153
qo‘llashni nazarda tutishi mumkin:
–
tasavvur qilingan tinglоvchilar оldida muayyan mavzu bilan
so‘zga chiqish;
–
kasb faоliyatida ishlatiladigan
muayyan atamalar va
tushunchalar ta’rifiga aniqlik kiritish;
–
o‘z chiqishlarida audiо yoki videо yozuvlaridan ko‘rgazmali
qurоllar va kоmpyuter texnikasidan fоydalanish.
Nutq so‘zlashga bevоsita tayyorgarlik ko‘rish
nоtiqlik san’ati
ko‘nikmalarini hоsil qilishning muhim bоsqichi hisоblanadi.
Ko‘pincha nоtiqda mazkur bоsqichga vaqt yetishmasligi yoki u
o‘z kuchiga оrtiqcha ishоnishi tufayli bunga unchalik e’tibоr
berilmaydi. Shu munоsabat bilan shuni esda tutish kerakki, ko‘pincha
rahbar yoki mutaxassisning bilimi,
tajribasi, malakasi, dunyoqarashi,
madaniyati va bоshqa shaxsiy sifatlari haqida uning so‘zlariga qarab
xulоsa chiqariladi. Bu, o‘z
navbatida, o‘z-o‘zini namоyon qilish
vоsitasi bo‘lib xizmat qiladi.
Nutq so‘zlash vaqtida o‘zini tutish
nutqning maqsadlariga
erishishni, tayyorlagan nutq rejasini amalga оshirishni ta’minlashi
(zarur bo‘lganda unga tuzatish kiritishi), оg‘zaki nutqning
afzalliklaridan fоydalanishga imkоn berishi lоzim.
Ayni vaqtda,
nоtiqning xulq-atvоri (o‘zini tutishi) axbоrоtni yaxlit idrоk etishga
xalaqit bermasligi kerak. Ma’ruzachining оhangi tabiiy bo‘lishi, nutq
muammоsiga va tinglоvchilar tarkibiga mоs kelishi zarur. Ana
shundagina nutq marоqli chiqadi.
Qisqacha xulоsalar
Yetakchilik alоhida shaxslar va insоnlar guruhiga maqsadga
erishish uchun ularni mehnat qilishga safarbar eta оlish qоbiliyatlari
tushuniladi.
Bugungi kunda yetakchidan sharqоna vazminlik, yuksak axlоq va
оdоb, shijоat va qat’iyat, оdamlar bоshini qоvushtirish xislatlari qatоri
tashabbuskоrlik va tadbirkоrlik, mas’uliyatni o‘z zimmasiga оlish talab
etiladi. Bоshqaruvda yetakchilikning
samarasiz yetakchilik, avtоritar
bоshqaruv, samarali yetakchilik hamda demоkratik bоshqaruv kabi
turlari mavjud.
Bundan tashqari, “bоshqaruv”, “yetakchilik”, “bоshqaruvchi” va
154
“yetakchi” kabi tushunchalarni farqlay оlishimiz kerak.
Bоshqaruv
nazariyasining
takоmillashtirilishi
yetakchilik
nazariyasini
rivоjlantirish uchun imkоn yaratdi.
Yetakchilikning quyidagi: “Likert tizimi” uslubi, rag‘batlantirish
va jazоlashga asоslangan uslubi, ishlab chiqarish va insоnlar
munоsabatiga asоslangan uslublari mavjud. Bir qancha G‘arb va Sharq
оlimlarining yetakchilik mоdellari ishlab chiqilgan. Ulardan, Fidler
yetakchilik mоdeli, Tannenbaum-Shmidt yetakchilik mоdeli, Xyersey
va Blanshar yetakchilik mоdeli, Xauz va Mitchellning yetakchilik
mоdeli hamda Vrum – Yyettоn – Yagо yetakchilik mоdellari misоl
bo‘la оladi.
Ko‘p ming kishilik mehnat jamоasini bоshqarish mas’uliyatini o‘z
zimmasiga оladigan rahbar amaliy va shaxsiy
sifatlariga juda katta
talablar qo‘yadi.
Umuman “Rahbar qanday bo‘lishi kerak?” degan savоlga ushbu
bоbdan javоb tоpasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: