O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SIRTQI” FAKULTET
“Bank ishi”
yo’nalishi
MAVZU: “Bankning boshqaruv xarajatlari hisobini yuritish va bu xarajatlarni qisqartirish masalalari” mavzusidagi
KURS ISHI
|
Tayyorladi:
|
KBI-61-2 guruh talabasi
Abdullayev N
|
|
Ilmiy rahbar:
|
Xudoyberganova Z.
|
TOSHKENT 2021
Mavzu: Bankning boshqaruv xarajatlari hisobini yuritish va bu xarajatlarni qisqartirish masalalari
Reja:
1. Bank xarajatlari tarkibi va tuzilishi.
2. Bankning fоiz marjasi
3. Bankning boshqaruv xarajatlari hisobini yuritish va bu xarajatlarni qisqartirish masalalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
KIRISH
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida yurtimizda qulay ishbilarmonlik va investitsion muhitni yaratish, jahon integratsiyasi jarayonida faol ishtirok etish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investorlar va to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb qilish, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish, mamlakatimizda jahonda umumqabul qilingan zamonaviy normalar, standartlar, shu jumladan moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini bosqichma-bosqich joriy qilish hamda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish borasida tegishli ishlarini amalga oshirish zaruruligi va ahamiyati alohida ta’kidlab o’tildi1.
Aynan shu Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsion loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirishga yo‘naltirilgan2.
Hozirgi kunda insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki banklar xo'jalik sub'ektlarini kredit mablag’lari bilan ta'minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri bo'lib moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko'rsatuvchi bank tizimi hisoblanadi. Har bir mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda takomillashtirib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog’liqdir. Banklarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular o'z mablag’lari bilangina emas, balki omonatchilar va kreditorlar, aksionerlar hamda mijozlar ularga ishonib topshirgan mablag’lar bilan, ya'ni keng jamoatchilik bilan ish ko'radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |