Kirish yo’riqnomasini ishga yangi kirayotganlar, xizmat safariga kelganlar va o’quv amaliyotiga kelgan talabalar maxsus jihozlangan xonada o’tadilar. Bu yo’riqnomani mehnat muhofazasi muhandisi o’tkazadi. Agar korxonada bu lavozim bo’lmasa bosh muhandis o’tkazadi. Bunda korxonadagi mehnat muhofazasining holati, ichki tartib-qoidalari, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’inga qarshi himoya vositalari bilan tanishtiriladi.
Dastlabki yo’riqnoma hamma ishga yangi kirayotganlar hamda boshqa tsexdan o’tkazilganlar bilan ish joyida, usta yoki tsex boshlig’i tomonidan o’tkaziladi. Bunda mashinada bajariladigan texnologik jarayonlar, uning xavfli joylari va xavfsiz ishlash usullari ko’rsatiladi. Yo’riqnomaning bu ikki turidan o’tmagan ishchilarni ishga qo’yilmaydi.
Ishchining yo’riqnomani qanchalik yaxshi o’zlashtirganligini sinash va bilimini yanada mustahkamlash maqsadida birinchi o’n kun davomida bu yo’riqnoma qaytadan o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |