Sinus bradikardiyasi
Sinus tugunda ta’sirot kamayishi asosan parasimpatik nerv organlari
faoliyati kuchayganidan darak beradi. Sinus tugunining avtomatizmi
yurak mushaklari sklerozida, gipotireozda, sovuq qotganda susayadi.
Yurak bir daqiqada 50-60 marta, goho 30 marta qisqaradi. Sinus
bradikardiyasi asosan sport bilan shug’ullanuvchilarda, bosh miya
chayqalganda, bosh suyagining ichki bosimi ortganda, miksedema,
ichterlama, sariqlik, och qolganda, xinin va digitalis ta’sir qilganda yuz
beradi. Bemor tekshirilganda puls kamayganligi, EKGda T-P oraliq
uzayadi, goho P-Q (0,2-0,21 sek) uzayadi.
242
Sinus aritmiya
Bu aritmiya asosan simpatik va parasimpatik nerv tizimida
o`zgarishlar paydo bo’lganda kuzatiladi. Bunda asosan odam nafas
olganda impuls tezlashib, nafas chiqarganda sekinlashadi.
Ektopik aritmiya
O’tkazuvchanlik organlarining xohlagan yerida, yangi qo’shimcha
(geterotrop, ektopik) ta’sirot o’chog’i hosil bo’lganda, yurakning
navbatdan tashqari qisqarishi natijasida kuzatiladi, buni ekstrasistoliya
deb ataladi. Bunday aritmiya yurak mushaklari qattiq qo’zg`alganda
yuzaga keladi.
Ekstrasistolik aritmiya
Yurakning navbatdan tashqari vujudga kelgan yurak qisqarishi
yurakning
ekstrasistolik
aritmiyasi
deyiladi.
Ektopik
o’choq
o’tkazuvchanlik yurakning xohlagan yerida vujudga kelishi mumkin.
Undan keyingi pauza meyoridan ortiq bo’ladi. Ekstrasistoliya tez-tez
uchrab turadigan yurak aritmiyalaridan biri bo`lib, soppa-sog` kishilarda
(vagotoniklarda), kashandalarda, achchiq choy, kofe ichilganda, qorin
bo’shlig’i kasalliklarida, yurak mushaklari yallig’langanda va distrofik
o’zgarishlarda,
yurak
mushaklarida
qon
aylanishi
buzilganda,
tireotoksikoz, klimaksda yuzaga keladi. Bemor goho yuragi qattiq
urganini, goho go’yo to’xtab qolganini aytadi. Bunda eshitib ko’rilganda
yurak navbatdan tashqari qisqarganini, I ton kuchayganini eshitish
mumkin. EKGda: a) navbatdan tashqari yurak qisqarishi, b)
ekstrasistolik qisqarishdan so’ng, keyingi R tishcha orasi uzoq bo’ladi.
Ektrasistoliya qayerda hosil bo’lganiga qarab:
- bo’lmachali
- atrioventrikulyar: Birinchi impuls qorinchalarga o’tib, keyin
bo’lmachalarga o’tadi. EKGda oldin qorinchalar kompleksi va keyin
manfiy bo’lmachalar kompleksi qayd qilinadi.
-umumiy supraventrikulyar
- chap va o’ng qorinchali ekstrasistoliya
Bo’lmachali ekstrasistoliyada bo’lmachada qo’zg’alish yo’qolib,
impuls sinus tugunida hosil bo’lmaydi. EKGda R-tish saqlanadi, lekin
birmuncha o’zgaradi va oldingi T-tish ustiga tushadi, qorincha
kompleksi normada bo’ladi: T-P interval uzayadi.
Atrioventrikulyar ekstrasistoliyada impuls Ashof-Tovar tugunida
qarama-qarshi (pastga va yuqoriga) tarqaladi. EKG a) yurak kompleksi
navbatdan tashqari bo’ladi; b) ekstrasistoliya bilan normal yurak
243
qisqarishi orasidagi tanaffus uzayadi; c) P-tish manfiy bo’ladi yoki
yo’qolib ketadi.
Qorinchalar ektrasistoliyasi EKGda quyidagicha ifodalanadi;
- qorinchalar qisqarishi navbatdan tashqari paydo bo’ladi;
- P-tish yo’qoladi;
-QRS kompleksi o’zgaradi va uzayadi
-T-tish shakli ham, hajmi ham o’zgaradi.
Ektopik o’choq hosil bo’lishiga qarab, extrasistoliya;
Do'stlaringiz bilan baham: |