O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. X. Abdurahmonov, sh. R. Xolmo‘minov


Personalga yo‘naltirilgan sarf-xarajatlarni rejalashtirishning



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/314
Sana18.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#559635
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   314
Bog'liq
4296-Текст статьи-10702-1-10-20220205

Personalga yo‘naltirilgan sarf-xarajatlarni rejalashtirishning
ahamiyati to‘g‘risida ortiqcha gapirmasa ham bo‘ladi. Korxona 
rahbariyati tomonidan qaror qabul qilishda markaziy o‘rinni xarajatlar 
egallaydi. Yuqori samara bilan faoliyat ko‘rsatayotgan barcha 
kompaniya va firmalarning tajribasi inson resurslari, personal uchun 
sarf-xarajatlar (o‘qitish, malaka oshirish, mehnat sharoitlarini 
yaxshilash va boshqalar) juda muhimligidan yaqqol dalolat beradi. 
Mehnat unumdorligini rejalashtirish 
quyidagilarni ko‘zlaydi: 
1.
Mehnat unumdorligini oshirish yoki personal xarajatlarini 
kamaytirishga: 

tarkibiy omillar; 

boshqaruvni va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish; 

ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish: mexanizatsi-
yalash yoki avtomatlash, o‘qitish; 

moddiy rag‘batlantirish (ish yakuni bo‘yicha to‘lovlar, muko-
fotlar, foyda taqsimotida ishtirok etish) omillaridan foydalanish; 
– mehnatga qiziqtirishni kuchaytirish orqali erishish. 
2.
Mehnat unumdorligi yoki samaradorligi maqsadlariga: 

ish haqi yoki personalga barcha xarajatlarning mahsulot sotishdan 


94 
tushadigan daromadga nisbatini kamaytirish; 

har bir xodim hisobiga sotuv hajmini ko‘paytirish; 

sof foydaning ish haqi xarajatlariga nisbatini yaxshilash; 

ish haqi xarajatlarini mahsulot birligiga nisbatini kamaytirish; 

me’yorlangan ish vaqtining amaldagi ish vaqtiga nisbatini 
yaxshilash orqali erishish ko‘zda tutiladi. 
Personalni rejalashtirish bosqichlari: 
1. Xo‘jalik faoliyati strategiyasi va tashkiliy ehtiyojlarni aniqlash. 
2. Ishni sifatli bajarish standartlarini aniqlash. 
3. Tashqi muhitni aniqlash. 
4. Ichki muhitni aniqlash. 
5. Muammolarni aniqlash. 
6. Personal strategiyasini ishlab chiqish. 
7. Ta’sirlarni baholash va ularga aniqlik kiritish. 
8. Strategiyani muntazam ravishda qayta baholash. Personalni 
rejalashtirish bosqichlarini amalga oshirishdagi o‘zaro bog‘liqlikni 
4.7- rasmdan ko‘rish mumkin. 
Bugungi kunda respublikamizda ham jahon tajribasidan ijobiy 
foydalangan holda personalni rejalashtirishni yanada takomillashtirish 
talab etilmoqda. Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra personalni 
rejalashtirishda hamisha ham ishlab chiqarish ehtiyojlari hisobga 
olinmaydi. Yangi iqtisodiy sharoitlarda faoliyat yuritayotgan 
korxonalarning anchagina qismi o‘z xo‘jalik strategiyasini ishlab 
chiqmagan. Ayniqsa, bozordagi tendensiyalar chuqur o‘rganilmaydi. 
Bu masalada ularning marketing xizmatlari hozirgi davr talablari 
darajasiga javob bermaydi. Bunga ichki bozorda raqobat muhitining 
to‘la shakllanmaganligi ham sabab bo‘lyapti. 
Ko‘pgina kompaniya, firma, aksiyadorlik jamiyatlari yangi 
texnika, texnologiyani joriy etish, korxonani qayta jihozlantirish 
loyihalariga ega emas. Biroq ushbu loyihalarni ishlab chiqish vaqtida 
butun diqqat e’tibor korxonani tashkiliy-texnikaviy qayta jihozlan-
tirishga qaratilish kerak. Ana shu rejalashtirilgan mukammal texnika 
vositalarini ishlatadigan, yangi texnologiyalarni joriy etadigan 
personal masalalari esa panada qolmoqda. 


95 
Personalni rejalashtirishda ishchi kuchiga ehtiyoj markaziy masa-
ladir. Biroq tashkilotlar nafaqat personalning sifat ko‘rsatkichlari, hatto 
mikdor ko‘rsatkichlariga ham ehtiyoj to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega 
emaslar. 
Bugungi globallashuv sharoitida korxonani barqaror rivojlantirish, 
ishlab chiqarish samaradorligiga erishish, ichki va tashqi bozorda 
muvaffaqiyatli raqobatlashish personal bilan ishlashni, shu jumladan, 
uni rejalashtirishni tubdan takomillashtirishni qat’iy talab etmoqda. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish