texnikasining rivojlanish tendentsiyalarini o’rganishdan oldin kompyuter o’zi
nima degan savolga javob berishimiz lozim bo’ladi. Kompyuter bu inglizcha
so’zdan olingan bo’lib hisoblagich degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun
ham birinchi islab chiqilgan kompyuter texnikasini hisoblash texnikasi deb
atashgan. Yillar davomida kompyuter texnikasi shakllanib borayotgan soha
hisoblash mashinasi yaratildi. 1645 yili buyuk frantsuz matematigi Blez Paskal
uzining hisoblash mashinasini yaratdi. Paskalning mashinasi boyi 30 - 40 sm,
eni 15 sm, balandligi 10 sm bolgan jez qutichadan iborat b o’lib, qo’shish va
ayirish amallarini bajarar edi. 1673 yil nemis matematigi Gotfrid Leybnits 4,
27
kunda murakkab tizimga ega bo’lgan vositaga aylandi. Fan va texnikada
qilingan yutuqlar natijasida 1946 yilda birinchi “ENIAK” nomli elektron
hisoblash mashinasi yaratildi. AQShdagi Pensilvaniya universitetida amerikalik
olim Dj. Neyman (1903-1957) axborotlarni saqlash imkoniga ega bo’lgan
elektron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasini yaratdi. Bu
kompyuter 18.000 ta elektron lampadan tuzilgan bo’lib, 30 tonna og’irlikka ega
va 150 m
2
xonani egallagan. 1951 yili Rossiyalik olim Lebedev rahbarligida
elektron hisoblash mashinasi yaratilgan. U o’zining rivojlanish tarixini 50-
yillar boshlaridan boshlab, to hozirgi kunlarga qadar bir necha avlodlarni o’z
boshidan o’tkazdi:
1-avlod - elektron lampalar asosida;
2-avlod - yarim o’tkazgichli diod va triod, tranzistorlar asosida;
3-avlod - integral mikrosxemalar;
4-avlod - katta integral sxemalar;
5-avlod - juda katta integral sxemalar.
Hozirgi kunda kompyuterlardan foydalanish nafaqat hisoblash sohasida,
balki boshqa sohalarda ham ulardan foydalanishning yangi shakllarini ishlab
chiqishni taqoza etadi.
Kompyuterlar hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib
bormoqda. Turli mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar o’z mehnat
faoliyatida kompyuterlardan keng foydalanmoqdalar. Kompyuter yordamida
ajoyib mo’’jizalar yaratilayotgani sir bo’lmay qoldi. Kelajakni uningsiz
tasavvur qilish mumkin emasligi shu kunda barchaga ayondir. Bugun
kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish,
qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga
yuborish, taxrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’ynash
mumkin. Uning imkoniyatlari kundan - kunga ko’paymoqda, shuning uchun u
ishda, o’qishda, uyda va xatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga
aylanmoqda.