O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Hududiy moliya 
xorijiy mamlakatlar moliya tizimining 
ikkinchi bo‗g‗inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya 
a‘zolarining 
moliyasi 
va 
federatsiya 
a‘zolari 
hamda 
munitsipalitetlarga tegishli bo‗lgan mahalliy byudjetlar hamda 
korxonalar moliyasidan iborat. 


92
Federatsiya a‘zolarining daromadlari to‗g‗risidagi masala 
har bir mamlakatda o‗ziga xos tarzda yechiladi. Masalan, 
AQSHda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar, eng 
avvalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan bo‗lsa, GFRda 
asosiy to‗g‗ri (bevosita) soliqlar bo‗yicha tushumlar – aholidan 
olinadigan daromad solig‗i va korporatsiyalardan olinadigan 
foyda solig‗i 50/50 nisbatda federal byudjet va yerlarning 
byudjetlari o‗rtasida taqsimlanadi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining uchinchi 
bo‗g‗ini 
davlat krediti 
hisoblanadi. Bu bir tomondan davlat 
hamda ikkinchi tomondan yuridik va jismoniy shaxslar 
o‗rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bo‗lib, unga ko‗ra 
davlat va mahalliy boshqaruv organlari, asosan, qarzga mablag‗ 
oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va 
mahalliy zayomlar odatda, byudjet defitsiti mavjud bo‗lsa, ya‘ni 
odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini qoplamagan 
holatlarda muomalaga chiqariladi. 
Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb 
etuvchi soliqlar (asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy 
maqsadlarga yo‗naltiriladigan mablag‗larning salmog‗i mahalliy 
byudjetlarda davlat byudjetiga nisbatan ancha yuqori. Bu 
byudjetlar ham doimiy ravishda defitsitli bo‗lib, ular davlat 
byudjetidan hukumat kafolati ostida subsidiya va kreditlar yo‗li 
bilan kerakli mablag‗larni oladi. 
Xorijiy 
mamlakatlar 
davlat 
moliyasining 
muhim 
bo‗g‗inlaridan yana biri 
maxsus nobyudjet fondlardir
. Bozor 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda eng yirik maxsus 
nobyudjet fondlarning orasida milliy sug‗urta fondlari alohida 
o‗rin 
egallaydi. 
Bu 
fondlar 
korxona 
ishchilari 
va 
tadbirkorlarning sug‗urta badallari hamda davlat byudjetidan 
beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi. Milliy 
sug‗urta fondlarining mablag‗lari yoshi bo‗yicha, nogironlik va 
boquvchisini yo‗qotgan hollar bo‗yicha pensiyalarni to‗lashga, 


93
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‗qotgani, homiladorligi, 
ishsizligi va h.k. bo‗yicha nafaqalar berishga sarflanadi. Bunda 
mablag‗larning asosiy qismi yosh bo‗yicha pensiyalarni 
to‗lashga 
yo‗naltiriladi. 
Barcha 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlarda pensiyaning miqdori ish haqi va to‗langan 
sug‗urta badallarining miqdoriga nisbatan belgilanadi. 
Davlat korxonalari moliyasi 
xorijiy davlatlar moliya 
tizimining alohida bo‗g‗inlaridan biri hisoblanadi. Bu 
korxonalar 
G‗arbiy 
Yevropa 
mamlakatlarida 
II-Jahon 
urushidan so‗ng va 1945-1950-yillarda temir yo‗l va havo 
transporti, 
energetika 
tarmog‗i 
va 
boshqa 
tarmoqlar 
korxonalarining milliylashtirilishi munosabati bilan ancha 
rivojlandi. O‗sha paytlarda bu tarmoqlar texnik jihatdan o‗ta 
qoloq va raqobatbardosh emas edi. Ularni qayta qurollantirish 
juda katta miqdordagi mablag‗larni talab etdi, bu mablag‗lar 
davlat byudjeti, ya‘ni soliq to‗lovchilar hisobidan ajratildi. Bu 
tarmoqlar modernizatsiya qilinganligi va texnik jihatdan ilg‗or 
bo‗lishiga qaramay, ular moliyaviy jihatdan hamon past 
rentabelli yoki zararga ishlaydigan bo‗lib qolaverdi. Davlat 
korxonalari moliyaviy holati og‗irligining asosiy sababchisi 
ularning mahsulotlariga nisbatan past baholar siyosatining 
yuritilganligi edi. 
O‗tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar 
hukmron doiralarining yangi iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga 
ko‗ra ko‗plab davlat tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi 
va bu holat davlat mulkining miqdorini keskin kamaytirdi. 
Nima uchun davlatning ta‘sir doirasi kengayishi uzoq 
bahslarga sabab bo‗ldi?
59
Asosiy sabablardan bittasi shuki, 
davlat jamiyat ehtiyojlariga ―sezgirdir‖. 1880-yilda taklif etilgan 
Vagner qonuniga ko‗ra iqtisodiy taraqqiyot faqatgina davlat 

59
Musgrave, R.A.,& Musgrave, P.B. (1989). Public finance in theary and practice (5th 


ed.). New York, NY: McGraw-Hill; Hyman, D.N. (2010). Public finance: a contemporary
application of theory to policy (10th ed. online). Florence, KY: Cengage Books; Rosen, 
H.S. (2005). Public finance (7th ed.). New York, NY: McGraw-Hill Irwin. 


94
bajara oladigan yangi faoliyatlarning yuzaga kelishi uchun 
imkoniyatlar yaratadi.
60 
Ikkinchi sabab shuki, davlat rivojlanib 
borish tendensiyasiga egaligi bilan xarakterlanadi. Bu holatda 
davlat siyosiy rahbarlarning bevosita qo‗llab-quvvatlashi 
natijasida o‗sib boradi.
61
Davlatning va uning boshqaruvchilik 
faoliyatining zarurligini quyidagi omillar bilan izohlash 
mumkin:
62 

Umumiy mahsulotlar iste‘moliga bo‗lgan ehtiyoj
. Mudofaa, 
milliy xavfsizlik, tabiiy ofatlar va fuqarolar uchun zarur bo‗lgan 
boshqa ne‘matlarni xususiy sektor ta‘minlab bera olmaydi, bu 
xizmatlarni shuning uchun davlat o‗z zimmasiga oladi.

Demografik o‗zgarishlar
. Aholi umumiy sonining o‗zgarishi, 
yangi tug‗ilganlar bilan katta yoshdagi aholi o‗rtasidagi 
nisbatning 
o‗zgarishi 
davlatning 
ijtimoiy 
yo‗nalishdagi 
dasturlarining yaratilishini va kengaytirilishini talab etadi.

Hayot tarzining o‗zgarishi
. Odamlarning qishloq joylardan 
shaharlarga, keyinchalik shaharlardan shahar tashqarisiga 
ko‗chib o‗tishlari natijasida davlat xizmatlariga bo‗lgan talab 
ham shunga mos tarzda o‗zgaradi. Davlat yanada ko‗proq 
maktablar, yo‗llar, kommunal xizmat obyektlari qurishi, jamoat 
xavfsizligini ta‘minlashi zarur bo‗ladi. 

Tashqi ta‘sirlar.
Asosiy foyda keltiruvchi sanoat 
korxonalari havo va suvni ifloslantirishi mumkin. Hukumatlar 
ushbu holatlar natijasida yuzaga keluvchi zararlarni nazoratda 
tutishiga to‗g‗ri keladi. 

Iqtisodiy qiyinchiliklar.
Depressiya va boshqa salbiy 
iqtisodiy vaziyatlar davlatning o‗sishini rag‗batlantiradi. 

60
Lamartini, S., & Zaghini, A. (2008). Increasing public expenditures: Wagner's law in 


OECD countries. Frankfurt: Center for Financial Studies. Retrieved September 15, 
2011, from http:/ / www .ifk-ds.de/ fileadmin/downloads/publications/wp/ 
08_13.pdf. 
61
Berry, W. D., & Lowery, D. (1987). Explaining the size of the public sector. Journal 
of Politics, 49, 401-440; Larkey, P. D., et al. (1981). Theorizing about the growth of 
government. Journal of Public Policy , 1, 157-220. 
62
Beck, M. (1981). Government spending: trends and issues. New York, NY: Praeger;
Lewis-Beck, M. S., & Rice, T. W. (1985). Government growth in the United 
States.Journal of Politics , 47, 2-30. 


95

Yuqori riskli vaziyatlar. 
Risk yuqori bo‗lganda xususiy 
sektor ko‗p miqdorda resurslarni investitsiya qilishdan o‗zini 
tiyadi, shuning uchun ko‗pchilik dasturlarni moliyalashtirishga 
davlat boch-qosh bo‗ladi. Masalan, elektr quvvati manbayi 
sifatida yadro energiyasini rivojlantirish yoki kosmik 
tadqiqotlarni olib borishni davlatning o‗zi qo‗llab-quvvatlaydi.

Texnologiyadagi o‗zgarishlar
. Yangi texnologiyalarning 
yaratilishi bilan davlatning qo‗lida yangi imkoniyatlar paydo 
bo‗ldi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan temir yo‗llar va 
aeroportlarning paydo bo‗lishi, radio, televideniye, Internetning 
rivojlanishi yangi sanoat tarmoqlarining yuzaga kelishiga turtki 
bo‗ldi, bu esa davlatning boshqaruvchilik mavqeyini yanada 
mustahkamladi
63
.
Bugungi kunda jahonda kechayotgan moliyaviy-iqtisodiy 
inqiroz aksariyat davlatlar iqtisodiyotiga va moliya tizimlariga 
jiddiy ta‘sir ko‗rsatmoqda, xalqaro miqyosda mamlakatlarni va 
hukumat rahbarlarini kelishilgan va muvofiqlashgan xatti-
harakatlar qilishga undamoqda. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish