5.3. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish va
o‘tkazishning amaldagi holati
Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan o‘tkazilgan aksiyadorlar
umumiy
yig‘ilishi
bilan
yaqindan
tanishish
maqsadida
O‘zsanoatqurilishbank aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining
107
2017-yil 28-aprelda o‘tkazilgan navbatdagi hisobot umumiy
yig‘ilishi bayonnomasi bilan tanishib chiqamiz
37
.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bankning bosh binosi
manzilida 2017-yil 28-aprelda soat 11.00 dan 13.00 ga qadar
o‘tkazilgan.
Yig‘ilishni Bank Kengashi a’zosi – A.Kamalov ochdi.
Bank Kengashi tomonidan 2017-yil 5-aprelda O‘zbekiston
Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini
himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonunlari hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Ustaviga binoan,
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror
qabul qilingan.
Amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy yig‘ilish
o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar Bankning rasmiy veb-saytida
joylashtirildi, “Birja” iqtisodiy gazetasining 2017-yil 6-apreldagi
sonida e’lon qilindi hamda aksiyadorlarning elektron pochta
manziliga yuborilgan.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya
qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 61-moddasiga hamda Bank
Kengashining qaroriga binoan, Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish
huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatini tuzish sanasi 2017-yil
24-aprel deb belgilangan.
Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining vakolatli ekanligi (kvorum
to‘planganligi) bo‘yicha so‘z Sanoq komissiyasining raisi - Azizxon
Nodirovga berildi. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlarining
reyestriga ko‘ra, 2017 yil 24 aprel holatiga Umumiy yig‘ilishda
ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatiga jami 204
365 135 (ikki yuz to‘rt million uch yuz oltmish besh ming bir yuz
o‘ttiz besh) dona oddiy aksiyalar egasi bo‘lgan 5 250 (besh ming ikki
yuz ellik) ta aksiyador kiritilgan.
Aksiyadorlar ro‘yxatining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va
aksiyadorlar nomidan Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga
ega bo‘lgan vakillarning vakolatlari tasdiqlandi.
Sanoq komissiyasi raisi yig‘ilishda ishtirok etish uchun
umumiy ovoz beruvchi aksiyalarning 177.456.421 (bir yuz yetmish
yetti million to‘rt yuz ellik olti ming to‘rt yuz yigirma bir) dona yoki
86,8 foiziga egalik qiluvchi 18 (o‘n sakkiz) nafar aksiyador va
aksiyadorlarning vakillari ro‘yxatdan o‘tganligi va Umumiy yig‘ilish
vakolatli, ya’ni kvorum mavjudligini ma’lum qildi.
Sanoq komissiyasi bayonnomasi, aksiyadorlar va ularning
vakillari ro‘yxati, Sanoq komissiyasi ma’lumoti matni ilova qilinadi.
37
Ўзсаноат
қ
урилишбанк АТБ расмий вебсайтидан олинди (http://www.uzpsb.uz/ru/node/2422).
108
Yig‘ilishga raislik qiluvchi Bank Kengashi a’zosi - A.Kamalov
bank Aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishini ochiq deb e’lon qildi
hamda yig‘ilishda bankning yirik aksiyadorlari Tiklanish va
taraqqiyot jamg‘armasi nomidan - Ijrochi direktor o‘rinbosari
Sh.Vafayev,
boshqarma
boshlig‘i
o‘rinbosari
U.Muxtarov,
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ nomidan - boshqarma boshlig‘i
o‘rinbosari I.Subanov, “Uzneftmahsulot” AKnomidan - bosh
buxgalter I.Abidov, boshqa aksiyadorlar va ularning vakillari hamda
Bankning mas’ul xodimlari ishtirok etayotganligi to‘g‘risida xabar
berdi.
Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining Ishchi organlari quyidagi
tarkibda tuzildi:
Yig‘ilish hay’ati: A.Kamalov (Raislik qiluvchi), Sh.Vafayev,
U.Muxtarov, I.Abidov, O.Almardanov.
Yig‘ilish kotibiyati: Z.Baymuradova, K.Xasanova.
Sanoq komissiyasi: B.Anarkulov, D.Rasulev, A.Nodirov,
Z.Bekova.
Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining kun tartibiga quyidagi
masalalar kiritilgan:
1. Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik hisobotini, bankni
rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-
tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish.
2. Bank Taftish komissiyasining xulosasini eshitish.
3. Bankning 2016-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini
tasdiqlash.
4. Bankda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil
baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
5. Bank foydasini taqsimlash.
6. Bank Kengashi a’zolarini saylash.
7. Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
8. Bank Boshqaruvi Raisi va Boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan
mehnat shartnomalarini 1 (bir) yil muddatga uzaytirish.
9. Bank aksiyalarini maydalash.
10. Bankning e’lon qilingan aksiyalarining eng ko‘p miqdorini
belgilash.
11. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish.
12. Bankning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish va
qayta tasdiqlash.
Umumiy yig‘ilishni ish tartibi quyidagicha belgilab olindi:
Kun tartibiga kiritilgan masalalar buyicha hisobot va axborot
berish, muzokaralarda so‘zga chiqish, ovoz berish uchun quyidagi
reglament o‘rnatildi:
109
- Bank
Kengashi va Boshqaruvining
yillik hisoboti
bo‘yicha ma’ruzachiga – 20 daqiqagacha;
- Taftish komissiyasining hisoboti bo‘yicha ma’ruzachiga – 20
daqiqagacha;
- Ma’ruzalar bo‘yicha muhokamalar uchun – 35 daqiqagacha;
- Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish uchun – 20
daqiqagacha.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibi
ham belgilanib olindi.
Kun tartibidagi birinchi masala - «Bank Kengashi va
Boshqaruvining yillik hisobotini, bankni rivojlantirish strategiyasiga
erishish
bo‘yicha
ko‘rilayotgan
chora-tadbirlar
to‘g‘risidagi
hisobotlarini eshitish» masalasi yuzasidan Bank Boshqaruvi Raisi
o‘rinbosari – O.Almardanov ma’ruza qildi (ilova etiladi).
Kun
tartibidagi
ikkinchi
masala
–
«Bank
Taftish
komissiyasining xulosasini eshitish» masalasi bo‘yicha Taftish
komissiyasi a’zosi – O.Xudoyberdiyev ma’ruza qildi (ilova etiladi).
Kun tartibining qolgan masalalari bo‘yicha yig‘ilishga raislik
qiluvchi
A.Kamalov
batafsil
to‘xtalib
o‘tdi
va
tegishli
tushuntirishlarni berdi.
Kun tartibiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish natijalari
bo‘yicha hamda kiritilgan takliflar va ovoz berish yakunlarini
hisobga
olgan
holda,
Aksiyadorlar
Umumiy
yig‘ilishi
-
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBni respublika iqtisodiyoti va bank
tizimini isloh etish hamda milliy iqtisodiyotdagi islohotlarni
chuqurlashtirish bo‘yicha Hukumat qarorlarini bajarish yo‘lida
barqaror faoliyat yuritayotganligini qayd etdi.
2016-yil yakunlari bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” ATB
“Axbor-Reyting” milliy reyting kompaniyasining “uzA+” darajasidagi
«Ijobiy» prognoz bilan yuqori raqobatbardoshlik reytingini qo‘lga
kiritdi.
Shuningdek, bankning barqaror rivojlanib borayotganligi
xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan ham tasdiqlanmoqda.
Jahonda katta nufuzga ega “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB reytingini “B+” darajada “Barqaror”
istiqboli bilan qayta tasdiqladi. Hisobot yilida yana bir nufuzli
reyting agentligi “Standard&Poor’s” ham “O‘zsanoatqurilishbank”
ATBga “B+” darajada “Barqaror” bo‘lgan xalqaro reytingini qayta
tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining
iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning
barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish,
oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni
110
kengaytirishni rag‘batlantirish, bankning kapitallashuv darajasini
yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash bo‘yicha
investitsion jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish, bozor va bank
infratuzilmasini kengaytirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni yanada
yaxshilash, aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirishga
qaratilgan
qarorlar
va
dasturlarni
bajarishda
O‘zsanoatqurilishbankning faolligini oshirish maqsadida, kun
tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqib, Bank Aksiyadorlarining
umumiy yig‘ilishi tomonidan quyidagi qarorlar qabul qilingan:
Do'stlaringiz bilan baham: |