O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish tartibi



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   226
18.3. Aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish tartibi 
 
Aksiyadorlik jamiyatining tugatilishi huquq va majburiyatlarni 
huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tkazmagan holda 
jamiyat faoliyatini tugatishga sabab bo‘ladi. 
Aksiyadorlik jamiyati ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, 
tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni tugatish va 
tugatuvchini yoki tugatish komissiyasini (bundan buyon matnda 
tugatuvchi deb yuritiladi) tayinlash to‘g‘risidagi masalani 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining 
umumiy yig‘ilishi jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash 
haqida qaror qabul qiladi.
Jamiyat sudning qaroriga ko‘ra tugatilayotganda tugatuvchini 
tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini 
boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi. Tugatuvchi 
tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo‘lgan taqdirda, 
tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini 
tasarruf etishga vakolatli organning vakili kiritiladi. 
Tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida, shuningdek uning 
kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari 
to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot 
vositalarida e’lon beradi. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim 
etish uchun muddat jamiyatning tugatilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon 
qilingan sanadan e’tiboran ikki oydan kam bo‘lmasligi lozim. 
Agar tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytga kelib 
jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega bo‘lmasa, uning mol-
mulki ushbu “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning 
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 100-moddasiga 
muvofiq aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi. 
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish 
chora-tadbirlarini ko‘radi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning 
tugatilishi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi. 
Kreditorlarning talablar qo‘yishi uchun belgilangan muddat 
tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, 
mazkur balansda tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, 
kreditorlar tomonidan taqdim etilgan talablar, shuningdek ularni 
ko‘rib chiqish natijalari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Oraliq 
tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy 
yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi. 


380 
Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablag‘lari 
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun etarli bo‘lmasa, 
tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish 
uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga 
oshiradi. 
Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini to‘lash 
tugatuvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan navbat 
tartibida oraliq tugatish balansiga muvofiq, ushbu balans 
tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi. 
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugaganidan keyin tugatuvchi 
tugatish balansini tuzadi, tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat 
aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Tugatuvchi 
nazarda 
tutilgan 
tegishli 
tartib-taomillar 
tugallanganidan 
keyin 
jamiyat 
qimmatli 
qog‘ozlari 
chiqarilishlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini bekor qilish 
yuzasidan zarur tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
va muddatlarda amalga oshiradi. 
Tugatilayotgan jamiyatning kreditorlar bilan hisob-kitoblardan 
keyin qolgan mol-mulki tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar 
o‘rtasida quyidagi navbat bo‘yicha taqsimlanadi:
birinchi navbatda qaytarib sotib olinishi lozim bo‘lgan 
aksiyalar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi; 
ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha hisoblangan, 
biroq to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida imtiyozli 
aksiyalar bo‘yicha belgilangan tugatish qiymatini to‘lash amalga 
oshiriladi; 
uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini 
oddiy aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash 
amalga oshiriladi. 
Mol-mulkni har bir navbat bo‘yicha taqsimlash avvalgi navbat 
bo‘yicha mol-mulk to‘liq taqsimlab bo‘linganidan keyin amalga 
oshiriladi. 
Agar jamiyatdagi mavjud mol-mulk hisoblangan, biroq 
to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida belgilangan tugatish 
qiymatini 
imtiyozli 
aksiyalarning 
egalari 
bo‘lgan 
barcha 
aksiyadorlarga to‘lash uchun etarli bo‘lmasa, mol-mulk imtiyozli 
aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli 
aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Mol-mulkni tugatish qiymatining chet ellik investor bo‘lgan 
aksiyadorga o‘tkaziladigan qismini jamiyat xorijiy valyutaga 
ayirboshlab berishi shart. 
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona 
davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritgan paytdan e’tiboran 


381 
jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan 
deb hisoblanadi. 
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi 
tegishli yozuvni faqat jamiyatning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlari 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bekor qilinganidan keyingina 
kiritadi. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish