O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tosnkent moliya instituti


-ras m. U.Diffi va M.Xellmanning kalitlari ochiq taqsimlash sxemasi



Download 8,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet425/428
Sana25.06.2021
Hajmi8,25 Mb.
#101538
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   428
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot komplekslari

6.3.5-ras m. U.Diffi va M.Xellmanning kalitlari ochiq taqsimlash sxemasi. 

 

Axborot  almashinuvida  ishtirok  etuvchi  foydalanuvchilar  A  va  V  mustakil 



ravishda o’zlarining  maxfiy kalitlarini kA  va kB ni  generatsiyalaydilar  (kA va kB 

kalitlar-foydalanuvchilar A va V lar sir saqlovchi tasodifiy katta butun sonlar). 

So’ngra  foydalanuvchi  A  o’zining  maxfiy  kaliti  kA  asosida  ochiq  kalitni 

hisoblaydi: 

KA = gKa(mod N). 

Bir vaqtning o’zida foydalanuvchi V o’zining maxfiy kaliti kB asosida ochik 

kalitni xisoblaydi: 

KB = gKb(mod N) 

Bu  erda,  N  va  g  -  katta  butun  oddiy  sonlar.  Arifmetik  amallar  N  ning 

moduliga keltirish orqali bajariladi. N va g sonlarni sir saqlash shart emas, chunki 

Himoyalangan 

kanal  


Ochiq kalit kA 

ni hisoblash 

Ochiq        

kalit kV ni 

hisoblash 

Bo’linuvchi

sirni 

hisoblash 



Bo’linuvchi

sirni 


hisoblash 

Ochiq kalitlar 

bilan 

almashinish 



Bo’linuvchi sir 

K  


Bo’linuvchi sir 

K  


KВ 

KА 


Qabul qiluvchi V  

Maxfiy kalit kV  

Jo’natuvchi A  

Maxfiy kalit kA  




502 

 

odatda,  bu  qiymatlar  tarmoq  va  tizimdan  foydalanuvchilarning  barchasi  uchun 



umumiy hisoblanadi. 

So’ngra  foydalanuvchilar  A  va  V  o’zlarining  ochiq  kalitlarini 

himoyalanmagan  kanal  orqali  almashadilar  va  umumiy  sessiya  maxfiy  kaliti  Kni 

(bo’linuvchi sirni) hisoblashda ishlatadilar: 

foydalanuvchi  A:  K  =  (KV)Ka(mod  N)  =  (gKb)  Ka(mod  N),  

foydalanuvchi 

V: 

K' 


(KA)Kv(mod 

N) 



(gKa) 



Kb(mod 

N), 


bunda K = K', chunki 

(gKb) Ka = (gKa) Kb(mod N) 

Shunday qilib, ushbu amallar natijasida ikkala maxfiy kalit kA va kB larning 

funktsiyasi bo’lgan umumiy sessiya maxfiy kaliti hosil qilinadi. 

Ochik  kalitlar  KA  va  KB  qiymatlarini  ushlab  qolgan  niyati  buzuq  odam 

sessiya  maxfiy  kaliti  K  ni  hisoblay  olmaydi,  chunki  u  maxfiy  kalitlar  kA  va  kB 

kiymatlarini  bilmaydi.  Bir  tomonlama  funktsiyaning  ishlatilishi  sababli  ochiq 

kalitni  xisoblash  amali  qaytarilmaydigan  amal,  ya’ni  abonentning  ochiq  kaliti 

qiymati bo’yicha uning maxfiy kalitini hisoblash mumkin emas. 

Diffi-Xellman usulining noyobligi shundan  iboratki, abonentlar  jufti tarmoq 

orqali  ochiq  kalitlarni  uzatganlarida  faqat  o’zlariga  ma’lum  maxfiy  sonni  olish 

imkoniyatiga ega. So’ngra abonentlar uzatilayotgan axborotni ma’lum tekshirilgan 

usulni  -  olingan  umumiy  sessiya  maxfiy  kalitidan  foydalangan  xolda  simmetrik 

shifrlashni ishlatib himoyalashga kirishishlari mumkin. 

Diffi-Xellman  sxemasi  ma’lumotlarni  har  bir  seansda  yangi  kalitlarda 

shifrlash  imkonini  beradi.  Bu  sirlarni  disketlarda  yoki  boshka  eltuvchilarda 

saqlamaslikka  imkon  beradi,  chunki  bunday  saqlash  ularni  raqiblar  yoki  niyati 

buzuq odamlar qo’liga tushib qolish ehtimolligini oshiradi. 

Diffi-Xellman sxemasi uzatilayotgan ma’lumotlarning  konfidentsialligini va  

autentligini (asliga to’g’riligini) kompleks ximoyalash usulini ham amalga oshirish 

imkonini  beradi.  Algoritm  foydalanuvchiga  raqamli  imzoni  va  simmetrik 

shifrlashni bajarishda bir xil kalitlarni shakllantirish va ishlatish imkonini beradi.  

Ma’lumotlar yaxlitligini va konfidentsialligini bir vaktda ximoyalash uchun 

shifrlash  va  elektron  raqamli  imzodan  kompleks  foydalanish  maqsadga  muvofiq 




503 

 

hisoblanadi.  Diffi-Xellman sxemasi  ishlashining oraliq natijalaridan  uzatilayotgan 



ma’lumotlarning  yaxlitligini  va  konfidentsiallagini  kompleks  himoyalash  usulini 

amalga  oshirishda  foydalanish  mumkin.  Haqiqatan,  ushbu  algoritmga  binoan 

foydalanuvchilar  A  va  V  avval  o’zlarining  maxfiy  kalitlari  kA  va  kB  ni 

generatsiyalaydilar  va  ochiq  kalitlari  KA  va  KV  ni  hisoblaydilar.  So’ngra 

abonentlar  A  va  V  bu  oralik  natijalardan  ma’lumotlarni  simmetrik  shifrlashda 

foydalanilishi  mumkin  bo’lgan  umumiy  bo’linuvchi  maxfiy  kaliti  Kni  bir  vaqtda 

xisoblash uchun ishlatadi. 

Uzatilayotgan ma’lumotlarning konfidentsialligini va autentiligini kompleks 

ximoyalash usuli quyidagi sxema bo’yicha ishlaydi: 

abonent  A  rakamli  imzoning  standart  algoritmidan  foydalanib,  o’zining 

maxfiy  kaliti  kA  yordamida xabar Mga  imzo chekadi abonent  A o’zining  maxfiy 

kaligi kA va abonent V ning ochik kaliti KV dan Diffi-Xellman algoritmi bo’yicha 

umumiy bo’linuvchi maxfiy kaliti K ni hisoblaydi; 

abonent  A  olingan  o’zaro  bo’linuvchi  maxfiy  kalitda  almashinuv  bo’yicha 

sherigi bilan kelishilgan simmetrik shifrlash algoritmidan foydalangan xolda xabar 

M ni shifrlaydi; 

abonent V shifrlangan xabar  M  ni olishi bilan o’zining  maxfiy  kaliti kB va 

abonent  A  ning  ochiq  kaliti  KA  dan  Diffi-Xellman  algoritmi  bo’yicha  o’zaro 

bo’linuvchi maxfiy kalit M ni xisoblaydi; 

abonent V olingan xabar Mni kaliti Kda rasshifrovka qiladi;  

abonent V  abonent A  ning ochiq kalit  KA yordamida rasshifrovka  kilingan 

xabar M imzosini tekshiradi.  

Diffi-Xellman sxemasi asosida tarmoq sathida himoyalangan virtual 

tarmoqlar VPN qurilishida qo’llaniluvchi kriptokalitlarni boshqarish protokollari 

SKIP (Simple Key Management for Internet Protocols) va IKE (Internet Key 

Exchange) ishlaydi. 

 


Download 8,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   428




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish