Byudjet tashkilotlarida avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi dasturiy
majmuasini joriy qilish yo‘llari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirish va axborot
kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish to‘g‘risida”gi 30 may 2002 yilda
chiqargan qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish
to‘g‘risida”gi 6 dekabr 2002 yildagi 200 -sonli qarorlari asosida Moliya vazirligi
tizimida alohida dastur qabul qilindi va axborotlashtirish tizimining yanada keng
rivojlanishiga asos bo‘ldi. SHuning uchun 2010-2011 yillarda dasturiy majmua
yanada takomillashtirilib va rivojlantirilib borildi va uning markazlashgan
versiyasi yaratildi. Bu dastur, «UzASBO» - Byudjet tashkilotlarida
avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi dasturiy majmuasi deb nomlandi. Dastur
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining topshirig‘i asosida vazirlikning
Axborot hisoblash markazi tomonidan qaytadan yaratildi. Bu dastur O‘zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligining 2010 yil 17-dekabrdagi №105-sonli buyrug‘iga
va byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi 2169-sonli
yo‘riqnomaga asosan ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv makazi
tomonidan tuzilgan "UzASBO" dasturida amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.
Dastur WEB texnologiyaga asoslangan bo‘lib, ma’lumotlar markazlashgan holda
saqlanadi va dasturdan foydalanish internet tarmog‘i korporativ tizim asosida
amalga oshiriladi. Moliya xodimlarida birlamchi va natijaviy xujjatlarni
avtomatlashtirilgan tarzda tayyorlash mumskin bo‘ladi. "UzASBO" dasturi har
kuni g‘aznachilik dasturi bilan ma’lumotlar almashinish imkoniyatiga egadir.
Dastur afzalliklari:
317
• Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan buxgalteriya hisobotlari
va metodik ko‘rsatmalar hamda 2169-sonli yo‘riqnomaga kiritiladigano‘zgartirish
va qo‘shimchalar dasturda namoyon bo‘ladi;
• Dastur WEB texnologiyaga asoslangan bo‘lib, axborotlar bazasi
markazlashgan holda saqlanadi;
• Dasturdan foydalanish internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi;
• "UzASBO" dasturi g‘aznachilik dasturi bilan ma’lumotlaralmashinish
imkoniyatiga ega;
• Barcha foydalanuvchilar dasturning oxirgi versiyasidan foydalanishadi;
• Ma’lumotlar bazasi maxsus serverlarda saqlanib har kunlik ma’lumotlar
arxivatsiya qilib turiladi;
• Foydalanuvchining kompyuteri nosoz holga kelganida ma’lumotlar
yo‘qolmaydi va foydalanuvchi boshqa kompyuterdan dasturda ishlashni davom
ettirish imkoniyatiga ega;
• Dastur internet brauzeri orqali amalga oshirilib, foydalanuvchi
kompyuteridan ortiqcha joy egallamaydi.
Dasturda asosiy vositalar deb, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini
yuritish to‘g‘risidagi 2169-sonli yo‘riqnomaga asosan, zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida
(bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek ijaraga berilishi mumkin bo‘lgan
moddiy aktivlar hisoblanadi. "UzASBO" dasturiga parol va login orqali kiriladi.
Dasturni ishga tushirilganda dastlab uning bosh sahifasi chiqadi va ekranida uning
asosiy menyulari namoyon bo‘ladi:
318
Do'stlaringiz bilan baham: |