34
Amerika davlatlariga pul o‗tkazmalari jami 58,5 milliard AQSH
dollaridan ko‗proqni tashkil etdi, bu esa o‗tgan yil bilan
solishtirganda iqtisodiy pasayishning ta‘siri tufayli (ayniqsa, bu
holat sanoati rivojlangan mamlakatlarda ko‗proq sezilgan) 10
foizga pastroqdir. Misol uchun, 2010-yilda Salvadorning milliy
daromadida sof pul o‗tkazmalari 15 foizni tashkil etgan. Misrda
bu ko‗rsatkich 3,5 foizni, Marokashda 7,4 foizni tashkil
etgan.
20
Sof milliy mahsulot va milliy daromad.
Sof milliy mahsulot
(SMM) va milliy daromad (MD) ikkita o‗zaro bog‗liq ko‗rsatkich
bo‗lib, YAIMning hosilalari hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulot
o‗zida barcha kapital sarmoyalarni, shu jumladan, ba‘zilari
yangi ishlab chiqarish quvvatlari hosil qilmaydigan, ammo
o‗rindosh sifatida foydalanuvchi ishlab chiqarish qobiliyatini
yo‗qotgan eski kapitallarni ham o‗zida aks ettiradi. Sof milliy
mahsulot kapital investitsiyalardan sof amortizatsiyaning
ayirgandagi
qiymatni
ifodalaydi.
Kapital
almashtirish
xarajatlari sof milliy mahsulotda hisobga olinmaydi. 2009-yilda
AQSH yalpi ichki mahsuloti 14,1 trln. AQSH dollari bo‗lgan, sof
milliy mahsulot esa 12,4 trln. AQSH dollarini tashkil etgan, bu
AQSH yalpi ichki mahsulotining taxminian 1,7 trln. AQSH
dollari yangi ishlab chiqarish quvvatlaridan iborat emasligini
ifodalaydi.
21
Sof milliy mahsulotni o‗rganib borish istiqbolda ishlab
chiqarish to‗g‗risida ma‘lumot beradi, chunki agar iqtisodiyot
kapitaldan foydalanishni boshlasa va uning o‗rnini boshqa
bilan almashtirmasa tovar va xizmatlar ishlab chiqarish asosiy
kapitalning kamayishiga yoki uning juda past sur‘atlarda
o‗sishiga bog‗liq bo‗ladi.
20
International Association of Money Transfer Networks (2010). LAC: money transfers
bring order in chaos. Money Transfers,31, 5.Retrieved November 11, 2011, from
http:/ / www.iamtn.org/files/ Money_Transfers_Monthly_April_2010.pdf; World Bank
(2011).
WDI
Data
Catalogue.
Retrieved
November
11,
2011,
from
http://data.worldbank.org/data-catalog#Tables. Note: WDI Data Catalogue
searchable online by country or downloading selected databases.
21
U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic report of the president: 2011,
220.
35
Milliy daromad sof milliy mahsulotdan bilvosita soliqlar va
biznes bo‗yicha transfert to‗lovlarining ayirmasi bo‗lib,
yaratilgan sof mahsulot qiymatini ifodalaydi.
Quyidagi jadvalda AQSH iqtisodiyoti bo‗yicha 1960-2009-
yillardagi yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy
mahsulot va milliy daromad ko‗rsatkichlari keltirilgan. Bunda
shunga e‘tibor berish kerakki, iqtisodiy masalalar bo‗yicha
Prezident Kengashi tomonidan 2004-yil boshiga tayyorlangan
statistik ma‘lumotlarda biznes bo‗yicha transfert to‗lovlari,
biznesdan bilvosita soliqlar, ularning qiyosiy tahlili, o‗zaro
farqlari keltirilgan.
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: