MTMB = (T / K) * XBN 1+ T * XBN 2 * Kis + Bo
(15.1.)
Bunda:
MTMB – MTM byudjeti;
T – tarbiyalanuvchilar soni;
K – guruhdagi bolalarning to‗liqlilik koeffitsiyenti;
XBN 1 – bir nafar tarbiyalanuvchi uchun xarajatlarning
bazaviy normativi;
XBN 2 – MTMning boshqa (IV guruh) xarajatlari bo‗yicha
bir nafar tarbiyalanuvchi uchun xarajatlarning bazaviy
normativi;
Kis – markaziy isitish tizimi yoki gaz bilan isitiladigan
MTM uchun isitish koeffitsiyenti;
Bo – MTMning oziq-ovqat byudjeti,
Formuladagi bog‗cha guruhlaridagi bolalarning to‗liqlilik
koeffitsiyenti guruhlarning to‗liqlilik me‘yorlari asosida
aniqlanadi. Gap shundaki, davlat maktabgacha ta‘lim
muassasasining har bir guruhidagi bola soni me‘yori kamida
20 nafar bo‗lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo‗lmasligi lozim.
190
Shunga ko‗ra, guruhdagi bolalarning to‗liqlilik koeffitsiyenti
quyidagi formula asosida aniqlanadi:
K = T / G * 20
(15.2.)
Bunda:
G – guruhlar soni;
20 – har bir guruhining to‗liqlilik (bola soni) me‘yori.
15.1-formuladagi Bo – MTMning oziq-ovqat byudjeti
umumiy tarzda quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Bo = XBNo * (To + 0,29 * Tb)
(15.3.)
Bunda:
XBNo – bir nafar tarbiyalanuvchi uchun oziq-ovqat
xarajatlarining bazaviy normativi;
190
Davlat maktabgacha ta‘lim muassasasi to‗g‗risida Nizom (O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga 1-ilova) 5-bob, 32-
band asosida.
384
To – ota-onalar to‗lovidan ozod qilingan bolalar soni;
Tb - bir oiladan ikki va undan ortiq bola qatnaydigan
bolalar soni.
Yuqoridagi formula Toshkent shahrida, viloyatlar
markazlarida va viloyatga bo‗ysunuvchi shaharlarda hamda
tumanlar markazlari va boshqa joylarda joylashgan MTM
uchun alohida-alohida (bolalarning ovqatlanishi uchun ota-
onalarning to‗lovlari summalaridagi farqlarni inobatga olgan
holda) ishlab chiqiladi. Lekin muhimi, formulaning asosini,
yuqorida ta‘kidlanganidek, tarbiyalanuvchilar soni, oziq-ovqat
xarajatlari me‘yori va tuzatuvchi koeffitsiyentlar tashkil qiladi.
Xarajatlarning
bazaviy
me‘yorlari
va
tuzatuvchi
koeffitsiyentlarni qo‗llagan holda aniqlangan MTMning byudjeti
rejalashtirilayotgan yilda xarajatlar smetasi bo‗yicha unga
ajratiladigan mablag‗larning umumiy hajmini belgilab beradi.
Xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali va pedagog xodimlarning
tarifikatsiya ro‗yxatini tuzish MTMning rahbari va bosh
hisobchisi (hisobchisi) tomonidan O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son bo‗yrug‗i bilan
tasdiqlangan ―Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‗lari
oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish,
tasdiqlash va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi to‗g‗risida‖gi Nizomga
(ro‗yxat raqami № 2634, 2014-yil 15-dekabr) qat‘iy rioya etgan
holda, xarajatlar bazaviy normativlari asosida hisoblangan
mablag‗lar doirasida amalga oshiriladi. Bunda mablag‗larni
taqsimlashda quyidagi ketma-ketlikka qat‘iy amal qilinadi:
ish haqi va yagona ijtimoiy to‗lov;
oziq-ovqat xarajatlari;
kommunal xarajatlar;
boshqa joriy xarajatlar;
muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash
bo‗yicha tadbirlar.
385
Do'stlaringiz bilan baham: |