O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet



Download 80,55 Kb.
bet8/11
Sana16.04.2022
Hajmi80,55 Kb.
#556625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Закирова Н., КБИС 61, Курс иши, Банк иши

2021 yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilari Kengashining Yillik anjumanida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Ashok Lavasa bilan uchrashdi. Ushbu tashrif OTB rahbariyatining pandemiya boshlanganidan buyon birinchi xorijiy safaridir.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
OTB rahbariyati O‘zbekistonda xususiy sektorning turli sohalarda rivojlanishini kengaytirish uchun hozirda keng imkoniyatlar mavjudligi haqida so‘z yuritdi. Shu munosabat bilan bozor vositalari, jumladan, «yashil» va infratuzilma obligatsiyalari, OTB investorlari foydasini ko‘zlayotgan kafolatlar, shuningdek, milliy valyutada moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalanish orqali bazaviy va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilishda xususiy hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tubdan kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, energetika, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta'lim, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida qattiq chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
DXSh mexanizmlari asosida past voltli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ulardan foydalanish tashabbusini birgalikda ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishildi. OTB rahbariyati tender va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun xalqaro maslahatchilarni jalb etishni moliyalashtirish uchun grant mablag‘larini ajratish, shuningdek, elektr energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga doir texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikning mavjud va yangi yo‘nalishlari doirasida o‘zaro hamkorlik uchun keyingi qadamlarni belgilab oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Vazirlar Mahkamasining «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
2021 yil 20 dekabrda OTB hamda O‘zbekiston o‘rtasida «Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida:
- 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yil muddatga 80 mln AQSh dollari miqdorida;
- 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga 213,58 mlrd so‘m miqdoridagi qarzlarni O‘zbekistonga ajratish bo‘yicha qarz bitimlari imzolangan.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Osiyo taraqqiyot banki tomonidan «Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida ajratiladigan qarzni qaytarish va foiz bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali;

  • Osiyo taraqqiyot banki tomonidan «Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida milliy valuta ekvivalentida ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali.

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • loyiha doirasida OTB mablag‘lari O‘zbekiston respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi;

  • Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, shuningdek, OTB tomonidan ajratiladigan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

OTB tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha barcha to‘lovlar O‘zbekiston respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Download 80,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish