Laborator o’zgarishlar.
Qоn surtmаlаridа esа nоrmоtsitоz,
nоrmaxrоmiya kuzаtilаdi. Kаsаllik lеykоpеniya bilаn kеchаdi vа
оrgаnizmning o’zini turli biоlоgik оmillаrdаn himоya qilish qоbiliyati
pаsаyadi. Bu аnеmiyaning o’zigа хоs ko’rinishlаridаn biri trоmbоtsitlаr
sоnining kаm bo’lishi vа shu tufаyli qоn ivishining buzilishi, qоn
kеtishidir. Suyak ko’migi punktsiya qilinganida yadro saqlovchi
hujayralarni kamayishi, eritroid, myeloid, megakariotsitar hujayra
rivojlanishini tormozlanishi kuzatiladi. Bu tur anemiyada suyak ko’migi
butunlay yog’ hujayralar bilan almashadi.
501
Davolash.
Qon
quyiladi.
Anabolik
garmonlar
(eritropoez
kuchayadi). Glyukokortikoid garmonlar. Splenektomiya. Gemostatik
terapiya. Vitaminlar. Antibiotiklar tavsiya qilinadi.
Prognoz.
Bemorlarni yaxshilab davolasa suyak ko’migi
transplantatsiya qilinsa biroz hayotini cho’zish mumkin.
O’roqsimon hujayrali anemiya
Ushbu kasallikka to’xtalishdan oldin Hb ni tuzilishiga to’xtalib
o’tamiz. Gemoglobin - eritrotsit tarkibibdagi oqsil, nafas olishda ishtirok
etadi va gem (3,8%) hamda globin (96,2%) dan tashkil topgan bo’lib,
kislorod transportirovkasida oxigemoglobin (Нb02) shaklida ishtirok
etadi. Gemoglobin qon bilan o’pkada kelgandan so’ng karbonad
angidridni (HbCO2) o’rniga kislorodni biriktirib (Нb02) oladi va
to’qimalarga tashiydi. Hb ni 5 xil turi mavjud; odatdagi (meyordagi) Hb,
embrional Hb, fetal HbF bolalarda homiladorlik davrida sintezlanadi va
bola tug’ilgandan so’ng kamayib ketadi (<0,5% bolalar va kattalarda) va
gemoglobinopatiyalarda, gipoplastik hamda pernitsioz anemiyalarda
ko’payadi, 2 ta definitiv tipi (HbA, HbA2) tafovut qilinadi. Hb tetramer
bo’lib, 2 ta α-globin zanjiri 141 aminokislotadan tashkil topgan va 2 ta
boshqa turdagi β - globin zanjiri 146 aminokislotadan tashkil topgan (Нb
Gower-1 2S -va E-zanjir saqlaydi, embrional Hb ni asosiy komponenti
va homilada suv ko’payishida (vodyankasida) kamayib ketadi, homilani
3 chi oyida HbF ga almashinadi).
O’roqsimon hujayrali anemiya asosan kislorodni portsial bosimi
past bo’lgan hududlarda ko’proq uchraydi (qirlarda , tog’ yon
bag’irlarida yashovchilarda). НbS (* 141900-0038) – animal Нb bunda β
zanjirning 6-holatida lizin ba’zanda valin aminokislotasi glutamin
aminokislotasiga almashinadi va HbS (* 141900) sintezlanadi. HbS
polimerlanish xususiyatiga ega bo’ladi, chunki ushbu Hb da taktoid iplar
paydo bo’lib, eritrotsit membranasini tortadi. Bu o’zgarish eritrotsitlar
membranasini o’zgartiradi, tortadi natijada o’roqsimon hujayrali
eritrotsitlar shakllanadi. Bu eritrotsitlarni funktsional va elastik
imkoniyatlarini cheklab qo’yadi. Bu turdagi eritrotsitlar umri qisqa
bo’ladi, taloqda ushlanib qolinib parchalanadi. Ba’zan kam holatlarda
kapilyarlarda tiqilib qolib trombozlarga, nekrozlarga olib keladi,
adabiyotlarda yozilishicha o’pka, jigar va boshqa a’zolar kapilyarlariga
tiqilib qolib bu organlarda tromboz, abtseslarga olib kelgan halatlar ham
mavjud. Anamal Hb larda (НbМ *142300 va b.q.) 1 ta aminokislotani
502
almashinishi
metgemoglobin
reduktaza meyorda bo’lsa ham,
metgemoglobin hosil bo’lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |