O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   226
Risk va daromadlilik konsepsiyasi
bozor iqtisodiyoti sharoitida 
tadbirkorlik faoliyati risk bilan bevosita bog‘liq holda amalga 
oshirilishidan 
kelib 
chiqqan 
holda 
korporativ 
moliyani 
boshqarishda moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalaridan olinishi mumkin 
bo‘lgan natijalarni baholash bilan bir vaqtda natijaga erishishga 
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan risklarga ham e’tibor 
qaratish lozimligini nazarda tutadi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq 
agar riskning yuzaga kelishi natijasida kutilgan daromadning 
pasayishi biznes uchun salbay oqibatlarga olib kelmasa risklarni 
qabul qilish mumkin. Ma’lum bir natijaga erishish, biznesning 
kelgusi taraqqiyotini ta’minlash uchun risklarni to‘g‘ri baholash, 
ularni kamaytirish bo‘yicha o‘z vaqtida va mos chora-tadbirlarni 
qo‘llash talab etiladi. Bunda soliq riski va uning oldini olish e’tibor 
talab qiladi. 
Bozor samaradorligi haqida gipoteza 
bozordagi holat haqida 
muntazam ravishda axborotga ega bo‘lish va ularni tahlil qilishga 
doimiy ravishda e’tibor qaratgan holda samarali moliviy qarorlar 
qabul qilish zaruriyatini o‘zida ifodalaydi. Chunki bozordagi holat 
har qanday aktivning haqiqiy bahosini belgilab beradi va shundan 
kelib chiqqan holda qabul qilingan moliyaviy qaror korporativ 
tuzilma moliyaviy barqarorligi o‘sishiga xizmat qiladi.
 
Portfel nazariyasi
ning mohiyati biznesda mablag‘larni turli xil 
aktivlar, korxonalar va faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash lozimligi 
bilan ifodalanadi. Investitsion portfelning bunday tartibda 
shakllanishi barcha risklar yig‘indisi bitta yo‘nalishdagi risklar 
bilan taqqoslanganda ancha past bo‘lishiga xizmat qiladi. Masalan, 
pul mablag‘larini bir vaqtning o‘zida bir nechta sohaga joylashtirish 
natijasidagi risklar pul mablag‘larini faqat bitta sohaga 
joylashtirishdagi risklarga qaraganda kamroq. “
Moliyaviy aktivlarni 
baholash modeli 
esa alohida moliyaviy aktiv va butun bozor riski va 
daromadliligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘zida aks 
ettiradi”
72

 
Moliyaviy resurs jalb qilish va undan maqsadli foydalanish 
(maqsadli taqsimlash) masalasi korporativ moliyani boshqarishdagi 
eng asosiy va kun tartibidagi doimiy masalalardan hisoblanadi. 
72
В.В.Ковалёв, Вит.В.Ковалёв. Корпоративные финансы и учёт: понятия, алгоритмы, показатели. 
Учебное пособие. – М.: Проспект, 2015. – Ст. 444 (1000) 


264 
Korporativ tuzilmada faoliyatni tashkil etish yoki davom ettirish 
uchun zarur kapitalni shakllantirishda qarz mablag‘lari jalb qilish 
yoki o‘z moliyaviy resurslari bilan cheklanish lozimligiga aniqlik 
kiritiladi. Mazkur masalaga har tomonlama asoslangan javob topish 
kapital tarkibi nazariyasi
ning tadqiqot predmetini tashkil etadi. 
Korporativ moliyani boshqarishda kapital tarkibi nazariyasi asosida 
faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida 
hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillarni to‘g‘ri anglash faoliyat 
samaradorligiga xizmat qiladi.
Dividend siyosati nazariyasi
doirasida ko‘rib chiqiladigan, 
olingan foydani taqsimlash masalasi ham yuqoridagi muammo 
bilan bevosita bog‘liq va muhimligi bo‘yicha kam bo‘lmagan 
muammo hisoblanadi. Dividend siyosatidagi asosiy muammo 
olingan 
foydaning 
ta’sischilarga 
dividendlar 
ko‘rinishida 
to‘lanadigan qismi va foydaning biznesni yanada rivojlantirish 
uchun yo‘naltiriladigan qismi o‘rtasidagi optimal nisbatni 
belgilashni nazarda tutadi. 
Agentlik munosabatlari nazariyasi 
ikki ishtirokchi o‘rtasidagi 
munosabatda ulardan birining o‘z funksiyalarini boshqa shaxsga, 
ya’ni agentga o‘tkazishini ifodalaydi. Korporativ moliyani boshqarish 
nuqtayi nazaridan eng muhim agentlik munosabatlari sifatida 
mulkdorlar va menejerlar o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek 
kreditorlar va aksiyadorlar o‘rtasidagi munosabatlarni keltirish 
mumkin. Masalan, biznesda kapital egalari moliyaviy boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun yollanma menejerlar (agentlar)ni jalb 
qilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Lekin menejerlar o‘z ish joyini 
saqlash, karyerasini rivojlantirish, ish haqini oshirish va boshqa 
maqsadlarda shaxsan o‘zi uchun foydali, biznes egasi uchun esa 
zararli qarorlar qabul qilishi mumkin. “Prinsipial – agent” 
munosabatlarida yuzaga keladigan nizolarni iqtisodchilar agentlik 
muammolari, agentlik nizolari yoki manfaatlar to‘qnashuvi 
natijasidagi muammolar, deya ataydilar. Agentlik munosabatlari 
nazariyasi 
agentlik 
munosabatlarida 
yuzaga 
keladigan 
muammolarning mohiyati va yuzaga kelish sabablarini o‘rganadi, 
shuningdek ularning oldini olish yoki salbiy oqibatlarini 
kamaytirish imkonini beruvchi metodlar va instrumentlarni ishlab 
chiqadi. 


265 
Umumiy holda har bir korporativ moliyani boshqarishning har 
konsepsiyasi ma’lum bir jihatlari bilan soliq amaliyotiga bog‘liq 
ekanligini alohida ta’kidlashimiz lozim.

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish