamlakatlarda, masalan Fransiyada rivojlangan.
Fond bozorini tartibga solishning shakllari va metodlari xilma-xilligidan 
kelib chiqqan holda uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlar misolida koʻrib chiqish 
maqsadga muvofiq. Qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarishga nisbatan umumiy 
yondashuvlarning koʻpligiga qaramasdan har bir mamlakatda fond bozorini davlat 
tomonidan tartibga solish institutlarining shakllanishi va rivojlanishi oʻz 
xususiyatlariga ega.

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish