O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


Belgilangan muddatlarda aksiyadorlar tomonidan



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   226
 
10. Belgilangan muddatlarda aksiyadorlar tomonidan 
taftish komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha 
takliflar kiritilmagan holatlarda taftish komissiyasiga saylash 
uchun mustaqil ravishda nomzodlar ro‘yxatini belgilash kim 
tomonidan amalga oshiriladi? 
a) kuzatuv kengashi; 
b) taftish komissiyasi raisi; 
c) ijroiya organi; 
d) kuzatuv kengashi huzuridagi nazorat qo‘mitasi. 
11. Taftish komissiyasining xulosalari kim tomonidan ma’-
qullanadi?
a) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi; 
b) kuzatuv kengashi; 
c) ijroiya organi rahbari; 
d) taftish komissiyasi raisi. 
12. Ichki audit xizmati hisoboti kim tomonidan ma’qul-
lanadi? 
a) kuzatuv kengashi; 
b) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi; 
c) ijroiya organi rahbari; 
d) taftish komissiyasi raisi. 
 
Qo‘shimcha topshiriqlar 
1. Taftish komissiyasi va ichki audit xizmati faoliyatidagi farqli 
jihatlar bo‘yicha quyidagi jadvalni shakllantiring. 
Taftish komissiyasi 
Ichki audit xizmati 
1. 
2. 
...... 
1. 
2. 
...... 
 
2. Taftish komissiyasi va ichki audit xizmati hisobotini 
shakllantirish bo‘yicha quyidagi jadvalni shakllantiring. 
Taftish komissiyasi 
Ichki audit xizmati 
1. 
2. 
...... 
1. 
2. 
...... 
 


183 
IX bob. KORPORATIV BOSHQARUVDA HISOBDORLIK, 
AXBOROTLARNI OSHKOR ETISH VA SHAFFOFLIK 
 
9.1. Korporativ boshqaruvda hisobdorlik, axborotlarni oshkor 
etish va shaffoflikni ta’minlashning tashkiliy xususiyatlari 
 
Hisobdorlik, axborotlarni oshkor etish va shaffoflik korporativ 
boshqaruvning eng asosiy prinsiplari hisoblanadi. Mazkur 
prinsiplarga yuqori darajada amal qilinishi, avvalo aksiyadorlar 
huquqlari va manfaatlarining ta’minlanishiga xizmat qiladi. 
Shundan kelib chiqqan holda bu prinsiplarning mohiyatiga 
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Hisobdorlik prinsipi korporativ boshqaruvning ijroiya va 
nazorat 
organlarining 
belgilangan 
tartibda 
hisobot 
berib 
borishlarini nazarda tutadi.
Amaldagi qonunchilikda aksiyadorlik jamiyati kuzatuv 
kengashining a’zolari, jamiyat direktori va boshqaruvi a’zolari, 
shuningdek ishonchli boshqaruvchi o‘z huquqlarini amalga 
oshirishda va o‘z majburiyatlarini bajarishda jamiyatning 
manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda 
javobgar bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Agarda masala bo‘yicha bir 
nechta shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi 
solidar javobgarlik asosida tashkil etilishi ham nazarda tutilgan. 
Jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan qarorga ovoz 
berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan 
jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari, boshqaruv a’zolari javobgar 
bo‘lmaydi. Shu o‘rinda affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni 
o‘rganishni amalga oshirgan shaxslar bitim bo‘yicha xulosa va 
yakunlarning ishonchliligi uchun javobgar ekanligini alohida qayd 
etib o‘tish zarur. 
Kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) 
jamiyatga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo 
bilan jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori yoki boshqaruv 
a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat 
qilishga haqli. 
Keltirilayotgan jihatlar boshqaruv organlarining javobgarligi va 
hisobdorligini 
nazarda 
tutadi. 
Ulardan 
tashqari 
nazorat 


184 
organlarining ham hisobdorligi belgilanganligini qayd etib o‘tishimiz 
zarur. 
Aktivlarining balans qiymati eng kam ish haqi miqdorining yuz 
ming barobaridan ko‘p bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil 
etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga 
hisobdordir. 
Jamiyatning ustavida jamiyat kuzatuv kengashiga hisobdor 
bo‘lgan va korporativ qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan 
nazorat 
qilish 
vazifasini 
bajaruvchi 
jamiyat 
korporativ 
maslahatchisi lavozimini joriy etish nazarda tutilishi mumkin. 
Korporativ maslahatchining faoliyati jamiyat kuzatuv kengashi 
tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
Bizga ma’lumki, axborotlarni oshkor qilish maqsadidan qat’i 
nazar manfaatdor shaxslarning korporativ tuzilma faoliyati bilan 
bog‘liq axborotlarni erkin olish imkoniyati yaratilganligi bilan 
izohlanadi. Shu boisdan moliyaviy qarorlar qabul qilish, turli xil 
diskriminatsiyalarning oldini olish va axborot olish bo‘yicha 
nomutanosiblikni bartaraf etish uchun korporativ boshqaruvda 
axborotlarni oshkor qilish talab qilinadi. Natijada investorlar, shu 
jumladan potentsial investorlar, xodimlar, davlat organlari va 
boshqa manfaatdor shaxslarning oshkor qilingan axborotlar bilan 
tanishish imkoniyatlari yuzaga keladi. Ular olingan axborotlar 
asosida emitent moliyaviy holatini tahlil qilishlari, faoliyat 
istiqbollaridan kelib chiqqan holda emitent faoliyati, jumladan 
qimmatli qog‘ozlari bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishlari mumkin 
bo‘ladi. 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ 
boshqaruv prinsiplariga ko‘ra “Korporativ boshqaruv infratuzilmasi 
korporatsiya faoliyatiga daxldor barcha muhim masalalar, 
jumladan mulkchilik va kompaniya boshqaruvi, faoliyat natijalari, 
moliyaviy holat bo‘yicha axborotlarni o‘z vaqtida va to‘liq oshkor 
qilinishini ta’minlashi shart”
47

Axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha talablar O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Qimmatli 
qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, 
47
G20/OECD Principles of Corporate Governance. OECD 2015. 
https://www.oecd.org/daf/-
ca/Corporate-Governance-Principles-ENG.pdf
 


185 
“Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar 
to‘g‘risida”gi Qonunlar, “Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ 
veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizom, “Qimmatli 
qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalari”da 
belgilab qo‘yilgan. 
Yuqorida 
keltirilgan 
qonunchilik 
hujjatlari 
asosida 
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan axborotlar bilan ishlashni 
tashkil etish, ularni oshkor qilish tartibini belgilash maqsadida 
“Axborot siyosati to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishi va ichki 
foydalanish maqsadida joriy etilishi mumkin.
Axborotlar siyosatining asosiy maqsadi – aksiyadorlar, 
investorlar, 
qimmatli 
qog‘ozlar 
bozorining 
professional 
ishtirokchilari, shuningdek boshqa manfaatdor shaxslarning 
kompaniya va uning faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarga 
bo‘lgan talabini qondirish orqali kompaniya faoliyatining ochiqligi 
va shaffofligini ta’minlashdan iboratdir.
Ushbu siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- kompaniyaning axborotlar siyosatining asosiy tamoyillarini 
belgilash;
- barcha manfaatdor shaxslarga kompaniya to‘g‘risida 
ishonchli va haqqoniy axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishini 
ta’minlash;
- barcha manfaatdor shaxslarga kompaniya to‘g‘risida axborot 
taqdim etish qoida va tartiblarini belgilash; 
- kompaniya axborotlarining xavfsizligini ta’minlash;
- kompaniya axborotlarining oshkoraligi va shaffofligini 
oshirish hisobiga kompaniyaning investitsion jalb etish qobiliyati 
o‘sishini ta’minlaydigan qo‘shimcha axborotlarning oshkoralik 
tamoyillarini belgilash.
 
Axborotlar siyosatining asosiy prinsiplari bo‘lib, doimiylik, 
tezkorlik, qulaylilik, to‘liqlilik, teng huquqlilik, tenglik, axborot 
resurslarining himoyalanganligi hisoblanadi.
- doimiylik – kompaniya faoliyatiga oid axborotlarni 
manfaatdor shaxslarga doimiy taqdim etib borish;
- tezkorlik – manfaatdor shaxslarni kompaniyaning moliyaviy 
faoliyatiga ta’sir etuvchi muhim voqealar va faktlari bilan qisqa 
muddatlarda xabardor qilish; 


186 
- qulaylik – manfaatdor shaxlarning erkin foydalanishi uchun 
kompaniya faoliyatiga oid axborotlarni oshkor etilishini turli xil 
yo‘llar orqali amalga oshirish;
- to‘liqlik – manfaatdor shaxslarning kompaniya to‘g‘risida 
to‘liq tassavurga ega bo‘lishini ta’minlash uchun kompaniyaning 
amaldagi faoliyati va u uchun salbiy bo‘lgan ma’lumotlarni ham 
inkor etmagan holda taqdim etish;
- teng huquqlilik – kompaniya faoliyatiga oid axborotlarni 
olishda barcha manfaatdor shaxslar uchun huquqlarning tengligi;
- tenglik – kompaniyaning tijorat manfaatlarini ta’minlagan 
holda kompaniya faoliyatining ochiqliligi va shafofligi o‘rtasidagi 
tengligini 
ta’minlash. 
Bunda 
maxfiy 
axborotlarning 
himoyalanganligi; insayderlarga doir axborotlarning taqdim 
etilishida amaldagi qonunchilik talablariga amal qilish ta’minlanishi 
shart; 
- axborot resurslarining himoyalanganligi –tijorat siri yoki 
boshqa maxfiy hisoblangan axborotlarni amaldagi qonunchilikka 
muvofiq axborot xavfsizligini ta’minlash. 
Kompaniya faoliyati to‘g‘risida tarqatilayotgan axborot 3 
guruhga bo‘linadi: 
- majburiy oshkor etiladigan axborotlar; 
- qo‘shimcha oshkor etiladigan axborotlar; 
- erkin oshkor etiladigan axborotlar. 
Kompaniya tomonidan axborotlarning oshkor etilishi va 
tarqatilishi quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi:
- korporativ axborotlar yagona portali (www.openinfo.uz); 
- fond birjasining rasmiy veb-sayti (www.uzse.uz);
- aksiyadorlik jamiyatining korporativ veb-sayti; 
- ommaviy axborot vositalari (OAV);
- internet portallarida joylashtirish;
- bosma nashrlarda chop etish;
- manfaatdor shaxslar bilan axborot seminarlari va boshqa 
turdagi uchrashuvlarni tashkil etish; (shu jumladan, telekon-
ferentsiyalar, veb-translyatsiyalar, veb-kastlar);
- amaldagi qonunchilik, kompaniya Ustavi va kompaniya ichki 
me’yoriy hujjatlariga muvofiq aksiyadorlarga axborotlar va ularning 
talabiga binoan hujjatlar nusxalarini taqdim etish;


187 
- amaldagi qonunchilik, kompaniya Ustavi, kompaniya ichki 
me’yoriy hujjatlari va kompaniyaning Boshqaruv organlari qaror-
lariga muvofiq kommunikatsion vositalardan foydalangan holda 
boshqa yo‘llar bilan mazkur Nizomda nazarda tutilgan axborotlarni 
oshkor etish. 
Amaldagi qonunchilik asosida majburiy oshkor qilinishi lozim 
bo‘lgan axborotlar borasida quyidagi paragraflarda to‘xtalib o‘tamiz.
O‘z navbatida alohida ta’kidlash kerakki, hisobdorlik va 
axborotlarni oshkor etib borish aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati 
shaffofligini ta’minlashga hamda faoliyatning qonuniyligi va 
samaradorligiga xizmat qiladi. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish