Agar koptok boshlovchi tomonida stolga urilib, to’rga tegib sakrab o’tsa va ikkinchi tomonda stolga urilsa, koptok uzatish yangitdan bajariladi va ochko hisoblanmaydi. Qaytadan uzatishlar soni cheklanmagan. Koptok ikkinchi tomonda stolga urilgandan so’ng, ikkinchi o’yinchi uni raketka bilan urib orqaga qaytaradi. O’yin shu tarzda o’yinchilardan biri xatoga yo’l qo’ymaguncha davom etadi. Har bir xato raqibga bir ochko beradi. O’yinchi quyidagi hollarda ochkoga ega bo’ladi: - Agar koptok boshlovchi tomonida stolga urilib, to’rga tegib sakrab o’tsa va ikkinchi tomonda stolga urilsa, koptok uzatish yangitdan bajariladi va ochko hisoblanmaydi. Qaytadan uzatishlar soni cheklanmagan. Koptok ikkinchi tomonda stolga urilgandan so’ng, ikkinchi o’yinchi uni raketka bilan urib orqaga qaytaradi. O’yin shu tarzda o’yinchilardan biri xatoga yo’l qo’ymaguncha davom etadi. Har bir xato raqibga bir ochko beradi. O’yinchi quyidagi hollarda ochkoga ega bo’ladi:
agar raqibi koptokni noto’g’ri uzatsa; agar raqibi koptokni noto’g’ri uzatsa; agar raqibi koptokni stolga tegmasidan qaytarsa; agar raqibi koptokni stoldan tashqariga urib yuborsa; agar raqibi to’g’ri uzatilgan koptokni qabul qila olmasa; agar raqibi koptokka raketka bilan bir martadan ortiq ursa yoki koptokni raketka bilan tutib olsa va qaytarib uzatsa; agar raqibi koptokka tana a’zosi bilan tegib ketsa yoki to’r, stol tirgagiga tegsa. Har ikki ochkodan so’ng (2001 yil 1 sentyabrdan - har besh ochkodan so’ng) koptok uzatish qabul qiluvchiga o’tadi. - Stol tennisi — kichik koptok va raketkalar bilan stolda uynaladigan sport oʻyini. Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan. 20-asrning 20y.laridan koʻp mamlakatlarga tarkalgan. Dastlab "pingpong" (frans. pingpong — koptokning raketka va stolga urilishida chiqadigan ovoz) deb atalgan. St. uchun, odatda, stol oʻlchami 152,5x274,3 sm; bal. 76 sm; turi 183x 15,25 sm boʻladi. Yog'och raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi. Koptok oq plastikadan yasaladi, diametri 37,2—38,2 mm, ogʻirligi 2,4—2,53 g . O'yin maydonchasining oʻlchami 6—7 x 12–14 m. Rasmiy musobakalar sport zallarida oʻtkaziladi: erkaklar va ayollar — jamoa boʻlib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobakalashadilar. Uyin 3 yoki 5 partiyadan oʻynaladi. Oʻyinchilardan biri 21 ochko toʻplasa, u gʻolib hisoblanadi. Agar hisob 20:20 boʻlib qolsa, unda oʻyinchilardan biri 2 ochko ortiq toʻplaguncha oʻyin davom ettiriladi. Stol tennisi Xalqaro federatsiyasi (ITTF, 1926-yil tashkil etilgan) 130 dan ortiq milliy federatsiyani birlashtiradi. 1926-yildan har 2 yilda jahon birinchiligi oʻtkaziladi, 1988-yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |