404
DTo‗r – bir sinfga to‗g‗ri keladigan daftar tekshirganlik
uchun o‗rtacha xarajat miqdori;
Fdt – tarifikatsiya bo‗yicha tegishli sinf guruhlari bo‗yicha
daftar tekshirganlik uchun ish haqi fondi;
S – shu sinf guruhlari bo‗yicha sinflar soni.
Aniqlangan ko‗rsatkichlar asosida maktab bo‗yicha
pedagog xodimlarning umumiy ish haqi fondi hisoblab topiladi.
Ta‘lim muassasalari rahbar xodimlar mehnatiga haq
to‗lash xarajatlari.
Ta‘lim muassasalari rahbar xodimlarining
ish haqlari o‗quvchilar kontingenti bo‗yicha aniqlangan
muassasa guruhlariga (O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-sonli qarorining 2-
ilovasiga binoan) ko‗ra tabaqalashtirilgan bazaviy tarif stavkasi
asosida aniqlanadi. O‗quvchilar soniga ko‗ra esa maktablar
to‗rtta guruhga ajratilgan.
Ta‘lim muassasalarining boshqa xodimlari mehnatiga haq
to‗lash xususiyatlari.
Maktab o‗quv-yordamchi va ma‘muriy-
xo‗jalik xodimlari ish haqlari shtatlar jadvali va lavozim
okladlari sxemasi asosida aniqlanadi. Umumta‘lim maktablari
rahbar xodimlari, ma‘muriy-xo‗jalik, o‗quv-yordamchi va
boshqa xodimlar shtati umumta‘lim muassasalari uchun
ishlab chiqilgan va amalda bo‗lgan namunaviy shtatlar asosida
shakllantiriladi. Mazkur
namunaviy shtatlarda direktor,
direktor o‗rinbosarlari, xo‗jalik mudiri, ish yurituvchi, katta
yetakchi, kutubxona mudiri, kutubxonachi kabi lavozimlar
bo‗yicha maktablardagi sinflar sonidan
kelib chiquvchi shtat
me‘yorlari keltirilgan. Ayrim lavozimlar soni (masalan, harbiy
rahbar, laborant, to‗garak rahbari va sh.k.) sinflar soniga ko‗ra,
ayrimlari – o‗t yoquvchi, isituvchi, ko‗cha supuruvchi, qorovul,
farrosh kabilar – maktab binolari, inshootlarning texnik
xarakteristikalari, isitish tizimi va tozalanadigan maydonning
o‗lchamlariga ko‗ra
bir guruh lavozimlar, masalan, injener-
dasturchi
–
maktabda
jihozlangan
kompyuter
xonalari(sinflari)ning mavjudligiga ko‗ra o‗rnatiladi.
405
Umumta‘lim maktablarining o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarini
rag‗batlantirishning
Direktor
jamg‗armasi
mablag‗larini
rejalashtirish.
Bu kod bo‗yicha umumta‘lim maktablarining
o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarini rag‗batlantirishning Direktor
jamg‗armasi mablag‗lari rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi.
Mazkur
Jamg‗arma
to‗g‗risidagi
Nizom
O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-
sonli qarori bilan tasdiqlangan bo‗lib,
unga muvofiq, Direktor
jamg‗armasi mablag‗lari ―umumtalim muassasalarining o‗quv-
tarbiya jarayoniga katta shaxsiy hissa qo‗shayotgan, o‗z
kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini
namoyon etayotgan iqtidorli o‗qituvchilarni rag‗batlantirishga,
shuningdek, umumta‘lim muassasalari xodimlariga bir
martalik mukofotlar to‗lashga va moddiy yordam ko‗rsatishga
(favqulodda hollarda) yo‗naltiriladi.‖
Direktor jamg‗armasi mablag‗lari har bir umumta‘lim
muassasasining xarajatlar
smetasida nazarda tutiladi, ular
byudjet tasnifining 41 10 000 - ―Ish haqi‖ kodining tarkibiga 41
11 210 - ―Umumta‘lim muassasalarining o‗rnak ko‗rsatgan
xodimlarini
rag‗batlantirishning
Direktor
jamg‗armasi
mablag‗lari‖ kodi bo‗yicha kiritiladi. Mazkur kod bo‗yicha
xarajatlar maktab bo‗yicha hisoblangan mehnat haqi fondining
15 foizi doirasida rejalashtiriladi. Lekin har bir byudjet yili
uchun Direktor jamg‗armasining foizlarda aniqlangan aniq
miqdori
Moliya
vazirligi
tomonidan
davlat
byudjeti
parametrlarini ishlab chiqish chog‗ida byudjet tasnifining
7 090 000 - ―Ta‘lim‖ 200 tegishli paragraflari bo‗yicha
mehnatga haq to‗lashga mo‗ljallangan byudjet xarajatlari
hajmidan kelib chiqqan holda o‗rnatiladi
va respublikaning
barcha umumta‘lim maktablari uchun yagona bo‗lib
hisoblanadi.
IV guruh ―Boshqa xarajatlar‖ barcha byudjet tashkilotlari
uchun o‗rnatilgan tartiblarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: