O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/78
Sana19.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#562466
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78
Bog'liq
Beton va temir beton

 
 
2.2. Qurilish qorishmalarni tayyorlash uchun materiallar. Qurilish 
qorishmalari va qurilish qorishmalari uchun qo‘shimchalar 
Insonlar qadimda dastlab gildan foydalanishgan, biroq gil qurigan vaqtda 
kichrayadi, bu esa ravshanki, yoriqlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bundan qutilish 
maqsadida qumtuproqdan foydalana boshladilar, mustahkamligini oshirish uchun 
esa turli hil tolasimon moddalar qo‘shdilar, eramizdan taxminan 3-4 ming yil 
avval kuydirish yo‘li bilan olinadigan bog‘lovchi moddalar paydo bo‘ldi. Ulardan 
eng birinchisi gips edi. Gips uncha yuqori bo‘lmagan haroratda, ya'ni 140-190 
0

da gips tarkibli jinsni kuydirib olinadi, so‘ngra ohakdan ham foydalanila 
boshlandi. Gips va ohakning bunchalik erta ishlatilishiga tabiatda gipstosh va 
ohaktoshning ko‘p tarqalganligi va ularni qayta ishlash osonligi sabab bo‘ldi.
Gips va ohak toshlari kuydirilganda o‘zgarish hosil bo‘lishi ulardan 
bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin, degan fikrni yuzaga 
keltirdi. Rivojlanayotgan shahar xo‘jaligiga va yo‘l qurilishiga suvga chidamli, 
mustahkamligi yuqori bo‘lgan bog‘lovchi moddalar kerak edi. Shuning uchun 
barcha mamlakatlarda ohakdan keng foydalanildi, ilmiy ishlar esa tarkibi ohakli 
xomashyoning sifatini yaxshilash va bu xomashyo asosida kurilish moddalari 
olish texnologiyasini taqomillashtirishga qaratilgan. 
Rossiyada, qadimgi rus shaharlari Kiev, Novgorod, Pskov, Rostov va 
Moskva shahar devorlarini, ibodatxona va minoralarini qurishda ohakli 
xomashyodan foydalanilgan. Angliyada Disan Smiton tarkibida gil 
qo‘shimchalari bor kuydirilgan ohak mahsulotini tadbiq etdi. 1824-1825 yillarda 
rus olimi E.Cheliyev va ingliz olimi Djozef Aspidin bir-biridan bexabar gil va 


76 
ohaktoshni kuydirib gidravlik bog‘lovchi modda ishlab chiqarishgan, lekin 
shisha, farfor, alebaster, sement ishlab chiqarishni rivojlantirish haqidagi 
ma'lumotlarni ko‘rib chiqib, sement ishlab chiqarishni ko‘paytirishga alohida 
ahamiyat berishgan. 
Bir qator olimlar birinchi bo‘lib portlandsement ishlab chiqarishni ruscha 
usulini taklif etdilar. 1885 yil Rossiyada sement ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi 
yig‘ilish taklif etildi. 1903 yilda birinchi mustaqil jurnal «Sement» ning dastlabki 
soni nashr etildi. Keyingi yillar davomida rus olimlari N.M.Belyyaev, 
I.P.Aleksandrin va B.G.Skramtayev beton tayyorlashning ham nazariy, ham 
amaliy qismiga juda ko‘p yangiliklar kiritdilar. Texnologik jarayonlarni 
boshqarishni avtomatlashtirish sohasida muhim ishlar boshlanib ketdi. 
Sementning turli hil yangi turlari paydo bo‘ldi. Mineral bog‘lovchi moddalar 
xaqidagi fanni rivojlantirishni tashkil va tadbiq etishda atoqli olimlardan 
Voljenskiy, Yu.M. Bunin, V.V.Timashev, M.M.Sichev,
 
V.D. Gluxovskiy hamda 
boshqalar faol ishtirok etdilar. Bog‘lovchi moddalar o‘zining tarkibiga ko‘ra 
ikkita katta guruhga bo‘linadi: anorganik (ohak, sement, gips, suyuq shisha va 
boshqalar); organik (bitum, yelim, polimer). Ularni qizdirib, suyuqlantirib yoki 
organik suyuqliklarda eritib ishchi holatga keltiriladi. 
Mineral yoki anorganik bog‘lovchi moddalar tabiiy moddani kuydirish 
yo‘li bilan olinadi. Kuydirish yo‘li bilan olinadigan bog‘lovchi moddalar toshlarni 
yoki binoning tarkibiy qismlarini bir-biriga yopishtirish qobiliyatiga ega. 
Bog‘lovchi moddalardan, qurilish konstruksiya va buyumlar tannarxini 
pasaytiradigan bino va qurilishning og‘irligini kamaytiradigan va ularni 
issiqbardoshligini oshiradigan mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi. 
Shuning uchun hozirgi vaqtda tog‘-kon sanoatining ikkilamchi resurslaridan 
foydalangan holda bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab 
chiqilmoqda. Sement, ohak, va boshqa bog‘lovchi moddalarni ishlab chiqaruvchi 
korxonalar yonilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish uchun elektrni 
tejaydigan texnologiyaga o‘tmoqdalar. Bunga quruq usulda portlandsement ishlab 
chiqarishni misol qilib keltirish mumkin.


77 
Bu usulda boshqa usulga nisbatan energiya sarfi 1,5-2 marta iqtisod 
qilinadi. Sement, va boshqa bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish usulidan 
ko‘pgina davlatlar ham foydalanadi. Olimlar sement kimyosi va texnologiyasi 
sohasida bir qancha muhim kashfiyotlar yaratdilar. Xomashyoni quyi haroratda 
kuydirish va bu jarayonda kam energiya sarflash, ana shular jumlasidandir. 
Respublikamizda 2020 yilga kelib 9 ta yirik sement zavodlari o‘z 
faoliyatini olib bormoqda va yiligi 11 million tonnadan ziyod sement ishlab 
chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilgan sement davlatimiz va halqimiz ehtiyoji uchun 
ishlatilmoqda hamda qo‘shni respublikalarga eksport qilinmoqda. Shunga 
qaramasdan ushbu sohada hali yechimini topishi kerak bo‘lgan muammo va 
masalalar mavjud. Respublikamiz olimlari tomonidan bog‘lovchi moddalarning 
istiqbolli turlari va ularni xossalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari 
olib borilmoqda.
Qurilish qorishmalari va qurilish qorishmalari uchun qo‘shimchalar 
Qorishmalar va quruq qurilish qorishmalar ishlab chiqarishda bog‘lovchi 
moddalar, to‘ldiruvchilardan tashqari qo‘shimcha moddalar ham keng 
qo‘llaniladi, ular qo‘shimchalar deyiladi. Ishlab – chiqarish bosqichlarida 
qo‘shimchalar sarflanuvchi energiya miqdorini kamaytiradi, qimmatbaho 
komponentlar sarfini, material xajmini kamaytiradi, material xususiyatini 
yaxshilaydi, struktura hosil bo‘lishi va qotish jarayonlarini tezlatadi yoki 
sekinlashtiradi. Materiallar ekspluatatsiyasi davrida avvalo qo‘shilgan 
qo‘shimchalar material struktrasini mustahkamlaydi, uning hayt davrini oshiradi. 
Superplastifikator “Poliplast R” 
Mahsulot tasnifi. 
Superplastifikator “Poliplast R” ni tarkibi metalril kislotasini hosilalari va 
naftalin kislotasini asosidagi aralashmadan iborat. 
 
Qo‘llanish sohasi.
- toshli maydasonli buyumlardan binolarni konstruksiyalarini ko‘tarishda 
yirik blokli va yirik panelli binolar va inshootlarni qurishda qo‘llaniladigan
qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda; 


78 
- suvoq qorishmalarini ishlab chiqarishda; 
- pardozlash plitkalarini mahkamlash uchun truba o‘tkazuvchilar bo‘yicha
o‘tadigan maxsus qorishmalar uchun.
 
Qo‘llanish samaradorligi: 
- qorishmani harakatchanligini P1 dan P4 gachan ko‘paytiradi 
(mustahkamligining qotishini pasaytirmasdan);
- suv bilan biriktirilganda suv talabchanligini 20-25% pasaytiradi (teng 
harakatchan qorishmalarda); 
- qurilish qorishmasini suv ajralishini va qatlamsizlanishini pasaytiradi
shu bilan birgalikda vaqt davomida harakatchanligini saqlanishini ta'minlaydi.
Qurilish qorishmalarni yakuniy mustahkamlik xarakteristikalarni 15- 20% 
ga oshiradi (teng harakatchan qorishmalar). Surtish yuzasiga qurilish 
qorishmasini yopishqoqlik qobilyatini oshiradi. Qorishmada havoni miqdorini 
oshiradi. Qotgan qorishmani yuzasida tuzlarni hosil bo‘lishiga yordam bermaydi.
Qo‘shimchani tavsiya etiladigan miqdori quruq mahsulotga hisoblanganda 
bog‘lovchi massasidan 0,3-0,6 ni tashkil qiladi (2.4-jadval). 

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish