1.3.2-rasm. Bulutli hisoblashning ishlash tamoylli
Bulutli hisoblash kontsеptsiyasi o’z-o’zidan paydo bo’lgani yo’q, balki
axborot tеxnologiyalarining so’nggi bir nеcha yillardagi rivolanishi va zamonaviy
tijorat chaqirig’iga javob tariqasida natijasida paydo bo’ldi. Gartnеr (Gartner
Group) tahlilchilari guruhi bulutli hisoblashni kеlajakning eng istiqbolli stratеgik
tеxnologiyasi dеb atashdi va so’nggi 5-7 yillarda axborot tеxnologiyalarining katta
qismi bulutga o’tishini bashorat qilishmoqda. Ularning baholashlaricha, 2015 yilda
bulutli hisoblash bozorining hajmi 200 milliard dollarga еtgan.
Nisbatan yaqin davrlarda paydo bo‘lib, kompyuter tizimlari klassik
modellaridan etarlicha katta farq qilishi bilan birga, ayrim lahzalarda aynan
o‘xshash tamoyillarda ish yuritadi. Oddiy holda tushuntirilganda, bunday
texnologik echimlar o‘zining asosida axborotlar, dasturiy ta’minot yoki boshqa
maxsus serverlardan foydalanishi va saqlanishi kompyuter xotirasidagi harakatlarni
hamda yuklanishlarni yuzaga keltirmasdan amalga oshirishga imkon beradi.
kompyuter xotirasidagi bulut xizmatlariga kirishni ta’minlovchi boshlang‘ich
o‘rnatish mijoz dasturiy ta’minotidan foydalanadi.
Bulutli ma’lumotlar ombori (ingl. cloud computing shuningdek,
“ma’lumotlarga bulutli (tarqoq) ishlov berish” atamasi ham qo‘llaniladi) deganda
odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini internet-xizmat
ko‘rinishida taqdim etilishi tushuniladi. SHunday yo‘l bilan foydalanuvchiga “sof”
55
ko‘rinishda hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi uning masalalariga
qanday kompyuter ishlov beryotganligi, bu qanday OT boshqaruvida amalga
oshirayotganganligi kabi boshqa savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida
ularga javob topish unga zarur bo‘lmaydi.
Ko‘p hollarda “bulut”ni ish yuritishida o‘xshashlik va umumiylikni topib
“meynfrem”lar (mainframe) bilan taqqoslashadi. Ammo “bulut”ni “meynfrem”
tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqi mavjud, masalan, “bulut”ning hisoblash
quvvatlari nazariy jihatdan cheklanmaganligidir. Ikkinchi tamoyiliy farqi, oddiy
holda aytganda, meynfrem texnologiyasida terminallar ishga tushirilgan masala
bilan foydalanuvchi o‘rtasida o‘zaro interfaol hamkorlik uchun xizmat qiladi,
”bulut”da esa terminalni o‘zi katta quvvatli hisoblash qurilmasi hisoblanadi va
nafaqat oraliq axborotlarni to‘plab boruvchi vosita bo‘lib qolmasdan bevosita
global tizimdagi hisoblash resurslarni boshqarish xususiyatiga ham ega bo‘ladi.
Avval paydo bo‘lgan (jumladan, 1990 yillarda) ma’lumotlarga ishlov berish
texnologiyalari orasida grid-hisoblash bir muncha keng tarqalish munosabatiga ega
bo‘ldi. Dastlab bu yo‘nalish texnik vositadagi protsessorning foydalanilmay
turgan resurslaridan unumli foydalanish uchun va hisoblash quvvatlarini ixtiyoriy
ravishda ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati sifatida qaraldi. Bir qator
loyihalar (GIMPS, distributed.net, SETI@home) hisoblashning bunday modeli
etarlicha samarali ekanligini isbotlab berdi. Hozirgi kunda bunday texnologiyalar
ahamiyatli hisoblash resurslari talab qilinadigan ilmiy, matematik masalalarni
echish uchun keng qo‘llaniladi. Ma’lumki, grid-hisoblashni tijorat maqsadlari
uchun ham keng qo‘llash mumkin. Masalan, ular yordamida iqtisodiy prognozlash,
seysmik ma’lumotlarni tahlil qilish, vaksina va yangi dori-darmonlarni ishlab
chiqish hamda o‘rganish bilan bog‘liq ba’zi bir mashshaqatli mehnat talab etuvchi
masalalarda samarali qo‘llanilmoqda.
Haqiqatan ham, grid-hisoblash va bulut-hisoblash arxitekturasi hamda
qo‘llanilayotgan tamoyillariga ko‘ra ko‘pgina o‘xshash qirralarga ega. SHu bilan
birga, uzoqdagi hisoblash resurslaridan foydalanish uchun etarlicha egiluvchan
platformaga egaligi hisobiga bulutli hisolash modeli eng istiqbolli texnologiya
56
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda yirik bulut hisoblashlar ma’lumotlarga ishlov berish
markazlariga (MIBM) joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Ular bir
vaыtni щzida millinlab foydalanuvchi foydalanayotgan щng minglab ilova
resurlarini ta’minlab beradi
6
. Bulutli texnologiyalar xususiy ERP, CRM tizim
7
yoki qo‘shimcha qurilmalarni sotib olish va sozlashni talab etuvchi boshqa
serverlarni saqlab turish o‘ta qimmatga tushadigan korxonalar uchun qulay vosita
hisoblanadi.
Xususiy foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zining qulayligiga ko‘ra ko‘plab bulut
xizmatlari (masalan, Google kompaniyasi taqdim etayotgan “Dokumentы”,
“Kalendar” va boshqalar) o‘z navbatida keng tarqalish munosavbatiga ega
hisoblanadi.
Bulutli texnologiyalarini foydalanishda uzluksiz mashhurlikka erishib
boryotganligini sababi oddiy: ularni qo‘llashni turli-tumanligi va infratuzilishga,
xizmat ko‘rsatish va xodimlarga qilinadigan xarajatlarni tejaydi. Apparat ta’minoti
uzoqdagi ma’lumotlar bazasida axborotlarni saqlash va ma’lumotlarga ishlov
berishni etarli darajada soddalashtirishi mumkin. Bunday muammolarning barchasi
xizmatlar provayderi ziimasiga to‘liq tashlab qo‘yiladi.
Shuning bilan birga, bunday yondashuv korxona kompyuterlariga turli
operatsion tazimlari (Windows, Linux, MacOS va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa
ham barcha operatsioe tizimlarni standartlashtirishga imkon beradi. Bulutli
texnologiya ofisda bo‘lmagan, ammo Internet orqali ulanish imkoniga ega
xodimlar va mijoozlar uchun ham birdek kompaniya ma’lumotlariga kirishni
ta’minlashni osonlashtirib beradi.
Yuqoridagilardan
ko‘rish mumkinki, foydalanish uchun ko‘plab
qulayliklarga ega. Shu bilan birga, qator kamchiliklarga ham ega. Jumladan,
mushohada qilib aniqlash mumkinki, uning bosh kamchiligi foydalanuvchining bu
xizmatlarni etkazib beruvchiga to‘liq bog‘lanib qolish hisoblanadi. Haqiqatan ham,
6
Miller R. Who Has the Most Web Servers? 2012. URL: http://www.datacenterknowledge.co m/archi-
ves/2009/ 05/ 14/ whos -got-the-most-web-servers/
7
www.interfinans.uz
57
bulutli xizmatni yaratish tamoyiliga ko‘ra korxona (foydalanuvchi) faoliyati
xizmatlar provayderi va Internet provayderining qanday ish olib borishiga bog‘liq
bo‘lib qoladi.
Bulutli hisoblashni etkazib beruvchilarning ishonchlilik darajasi ortib
borayotgan bo‘lsada, ma’lumotlarni ishonchliligi va xavfsizlikni ta’minlash uchun
kattagina harakat, masalan, dubllovchi alaqa kanallari, ularga o‘tish o‘tish uchun
quvvatlovchiga ega bo‘lish va albatta, ma’lumotlarga kirish rad etib qolmasligi va
xavfsizligi to‘g‘risida chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘ladi. SHuningdek, xizmatlar
etkazib beruvchining serverlari qaysi davlatda joylashganligi ham katta ahamiyatga
ega. Chunki barcha resurslarga kirish imkoniyati o‘sha davlatda yuritilayotgan
tartib va siyosatga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, davlat siri hisoblanadigan va
xarbiy sohalarga taalluqli mahfiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanadigan korxonalar
uchun umuman to‘g‘ri kelmaydi. Biron-bir vakolatli tashkilot yoki muassasa
tarqatilishi mumkin bo‘lmagan axborotlar bilan ishlashda mutlaq xavfsizlik
ta’minlangan tizim sifatida sertifikat yoki guvohnoma bermaydi. Bu hozirgi
kungacha echilmagan va har doim dolzarbligicha qoladigan muammo hisoblanadi.
Zamonaviy bulutli texnologiyalar nafaqat tayyor tarmoq va server
qurilmalarida, balki, sekin-asta ichki quriladigan tizimlar (embedded cloud)
bozoriga ham jad’al kirib bormoqda
8
. Ichki qurilgan tizimlarni joriy etish
kompyuter protsessorlarini resurslar sarflanishini ro‘yxatga olish, intellektual
datchiklar, avtomobil, maishiy texnika va shu kabi boshqa vositalarda
joylashtirishga olib keldi. Bu qurilmalar ishlashi, ma’lumotlar to‘planishini
boshqarish va kompyuter tarmog‘iga bog‘lanish vositasida interfaol imkoniyatlarni
taqdim etishga imkon beradi.
Turli tuman qurilmalarni global tarmoqqa ulanish g‘oyasi “buyumlar
interneti” (Inter-net of Things – IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows Embedded
bosh menenjeri Kevin Dallas fikriga ko‘ra, buyumlar interneti g‘oyasi ko‘p
yillardan buyon mavjud, ammo bunday tarmoqni amalga oshirilishi uchun birgina
8
Медведев А. Облачные техноло гии: тенденции развития, примеры исполнения // Современные технологии
автоматизации. 2013. № 2. С. 6– 9.
58
bo‘g‘in – bulut texnologiyasining yaratilmaganligi edi
9
.
Protsessor narxlarini tushib borishi natijasida foydalanishdagi umumiy
kompyuterlar soni ortib bormoqda va shuningdek, o‘z navbatida ishlov beriladigan
uzatilayotgan ma’lumotlar (ko‘p hollarda ayni damda) hajmi Internet tarmog‘idan
foydalanuvchilar sonini ortib borishiga parallel holda ortib bormoqda. Demak,
yaqin istiqbolda buyumlar interneti va bulutli hisoblashlar ahamiyati yanada ortib
boradi va ijtimoiy hamda iqtisodiy faoliyatga to‘liq kirib boradi deb mushoxada
qilish isbot talab qilmaydigan fikr hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |