2.4. Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni prognozlash va
oldindan baholash. Iqtisodiyotning holatiga ta‟sir
ko„rsatuvchi omillar va vositalar
Iqtisodiy vaziyatni oldindan baholash.
Davlat sektoriga
ham, xususiy sektorga ham iqtisodiy o‗zgarishlarni baholash va
iqtisodiy tendensiyalarni oldindan ko‗ra bilish vositalari zarur
bo‗ladi. Agar biznes vakillari to‗g‗ri investitsion qarorlar qabul
qilmoqchi bo‗lsa (bular yangi ishchilarni yollash yoki yangi
ishlab chiqarish obyektlarini qurish kabilarni o‗z ichiga oladi),
ular kelajakdagi iqtisodiy o‗zgarishlarni oldindan ko‗ra
bilishlari kerak. Agar foiz stavkalari tushishi kutilayotgan
bo‗lsa, yangi ishlab chiqarish jihozlari sotib olish uchun qarz
olishning mavridi emas. Agar mablag‗ yangi ishlab chiqarish
39
MacMillan, M., & Rodrik, D. ( 2011). Globalization, structural change and
productivity growth. NBER working paper 17143, June. Retrieved November 14, 2011,
from http:/ / www .nber.org/papers/w17143.
55
quvvatlari uchun investitsiya qilinganda, umumiy soliq
majburiyatlarini kamaytiruvchi soliq imtiyozlari mavjud bo‗lsa
va bu imtiyozlarning muddati tugab borayotgan bo‗lsa, muddat
tugamasdan oldingi vaqt yangi investitsiya qilish uchun juda
qulay fursatdir. Bunday hodisalarning ba‘zilarini ishonch bilan
oldindan bashorat qilish mumkin. Xuddi R&D soliq kreditida
bo‗lganidek, investitsion soliq kreditining maxsus belgilangan
tugash sanasi bo‗lishi mumkin, ammo tajribadan ma‘lumki,
Kongress bunday kreditlardan voz kechishni xohlamaydi,
ularni doimiy yangilab boradi. Aksincha, bashorat qilish oson
bo‗lmasligi uchun foiz stavkalarida bir qancha o‗zgarishlar yuz
beradi.
Prognozlash
vositalari
biznesni
iqtisodiy
rejalashtirishda muhim komponent hisoblanadi.
Agar federal hukumat o‗zining iqtisodiy siyosatdagi
maqsadlariga
erishmoqchi
bo‗lsa,
o‗zining
iqtisodiy
yo‗nalishlarini oldindan belgilab olish uchun sezgir va mos
o‗lchov mezonlariga ega bo‗lishi zarur. Shuningdek, korporativ
daromad solig‗i maksimal stavkasining o‗zgarishi yoki ijtimoiy
ta‘minot tizimidagi o‗zgarishlarning kuchga kirishi kabi o‗ziga
xos siyosiy o‗zgarishlarning sodir bo‗lishini oldindan prognoz
qiluvchi o‗zgarishlar modelini ishlab chiqish zarur bo‗ladi.
Prognoz qilish texnikalari ancha keng bo‗lsada, biznes vakillari
va hukumat tomonidan yaqindan kuzatiluvchi o‗lchov
mezonlariga va prognozchilar tomonidan qo‗llaniluvchi tahliliy
modellarga yaqinligi sababli hukumatning iqtisodiy siyosatini
tushunish uchun muhim hisoblanadi.
Biznesmenlar va hukumat prognozchilari bir qancha
individual iqtisodiy indikatorlarni diqqat bilan kuzatib
boradilar.
Ba‘zi
indikatorlar
mehnat
ko‗rsatkichlariga,
jumladan, ishsizlik, bir haftada ishlangan o‗rtacha ish soatlari
va bir soatga to‗g‗ri keluvchi o‗rtacha mehnat haqi kabilarga
bog‗liq bo‗ladi. Boshqa indikatorlar foiz stavkasi va uy-joy
qurilishidagi yengilliklarining boshlanishi kabi moliyaviy
vaziyatlarni aks ettiradi. Kompaniyalar, prognozchilar va
siyosatchilar joriy iqtisodiy holatni tushunish va burilish
56
nuqtalarini, ya‘ni iqtisodiy vaziyatning hozirgi holatidan qachon
ko‗tarilishi yoki tushishining boshlashini oldindan bilish uchun
o‗rganadilar.
Iqtisodiy
burilish
nuqtalari
iqtisodiyotni
oldindan
baholashda alohida ahamiyatga ega bo‗lib, u davriy indikator
hisoblanadi. U shuningdek,
yetakchi, statik va ortda qoluvchi
nomlari bilan ham mashhurdir.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |