O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226
KORPORATSIYALAR 
BOSHQARUVI 
 
Boshqaruvda ta’sirga ega 
aksiyadorlar 
Boshqarish funksiyalari
yollanma ijrochilarga 
o’tkazildi 
Kapitalni boshqarish 
imkoniyati yuzaga keldi 
Boshqaruvda ta’sirga 
ega bo’lmagan 
aksiyadorlar 
Oddiy omonatchilarga 
aylanib qolishdi


14 
Bevosita manfaatdor tomonlarga qo‘shimcha ravishda bilvosita 
manfaatdor tomonlar ham yuzaga keldi. Bunda faoliyat 
yuritayotgan hudud aholisi, ilmiy tadqiqot muassasalari, jamoat 
tashkilotlari va boshqalar, ya’ni butun jamiyat korporativ 
tuzilmadan manfaatdor tomonga aylandi. Keltirilayotgan jihatlar 
asosida korporativ ijtimoiy mas’uliyat konsepsiyasi (nazariyasi) 
yuzaga keldi (1.3-rasm). 
1.3-rasm. 
Korporativ ijtimoiy mas’uliyat kontsepsiyasi 
Yuqoridagi rasm ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, 
korporativ tuzilmalarning jamiyat oldidagi mas’uliyati ortib boradi. 
Boshqa tomondan korporativ tuzilmalarning turli ijtimoiy 
loyihalardagi ishtiroki ma’lum darajada korporativ madaniyat bilan 
bog‘liq. Shuningdek korporativ ijtimoiy mas’uliyat doirasida 
korporativ tuzilmalarning ijtimoiy loyihalardagi ishtiroki brendni 
reklama qilish vazifasini o‘tab beradi. Shu o‘rinda ijtimoiy 
reklamaning ta’sir darajasi iqtisodiy reklamaga nisbatan bir necha 
barobar yuqori ekanligini ham qayd etib o‘tish zarur.
 
DAVLAT VA 
JAMIYAT 
Ishchilar, kreditorlar, 
iste'molchilar, mol 
yetkazib beruvchilar va 
hokazolar
Aksiyadorlar 
KORPORATSIYA 


15 
1.2. Korporativ boshqaruv ishtirokchilari.
Korporativ boshqaruv va korporativ menejment 
 
Bizga ma’lumki, korporativ tuzilma va uning ishtirokchilari 
o‘rtasida korporativ munosabatlar o‘rnatiladi. Bunday muno-
sabatlar korporativ tuzilmani boshqarishda yaqqol ko‘zga 
tashlanadi hamda majburiylik va boshqaruv xususiyatlariga ega 
hisoblanadi. 
Korporativ boshqaruv obyekti sifatida esa korporativ 
munosabatlar va korporativ mulk qaraladi. Korporativ tuzilmalar o‘z 
faoliyati davomida turli subyektlar munosabatlarga kirishadi. 
Bunda munosabatlarga kirishuvchi subyektlar o‘z manfaatlari, 
faoliyat xususiyatlari va boshqa jihatlarga ko‘ra tasniflanishi 
mumkin. Umuman korporativ boshqaruv subyektlari quyidagilar: 
-
emitent sifatida aksiyadorlik jamiyatlari; 
-
aksiyadorlar, ya’ni investorlar; 
-
korporativ tuzilma menejerlari; 
-
davlat; 
-
kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar. 
Umumiy holda munosabatga kirishuvchi birinchi navbatdagi 
subyekt bu aksiyadorlar (ulushga ega shaxslar) hisoblanadi. Hozirgi 
kunda davlat, jismoniy va yuridik shaxslar aksiyador bo‘lishlari 
mumkin. Ular mulkdor sifatida o‘z kapitallarini aksiyadorlik 
jamiyatlariga kiritadilar va albatta bundan manfaat (foyda, samara) 
kutadilar. Bundan tashqari eng asosiy jihat bu aksiyadorlarning 
aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqarish huquqini o‘z 
zimmalarida qoldirishidir.
Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqargan 
holda maxsus boshqaruvni, joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini 
boshqarishni menejerlarga shartnoma asosida yuklaydi. Natijada 
menejerlar ham korporativ munosabatlarga kirishadi hamda 
faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida xodimlar faoliyatini 
o‘zaro muvofiqlashtirib boradi. 
Xodimlar 
korporativ 
tuzilma 
bilan 
tuzilgan 
mehnat 
shartnomasi asosida ma’lum bir funksional vazifalarni bajaradilar 
va tegishli ravishda ish haqlari hisoblanishi va to‘lanishi natijasida 
moliyaviy munosabatlarga kirishadilar. Agarda xodim aksiyadorga 


16 
aylanadigan bo‘lsa, munosabatlar doirasi yanada kengaygan holda 
boshqaruv munosabatlaridagi ishtiroki ham yuzaga keladi. 
Korporativ tuzilmalar, jumladan aksiyadorlik jamiyatlari 
faoliyatni tashkil qilish yoki kengaytirib borish nuqtayi nazaridan 
turli moliyaviy tuzilmalar, xususan fond birjalari, banklar, sug‘urta 
kompaniyalari bilan ham munosabatlarga kirishadilar. Moliya 
institutlari bir tomondan o‘zlarining asosiy faoliyatlaridan kelib 
chiqqan holda korporativ tuzilmalar bilan munosabatlarga kirishsa, 
boshqa tomondan qo‘shimcha faoliyat sifatida aksiyadorlik 
jamiyatlari aksiyalarini xarid qilish orqali aksiyadorga aylanishi 
natijasida korporativ boshqaruvda ham ishtirok etishlari mumkin 
bo‘ladi. Bunda moliya institutlari asosiy faoliyati orqali korporativ 
tuzilmalar bilan munosabatlar deyilganda aksiyalarni joylashtirish 
nuqtayi nazaridan fond birjalari bilan, qo‘shimcha mablag‘lar jalb 
qilish nuqtayi nazaridan banklar bilan, risk darajasini kamaytirish 
maqsadida sug‘urta kompaniyalari bilan nazarda tutilmoqda. 
Yana bir eng asosiy jihat bu korporativ tuzilmaning o‘z asosiy 
faoliyatini oshirishi uchun hamkor tadbirkorlik tuzilmalari bilan 
yuzaga keladigan munosabatlaridir. Ular ham korporativ tuzilma 
faoliyatidagi ishtirokidan kelib chiqqan holda manfaatdor tomonga 
aylanadi va bilvosita bo‘lsada korporativ boshqaruv jarayonida 
ma’lum holatlarda ishtirok etadi. 
Korporativ boshqaruvda davlat bilan munosabatlar ham jiddiy 
e’tibor talab qiladigan masalalardan biri hisoblanadi. Bunda davlat 
tomonidan qo‘yilayotgan atrof-muhit muhofazasi, bandlikni qo‘llab-
quvvatlash, ijtimoiy muammolarni hal qilish kabi masalalar 
korporativ tuzilma mulkdorlari tomonidan strategik qarorlar qabul 
qilishda hisobga olinishi talab etiladi. Davlat bilan munosabatlarda 
soliq munosabatlari qamrovi kengligi va majburiy va davomli 
ekanligi bilan ham xarakterli hisoblanadi. Yuqoridagilardan 
tashqari davlatning aksiyador sifatidagi faoliyati korporativ 
boshqaruvda davlatning ishtirokini kafolatlaydi va bu amaliyot 
dunyo miqyosida keng qo‘llanilishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. 
Korporativ tuzilma faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan 
yuridik va jismoniy shaxslar hamda korporativ munosabat-lar 


17 
ishtirokchilari affillangan shaxslar deb ataladi. Bunda ma’lum bir 
qarorlar affillangan shaxslar roziligi asosida qabul qilinadi.
Korporativ munosabatlarda subyektlar manfaatlaridan kelib 
chiqqan holda quyidagilar bo‘yicha muammoli holatlar uchraydi: 
- pul oqimlarini boshqarish; 
- foydani taqsimlash; 
- faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish va hokazolar. 
Korporativ boshqaruvda eng asosiy subyektlar shubhasiz 
mulkdorlar (aksiyadorlar) va menejerlardir. Shu nuqtayi nazardan 
korporativ munosabatlarda korporativ boshqaruv va korporativ 
menejment umumiy va xususiy tarzda ko‘rib chiqiladi. 
Korporativ boshqaruv umumiy tarzda korporativ menejmentni 
ham o‘z ichiga oladi va yaxlit boshqaruv tizimini o‘zida aks ettiradi. 
Korporativ menejment esa maxsus shartnoma asosidagi boshqaruv 
sifatida korporativ tuzilma joriy faoliyatini boshqarib boradi. 
Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan eng muammoli 
munosabatlar aynan aksiyadorlar va menejerlar o‘rtasida yuzaga 
keladi. Menejerlar aksiyadorlarning agentlari sifatida foliyat 
yuritishi 
tufayli 
fanda 
agentlik 
nazariyasi 
shakllangan. 
“Tadbirkorlikda professional menejmentga XX asrdan boshlab 
alohida e’tibor qaratilgan. Bosh ijrochi direktor yoki bosh menejer 
jami menejerlar ustidan nazorat qiladi va javobgarlikni o‘z bo‘yniga 
oladi. Rahbarlik va javobgarlik yuqoridan pastga, hisobdorlik esa 
pastdan yuqoriga tartibda amal qiladi”
8
.

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish