442
Sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlar doirasida davlat
tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlarning miqdori va
sifatini yaxshilash bilan birga ―yuqori texnologik ixtisos-
lashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishning prinsipial jihatdan
yangi tizimi tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan
tibbiyot markazlari, shu jumladan, xirurgiya, kardiologiya, ko‗z
mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya,
pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya,
dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya
sohasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va
yuqori malakali vrachlar bilan to‗ldirilgan ixtisoslashtirilgan
tibbiyot markazlari faoliyat ko‗rsatmoqda‖
210
. Respublikaning
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning
eng muhim yo‗nalishlarini belgilash, uning geografiyasini
tuman
(shahar)
darajasigacha
kengaytirish,
hududiy
ixtisoslashgan
tibbiyot
tashkilotlariga
tashkiliy-metodik
rahbarlik
qilish
uchun
respublika
ixtisoslashtirilgan
markazlarining mas‘uliyatini oshirish, ularning amaliyotiga
tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng
joriy etish maqsadida ―2017-2021-yillarda O‗zbekiston
Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam
ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi‖
qabul qilindi. ―Dastur doirasida 2017-2021-yillarda O‗zbekiston
Respublikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada
rivojlantirish maqsadida davlat maqsadli jamg‗armalari
mablag‗lari hisobidan 373,5 milliard so‗m hamda xalqaro
tashkilotlar va moliya institutlarining mablag‗lari va grantlari
hisobidan 100 million AQSH dollari miqdorida mablag‗
ajratilishi ko‗zda tutilgan bo‗lib, shundan 60 milliard so‗m
mablag‗ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini
qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlashga va 97
210
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 iyundagi ―O‗zbekiston
Respublikasi aholisiga 2017 — 2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam
ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-3071-sonli qarori.
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 25-son, 532-modda.
443
million AQSH dollari respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan
tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‗naltiriladi‖
211
.
Xulosa qilib aytganda, tibbiy xizmat iste‘molchilari uchun
sog‗liqni
saqlash
tizimi
qanday
manbalar
hisobidan
moliyalashtirilishi birinchi darajali ahamiyat kasb etmaydi,
ular uchun muhimi – ushbu tizim: aholining tibbiy xizmatlarga
bo‗lgan ehtiyojini to‗la qondirishi; tibbiy yordamning
hammabopligi; tibbiy xizmatning yuqori va kafolatlangan sifati;
tibbiy yordamning uzluksiz va davomiyligi; sog‗liqni saqlash
resurslaridan foydalanish samaradorligining yuqori bo‗lishi;
davlat kafolatlari doirasidagi tibbiy yordamning zamonaviy
darajasini ta‘minlashi zarur. Sog‗liqni saqlash sohasidagi
islohotlar ham shu maqsadlar yo‗lida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: