Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqarilgan
aksiyalar to‘g‘risida ma’lumot
74
№
Aksiyadorlik
jamiyati nomi
Joylashgan
hudud
Tarmoq
(yuqori turuvchi
tashkilot)
Muomaladagi aksiyalar
Ming so‘mda Nomi-nali Ming donada
1
G‘ozg‘on
marmar
Navoiy
"O‘zqurilish
materiallari" AJ
767 565,9
1 934,0
396,880
2
Granit
Samarqand
"O‘zbekiston temir
yo‘llari" AJ
1 322 943,2
2 179,0
607,253
3
Guliston
ekstrakt-yog‘
Sirdaryo
"O‘zpaxtasanoateksp
ort" XK
1 139 805,8
1 999,0
570,188
4
Gurlan dehkon
bozori
Xorazm
Hokimiyat
3 533 555,0
1 000,0
3 533,555
5
Davr-bank
Toshkent sh
Moliyaviy tashkilotlar 40 000 000,0
5 000,0
8 000,0
6
Daromad
plyus IF
Toshkent sh
Moliyaviy tashkilotlar
631 904,0
500,0
1 263,808
7
GM
Uzbekistan
Andijon
"O‘zavtosanoat" AK
344000017,2
1,0
344000017,2
8
Doyche Kabel
AG Tashkent
Toshkent sh
"O‘zeltexsanoat" AK
744 440,9
1 330,0
559,73
9
Don xalq rizqi
Qashqadaryo "O‘zdonmahsulot" AK
2 005 992,0
2 160,0
928,7
10
Dori-darmon
Toshkent sh
"Dori-darmon" AK
86 309 600,0
4 300,0
20 072,0
11
Dunyo-M
Qashqadaryo "O‘zdonmahsulot" AK 11 266 272,0
2 000,0
5 633,136
12
Jizzax
akkumulyator
zavodi
Jizzax
"O‘zavtosanoat" AK
75 494 442,2
1 013,0
74 549,895
Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, aksiyadorlik
jamiyatlari aksiyalari nominal qiymati har xil. Hattoki bir so‘mlik
aksiyalar ham muomalaga chiqarilgan. Respublikamizdagi barcha
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan aksiyalar haqida
ma’lumotlar bilan Korporativ axborotlar yagona portali –
www.openinfo.uz orqali batafsil tanishish mumkin.
Aksiyadorlik
jamiyati
ustavida
aksiyadorlar
olgan
aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilab qo‘yiladi. Bunga
74
Korporativ axborotlar yagona portalidan olindi.
278
misol sifatida “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatining 2015-yil 17-iyulida
ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustavi 4.2-bandini keltiramiz: “Jamiyatning
ustav kapitali 23 963 940 000 (yigirma uch million to‘qqiz yuz
oltmish uch ming to‘qqiz yuz qirq ming) so‘m bo‘lib, 23 963 940
(yigirma uch million to‘qqiz yuz oltmish uch ming to‘qqiz yuz qirq) ta
oddiy aksiyaga bo‘lingan. Aksiyaning nominal qiymati 1000 (bir
ming) so‘mdan iborat.
Jamiyat ustav kapitalida aksiyadorlar ulushi va ularning
nisbati foizlarda:
- davlat ulushi – 23 942 490 000 (yigirma uch milliard to‘qqiz
yuz qirq ikki million to‘rt yuz to‘qson ming) so‘m, ya’ni ustav
kapitalining 99,91 foizini tashkil etadi;
- jismoniy shaxslar o‘rtasida joylashtirilgan ulush –
21 450 000 (yigirma bir million to‘rt yuz ellik ming) so‘m, ya’ni
ustav kapitalining 0,09 foizini tashkil etadi”
75
.
Aksiyadorlik
jamiyati
ustavida
jamiyat
joylashtirilgan
aksiyalarga qo‘shimcha ravishda joylashtirishga haqli bo‘lgan e’lon
qilingan aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi
mumkin. Bunga ham misol sifatida “Kvarts” aksiyadorlik jamiyati
ustavidan 4.4-bandni keltiramiz. “Jamiyat umumiy qiymati
10 000 000 000 (o‘n milliard) so‘m bo‘lgan qo‘shimcha e’lon qilingan
10 000 000 (o‘n million) ta oddiy aksiyani chiqarish huquqiga ega.
Har bir aksiya nominal qiymati 1000 (ming) so‘mni tashkil etadi”.
Jamiyat ustaviga jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari haqida
nazarda tutilgan qoidalar bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risidagi qaror, odatda aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar asosida belgilanadi.
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha esa dividendlari miqdori ustavda qat’i
belgilab qo‘yiladi.
Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar jamiyat
tomonidan joylashtirilgan taqdirda e’lon qilingan aksiyalarning soni
ushbu qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi muddati
mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam bo‘lmasligi
lozim. Jamiyat o‘zi joylashtirgan qimmatli qog‘ozlar ayirboshlanishi
mumkin bo‘lgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida
ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga
haqli emas.
Aksiyalarga bo‘lgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo
hisobvarag‘iga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan e’tiboran
75
www.kvarts.uz
– Kvarts aksiyadorlik jamiyati rasmiy veb-saytidan olindi.
279
o‘tadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan depo
hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi.
Aksiyadorlik jamiyat qonun hujjatlariga va o‘z ustaviga
muvofiq korporativ obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni
chiqarishga hamda joylashtirishga haqli. Jamiyatning korporativ
obligatsiyalari jamiyat aksiyalariga ayirboshlanadigan qimmatli
qog‘ozlar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat
mol-mulk
bilan
ta’minlangan
korporativ
obligatsiyalarni ularni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish
sanasidagi o‘z kapitali miqdori doirasida chiqarishga haqli.
Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish, shu
jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalarni
chiqarish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra yoki,
agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining
qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashiga bunday qaror qabul
qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga
ko‘ra amalga oshiriladi. Jamiyat tomonidan jamiyat kuzatuv
kengashining qaroriga ko‘ra aksiyalarga ayirboshlanadigan
korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda, mazkur qaror jamiyat
kuzatuv kengashining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul
qilinishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini va boshqa qimmatli
qog‘ozlarini joylashtirish chog‘ida ularga haq to‘lash pul va boshqa
to‘lov vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda ifodalanadigan
bahoga ega bo‘lgan huquqlar (shu jumladan mulkiy huquqlar)
orqali amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish chog‘ida
uning aksiyalariga haq to‘lash tartibi jamiyatni tashkil etish
to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasida (o‘zgartish to‘g‘risidagi qarorda)
yoki jamiyat ustavida, qo‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli
qog‘ozlarga haq to‘lash esa, ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda
belgilab qo‘yiladi.
Jamiyatning qo‘shimcha aksiyalariga ushbu aksiyalarni
chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan joylashtirish muddati
ichida haq to‘lanishi lozim.
Jamiyat ustavida aksiyalar haqini to‘lash majburiyatini
bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda
tutilishi mumkin.
Jamiyatni ta’sis etishda aksiyalarga to‘lanadigan haq sifatida
kiritilayotgan
mol-mulkning
pulda
ifodalanadigan
bahosi
muassislar o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq chiqariladi.
Agar jamiyatning puldan o‘zga vositalar bilan haqi
to‘lanayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal
qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki
280
yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va
boshqa qimmatli qog‘ozlarining haqi sifatida kiritilayotgan mol-
mulkning pulda ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan
chiqarilishi zarur.
Qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida jamiyat aksiyalari
hamda boshqa qimmatli qog‘ozlari haqi sifatida to‘lanishi mumkin
bo‘lgan mol-mulk turlariga cheklovlar belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |