Davriy yo‘riqnoma
Ishchining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar har olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha (davriy) yo‘riqnoma o‘tkazib turiladi.
Davriy yo‘riqnoma o‘tkazib turishdan asosiy maqsad - ishchining asosiy va doimiy bajarib turadigan ishida xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilimlarini yangilab va to‘ldirib turishdir.
Davriy yo‘riqnoma yakka tartibda va guruh bilan o‘tkazilishi mumkin (bir xil kasbdagi ishchilar bilan) va sex yoki korxonada bo‘lib o‘tgan aniq misollarni talqin qilgan holda suhbat o‘tkaziladi.
Turli sabablar bilan (ta’til, kasallik, mehnat safari va sh.o‘.) o‘z muddatida yo‘riqnoma o‘tkazilmagan ishchilar bilan ishga chiqqan kunlari o‘tkaziladi. Davriy yo‘riqnoma o‘tkazilganligi haqida jurnalga yozib rasmiylashtirib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |