Kasallik profilaktokasi.
Buning uchun atrof muhitni toza
saqlash, qattiq sovuq qotishdan saqlanish, zararli odatlarni bartaraf
etish, tamaki chekmaslik, spirtli ichimliklarni suistemol qilmaslik
77
kerak. Doimiy badantarbiya va sport bilan shug’ullanish,
organizmni chiniqtirish o’tkir bronxitning oldini olishda muhim
omillar hisoblanadi.
Surunkali bronxit
Surunkali bronxit (SB)- bu bronxlar shilliq qavatining surunkali
diffuz yallig’lanish kasalligi bo’lib, bronxlarda shilliqli suyuqlikni
gipersekretsiyasi va uning drenaj (mukotsiliar kliriens) funksiyasi
buzilishi bilan kechadi. Butunjahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti (BSST)
tavsiyasiga binoan bеmorda so’nggi 2 yilning har birida kamida 3 oy
produktiv yo’tal kuzatilsa, unda bu holat SB dеb tan olinadi. SB ning
tarqalishi 5% dan 17-20%. Hozirgi vaqtda bu kasalliklar yanada
ko’paymoqda, bunga sabab ekologiyani buzilishidir, sanoat va har xil
turdagi yoqilg’i maxsulotlari va gazlari bilan atmosfera havosining
ifloslanishi, chekuvchilar sonini ko’payishidir.
Etiologik omillar 2 gruhga bo’linadi.
Infektsion va noinfektsion
omillar. Infektsion omillarga-bakteriyalar, viruslar, surunkali infeksiya
o’choqlari, zambrug’lar va h.k. lar kiradi. Ikkinchi gruppaga-kislota va
ishqorlar bug’lari, ionlovchi radiatsiya, sistemali kasalliklar, og’ir
buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, o’tkir bronxitni yaxsi
davolanmasligi tufayli va h. k. kiradi. Shular bilan birga risk omillari
ham mavjud. Bu omillarga-chekish (chekuvchilar orasida surunkali
bronxit 2-5 marta ko’p uchraydi), ishlab chiqarishdagi zararli omillar
(paxta, un, ko’mir, tsement changlari, amiak, ishqorlar, kislotalar
bug’lari ), ish o’rnida havo namligining baland va sovuq bo’lishi,
atmosfera havosining ifloslanishi (oltingugurt oksidlari, neft, tabiiy gaz
va ko’mirning chala yongan maxsulotlari va b.).
Kasallik kelib chiqishiga ko’maklashuvchi omillar ham mavjud.
Tez-tez va qayta yuqori nafas yo’llari shamollashi, gripp, o’tkir bronxit,
pnevmoniya, surunkali burun, tanglay va boshqa infeksiya o’choqlari,
irsiy moyillik, organizmni immun tizimini sustligi, immun tanqis
holatlar kasallik kelib chiqishida o’rni bor.
Patogenez.
Uzoq muddatda tashqi noxush holatlar va etiologik
omillarning ta’siri bronxlar shilliq qavatini strukturasini o’zgartiradi,
semiz hujayralardan biologik faol moddalar ajralib chiqadi, bronx shilliq
qavati kapilyarlari o’tkazuvchanligini oshiradi, bronxlar devorida
qadoqsimon hujayralardan ko’p miqdorda shilliqli suyuqlik ajraladi,
78
Do'stlaringiz bilan baham: |