O`zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O`zbekiston Respublikasining "CHet el investitsiyalari to`g`risida", "CHet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`grisida", "Investitsiya faoliyati to`grisida"gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo`lib xizmat qiladi.
Mulkchilikning turli shakllari tarkib topishi investitsiyalarning rivojlanishiga katta turtki bo`ldi. Mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan kapitalning sohaladagi o`zgaruvchanligi, uning oqimi, hududlarga taqsimlanishi tezlashdi.
CHet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob`ektlariga qo`shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O`zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e`tirof etiladi.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq miqiyosda jalb qilish, xorijiy investorlarni o`z mablag`larini mamlakat iqtisodiyoti uchun sarflashga qiziqtirish maqsadida qonun asosida ular uchun imtiyozli moliyaviy sharoitlar yaratilgan, jumladan:
*xorijiy investorlar kapitalini saqlanishi uchun kafolatlar;
*ko`rilgan zararlarni qoplanishi uchun kafolatlar;
* soliqqa tortish tizimida ularga oid belgilangan imtiyozlar;
*foyda va daromadlarni xorijga olib chiqib ketishning erkinligi;
*milliy so`mda va chet el valyutasida olingan foydalarni o`tkazish va olib
*chiqib ketish imkoniyati;
*bojxona imtiyozlarining mavjudligi;
*xorijiy investorlarning mulklari va ularning o`zlarini xavf-xatarlardan *sug`urtaviy muhofaza qilish tizimini yaratilganligi.
O`zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati. - Davlatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab, bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos iqtisodiy rivojlanish yo`lidan bormoqda. Bu yo`lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. CHunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta`mirlash ishlarini amalga oshirishni rag`batlantiradi.
SHu jihatdan O`zbekiston Davlati o`z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda. Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib topib, ular o`zaro bog`liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |