BPM tizimi yordamida jarayonda ishtirok etishga jalb etilgan tizimlar va
odamlar ortasidagi oʻzaro hamkorlik, ishlar va axborotlar oqimini boshqarish
Re ferent model - muayyan sohada biznesni yuritish bo'yicha tavsiya etilgan a maliyotlarni ras miy lashtiradigan
funktsiyalar va jarayonlar majmuasi asosida xususiy modella rni ishlab chiqishga imkon beradi.
295
amalga oshiriladi. Odatda, BPM tizimining tuzilishi yuqorida ko‘rsatilgan barcha
o‘zaro hamkorliklarni boshqarishga imkon beruvchi bir nechta dasturiy
komponentlarni o‘z ichiga oladi.
Umuman olganda, BPM tizimining tuzilishi biznes-jarayonlarni hamkorlikda
modellashtirish dasturiy komponentlari, biznes qoidalarini yaratish va boshqarish
vositalari, AT-infratuzilmasini yaratishga imkon beruvchi modullar va olib
borilayotgan biznes-jarayoniga integratsiya qilish dasturiy komponentlarini o‘z
ichiga oladi.
Bundan tashqari, tizim tuzilishi ishlar oqimini boshqarish (workflow) va
biznes-jarayoni modellarini ishlab chiqish va saqlash uchun omborxona vositalari
mavjud.
BPM
tizimlariga
kiritiladigan
yana
bir
muhim
element
-
foydalanuvchilarga biznes-jarayonlari monitoringini olib borish imkonini
beradigan tahlil va hisobotlar taqdim etish modulidir.
BPM tizimlari tarkibiga kiradigan asosiy dasturiy modullar quyidagilar:
- grafik modellashtirish moduli. Bu vosita jarayonni grafik ko‘rinishda
modellashtirish uchun mo‘ljallangan. Analitik xodim bu modul yordamida
jarayonlarni biznes qoidalari, axborot oqimi va ishlar oqimi atamalarida taqdim
etishi mumkin;
- dinamik modellashtirish moduli. BPM tizimlari bu vosita yordamida
biznes modelini dinamik ko‘rinishda taqdim etishga imkon beradi. SHu hisobga,
jarayon va cheklangan resurslar muammosi aniqlanadi, bu jarayonga
modellashtirish bosqichida o‘zgartirish kiritishga imkon beradi;
- ilovalar ishlab chiqish moduli. Bu modul ishlab chiquvchini
foydalanuvchi interfeysi va turli muloqot shakllarini yaratish, BPM tizimini boshqa
biznes ilovalar va axborot tizimlari bilan integratsiyasini amalga oshirish zaruriy
vositalari bilan ta’minlaydi.
- ish oqimi va biznes qoidalarini boshqarish moduli. Ushbu modul ish
oqimlari, axborot oqimlari va hujjatlarni boshqarishni amalga oshir ish bilan birga,
belgilangan biznes qoidalari bajarilishini nazorat qilib boradi. Jarayonda ishtirok
etadigan xodimlar uchun masalalarni shakllantirish va BPM tizimi bilan o‘zaro
296
bog‘langan axborot tizimlari uchun biznes qoidalarni shakllantirish ishlari amalga
oshiriladi.
- jarayonlar interfeysi moduli. Mazkur modul tufayli foydalanuvchilar
tayinlangan masalalarni ko‘rib chiqishi, masala ustuvorligini boshqarishi va ularni
bajarishi mumkin.
- jarayonni boshqarish moduli. Bu modul jarayon monitoringini olib
borish uchun zarur. Bu jarayon ko‘rsatkichlarini olish, ularni tahlil qilish va zarur
hisobotlarni
shakllantirish
imkonini
beradi.
Biznes-jarayonlarining
turli
parametrlariga muvofiq monitoring olib borish mumkin. Mazkur parametrlarga
asoslangan holda BPM tizimdagi jarayonlarga tezda o‘zgarishlar kiritish mumkin.
- BPM tizimini boshqarish moduli. Bu modul tizim ma’muri vositalarini
ifoda etadi. Dasturiy ta’minot konfiguratsiyasini sozlash, kirish huquqini belgilash,
apparat vositalari ishlashini nazorat qilish va shu kabilar amalga oshiriladi. Turli
BPM tizimlarida modullar turlicha nomlangan (tizim ishlab chiquvchisiga bog‘iq
holda) bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: