Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyaning hisob kitob tizimi holatining davlat moliyasiga ta`sirini va ularni boshqaruv bo`yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Ish kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, moxiyati, maqsadi va tarkibi ifodalangan. Ishning birinchi bobi «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari» deb nomlangan bo`lib Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari, inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari, inflyatsiyaning barqarorlashtirish usullari o`rganilgan. «Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlatning inflyatsiya bo`yicha makroiqtisodiy siyosati va uni hisob kitob tizimini boshqarish yo`llari» deb nomlangan ikkinchi bobda davlatimizning pulning qadirsizlanishi va inflyatsiyaga qarshi siyosati, mamlakatining moliya siyosati va inflyatsiya bo`yicha makroiqtisodiy tahlili va uni barataraf etish yo`llari aniqlangan. Bitiruv malakaviy ishining «Davlat moliyasini baquvvatlashtirishda inflyatsiyani kamayttirish shakllari» deb atalgan uchinchi bobida O`zbekiston respublikasining moliya siyosatini takomillashtirishdagi inflyatsiyaga qarshi istiqbollari, iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul - kredit inflyatsiyasining o`ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.
Kurs ishining hajmi: Mazkur kurs ishi kirish, 4 ta reja , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan bo’lib, o’z ichiga mavzuga oid 1 ta chizma va 4 ta jadvalni oladi. Umumiy hajmi 40 bet.
1 . Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzag chiqish shakllari.
Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta`minlanmagan juda ko`p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga
chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so`zidan olingan va shishish, ko`pchish, ko`tarilish ma`nosini anglatadi) o`z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta`kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi
inflyatsiya nisbatan me`yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi
bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi,
moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar Bilan tasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin.
Inflyatsiya lotincha “inflatio” suzidan olingan bulib “ish”, “burtish”, “Kupchish” degan ma`noni anglatadi. Bu suz XIX asrning urtalaridan boshlab iktisodchilar tomonidan iktisodiy termin sifatida ishlatilguncha kadar, u tibbiyotda xavfli usma kasalini ifodalashda kullanilgan. Tarix xakikatda ham bu suzning har tomonlama xavfli ekanligini kursatdi. Chunki inflyatsiya kandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining usishidangina iborat bulmasdan,bu umumiktisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya suzining iktisodiy ugirtmasi - muomalada mavjud bulgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan kup pul chikarish degan ma`noni anglatadi.
Iqtisodda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining usishiga, koniktirilmagan, lekin kisman tulanishi mumkin bulgan talablarning vujudga kelishga olib keladi. Odatda inflyatsiyaning bu turi klassik inflyatsiya deb yuritilad. Inflyatsiya suzi Pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari urtasida grajdanlar urushi bulganda muomalaga juda kup mikdorda (450 mln. grin bek) kogoz dollar chikarilgan vaktdan boshlab kullanila boshlagan. Ularning sotib olish kobiliyati ikki yildan keyin 5% foizlargacha tushib ketgan. Agar tarixga e`tibor beradigan bulsak, urush va boshka ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy boglik. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - frantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning urtalarida namoyon bulgan. Germaniyada juda yukori sur`atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bulib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion marta kadrsizlangan. Bu tarixiy misollar kursatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bulmasdan, tarixan mavjud bulgan jarayondir.
Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, utgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaktinchalik bulib, ular odatda urush vaktida harbiy xarajatlarni koplash uchun kogoz pullar chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chikarish va tovarooborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri kogoz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bulgan. Natijada muomalaga chikarilgan pullar, muomala uchun zarur bulgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real kiymati uning nominal kiymatidan tushib ketgan, ya`ni, xakikatda pul birligi uzida kursatilganidan kam oltin mikdorni ifoda kila boshlagan.
Oldingi inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma`lum davrda namoyon bulgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bulib xujalik hayotining barcha sohalarini kamrab olishi bilan, pul omillaridan tashkari boshka iktisodiy omillarga ta`sir kilishi bilan farklanadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chikishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bulib kolmasdan, ishlab chiqarish va kayta ishlabchikarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Xozirgi davr inflyatsiyasi birinchidash; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi konunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chikarishga ketadigan xarajatlar salmogining usishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |