O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tosnkent moliya instituti


O’z-o’zini tekshirish uchun savollar



Download 8,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/428
Sana25.06.2021
Hajmi8,25 Mb.
#101538
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   428
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot komplekslari

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar 

 

1.  Elektron hujjat aylanish tizimining paydo bo’lish bosqichlari? 



2.  Hujjat aylanish tizimining umumiy klassifikatsiyasi nimadan iborat? 

3.  Docs Fusion va Docs Open hujjat aylanish tizinimi  ishlash texnologiyasi 

nimadan iborat? 

4.  Documentum elektron hujjat aylanish dasturi qaerda ishlatiladi? 

5.  LanDocs tizimi nima uchun qerak? 

6.  Optima Workflow tizimi qanday ishlatiladi? 

7.  E-hujjat aylanish tizimi qachon ishga tushirilgan? 

 

5.5. Internet to’lov tizimlari 

Internet  muhitida to’lovlarni amalga oshiruvchi tizimlar  elektron tijoratning 

eng ko’p tarqalgan avtomatlashtirilgan universal tizimlaridan biri hisoblanadi. 

Hozirgi  kundagi  mavjud  to’lov  tizimlarining  soni  bir  iecha  o’ntadan  oshib 

ketadi. Xilma-xilligiga qaramay ularni shartli ravishda to’rtta asosiy guruhga bo’lib 

qarash mumkin: 

 



ma’lumotlarni 

xavfsiz 


uzatishni 

ta’minlovchi 

aloqa 

seansi 


protokollari asosidagi to’lov tizimlari; 

 



plastik kartochkalar asosidagi to’lov tizimlari; 

 



smart-kartochkalar asosidagi to’lov tizimlari; 

 



elektron naqd pullar. 

To’lovlarni  kredit  kartochkalar  asosida  amalga  oshiruvchi  tizimlar  mavjud 

to’lov  tizimlari  orasida  etakchi  o’rinda  turadi.  Internetda  hisob-kitoblar  uchun 

plastik  kartochkalarni  qo’llash  muvaffaqiyatining  asosiy  sababi  uning  ko’p 

tomonlari  real  dunyoda  olib  boriladigan  to’lovlarga  o’xshash bo’lsa,  ikkinchidan, 

bunday  ko’rinishdagi  to’lovlarni  olib  borish  jozibadorligi  bilan  bog’liq  bo’lib, 




409 

 

hozirgi kunda  internetdagi  ko’plab transaktsiyalar  to’lovning  aynan shu  ko’rinishi 



bilan amalga oshiriladi. 

Elektron 

imzoni  yo’qligi  uchun  kartochkadan  aynan  o’z  egasi 

foydalanganligini isbotlab berish amaliy jihatdan mumkin emas. Bu kamchiliklarni 

bartaraf  qiluvchi  yangi  texnologiya  SET  (Secure  Electronik  Transaction 

specification)  protokoli  deb  nomlanib,  kredit  harid  qilingan  mahsulotlarga 

kartochkalardan  foydalanish  asosida  olib  boriladigan  to’lovlarni  xavfsiz  amalga 

oshirish  muammosida  eig  samarali  echnmliligi  SETning  asosiy  xususiyatlaridan 

biri  hisoblanadi.  Bu  texnologiyaga  asosan  tarmoqda  uzatilayotgan  kartochka 

raqami  mijozni  elsktron  imzosidan  foydalanish  orqali  shifrlanadi.  Deshifrovkani, 

ya’ni,  shifrni  ochishni  esa  faqat  kartochka  bo’yicha  transaktsiyalarga  ishlov 

berishni  amalga  oshiruvchi  kompaniya  va  vakolatlangan  banklar  amalga  oshira 

oladi. 

Plastik  kartochkalardan  foydalanishdagi  cheklanishlardan  biri  amalga 

oshirilayotgan  xaridlarga  5  AQSh  dollaridan  iborat  quyi  chegarani  qo’yilishidir. 

Kartochka  emitenti  har  bir  transaktsiya  umumiy  summasidan  1,5-3%,  biroq  20 

tsentdan kam bo’lmagan, xizmat  haqi olar  ekan, tizim  uchun  mahsulotlarga qo’yi 

baho diapazonida to’lovlarni amalga oshirish foydasiz bo’lib qoladi. 

Zamonaviy smart-kartochkalar o’zida protsessorli, xotirali dasturiy  ta’minot 

va 


axborotlarni 

kiritish-chiqarish 

tizimlariga 

ega 


bo’lgan  miniatyura 

kompyuterlarni  ifoda  qiladi.  Asosida  plastik  kartochkalar  bo’lgan  har  qanday 

to’lov  tizimlarini  eng  muhim  xususiyatlaridan  biri  -  unda  xavfsizlik  tizimining 

mavjudligidir. 

Smart-kartochkaning 

yana 


bir 

ustunligi 

ularni 


ko’p 

funktsionalligidir,  ya’ni,  bitta  kartochkadan  turli  moliyaviy  ilovalar  va  turli 

kommunikatsiya  infratuzilmalarda  foydalana  olishlik  imkoniyatidir.  Smart-

kartochkalar  asosidagi  raqamli  naqd  pullar  nafaqat  konfideitsiallik  va  anonimlik 

zaruriy  darajasini  ta’minlash  imkonini  beribgina  qolmay,  shu  bilan  birga, 

to’lovlarni  amalga  oshirilganligini  tasdiqlashda  markaz  bilan  aloqani  ham  talab 

qilmaydi. 

Internetda  hisob-kitoblarni  olib  borishning  yangi  ko’rinishi  raqamli  naqd 




410 

 

pullar  hisoblanadi.  «Raqamli  naqd  pullar»  atamasi  real  dunyoda  foydalaniladigan 



naqd pullar ustuvorligiii internet dunyosiga o’tkazishga harakat qilayotgan elektron 

to’lov tizimlari toifasini aniqlab beradi. 

Raqamli  naqd  pullar  o’zida  pul  belgilari  vazifalarini  bajaruvchi  juda  katta 

sonlar  yoki  fayllarni  ifoda  qiladi.  To’lov  tizimlarining  boshqa  turlaridan  farqli 

ravishda  bu  fayllar  pul  mablag’lari  haqidagi  ma’lumotlar  bo’lib  qolmay,  balki 

aynai pulning o’zini ifoda qiladi. 

Evropa  ittifoqi  davlatlarida  kredit  muassasalari  maqomiga  ega  bo’lmagan 

shaxs  yoki  korxonalarga  elektron  pul  emissiyasi  jarayonlarini  olib  borish 

taqiqlanadi. Evropa qonun chiqaruvchilarining elektron pul emmissiyasiga bunday 

taqiqlarni  kiritishi  elektron  pul  sohasiga  ham  bank  faoliyatiga  o’xshash  etarlicha 

qat’iy tartibga solishlarni kiritishga intilayotganliklaridan dalolat beradi. 

Uchinchi  shaxslarga  elektron  pulning  to’lov  vositasi  sifatida  tan  olish 

mexanizmi  aniqlab  berilgan  bo’lib,  bunday  tan  olish  kupyur  va  tangalar 

ko’rinishidagi  to’lov  vositalaridagi  kabi  qonun  kuchi  bilan  emas,  balki  emitent 

bilan  turli  usullar  bilan  amalga  oshirish  mumkin  bo’lgan  shartnomalar  asosida 

amalga  oshiriladi.  Shunday  ekan,  elektron  pullar  o’zida  emitentga  qo’yiladigan 

talablarni ham ifoda qiladi. 


Download 8,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   428




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish