O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tosnkent moliya instituti


-rasm. Bulutli hisoblashning ishlash tamoylli



Download 8,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/428
Sana25.06.2021
Hajmi8,25 Mb.
#101538
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   428
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot komplekslari

1.3.2-rasm. Bulutli hisoblashning ishlash tamoylli 

 

Bulutli  hisoblash  kontsеptsiyasi  o’z-o’zidan  paydo  bo’lgani  yo’q,  balki 

axborot tеxnologiyalarining so’nggi bir nеcha  yillardagi rivolanishi  va zamonaviy 

tijorat  chaqirig’iga  javob  tariqasida  natijasida  paydo  bo’ldi.  Gartnеr  (Gartner 

Group)  tahlilchilari  guruhi  bulutli  hisoblashni  kеlajakning  eng  istiqbolli  stratеgik 

tеxnologiyasi dеb atashdi va so’nggi 5-7 yillarda axborot tеxnologiyalarining katta 

qismi bulutga o’tishini bashorat qilishmoqda. Ularning baholashlaricha, 2015 yilda 

bulutli hisoblash bozorining hajmi 200 milliard dollarga еtgan. 

Nisbatan  yaqin  davrlarda  paydo  bo‘lib,  kompyuter  tizimlari  klassik 

modellaridan  etarlicha  katta  farq  qilishi  bilan    birga,  ayrim  lahzalarda  aynan 

o‘xshash  tamoyillarda  ish  yuritadi.  Oddiy  holda  tushuntirilganda,  bunday 

texnologik  echimlar  o‘zining    asosida  axborotlar,  dasturiy  ta’minot  yoki  boshqa 

maxsus serverlardan foydalanishi va saqlanishi kompyuter xotirasidagi harakatlarni 

hamda  yuklanishlarni  yuzaga  keltirmasdan  amalga  oshirishga  imkon  beradi. 

kompyuter  xotirasidagi  bulut  xizmatlariga  kirishni  ta’minlovchi  boshlang‘ich 

o‘rnatish mijoz dasturiy ta’minotidan foydalanadi. 

Bulutli  ma’lumotlar  ombori  (ingl.  cloud  computing  shuningdek, 

“ma’lumotlarga  bulutli  (tarqoq)  ishlov  berish”  atamasi  ham  qo‘llaniladi)  deganda 

odatda,  foydalanuvchiga  kompyuter  resurslari  va  quvvatini  internet-xizmat 

ko‘rinishida taqdim etilishi tushuniladi. SHunday yo‘l bilan foydalanuvchiga “sof” 




55 

 

ko‘rinishda hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi uning masalalariga 



qanday  kompyuter  ishlov  beryotganligi,  bu  qanday  OT  boshqaruvida  amalga 

oshirayotganganligi  kabi  boshqa  savollarga  javob  ololmasligi  mumkin  va  aslida 

ularga javob topish unga zarur bo‘lmaydi. 

Ko‘p  hollarda  “bulut”ni  ish  yuritishida  o‘xshashlik  va  umumiylikni  topib 

“meynfrem”lar  (mainframe)  bilan  taqqoslashadi.  Ammo  “bulut”ni  “meynfrem” 

tamoyil  jihatdan  ajralib  turuvchi  farqi  mavjud,  masalan,  “bulut”ning  hisoblash 

quvvatlari  nazariy  jihatdan  cheklanmaganligidir.  Ikkinchi  tamoyiliy  farqi,  oddiy 

holda  aytganda,  meynfrem  texnologiyasida  terminallar  ishga  tushirilgan  masala 

bilan  foydalanuvchi  o‘rtasida  o‘zaro  interfaol  hamkorlik  uchun  xizmat  qiladi,  

”bulut”da  esa  terminalni  o‘zi  katta  quvvatli  hisoblash  qurilmasi  hisoblanadi  va 

nafaqat  oraliq  axborotlarni  to‘plab  boruvchi  vosita  bo‘lib  qolmasdan  bevosita 

global tizimdagi hisoblash resurslarni boshqarish xususiyatiga ham ega bo‘ladi.   

Avval paydo bo‘lgan (jumladan, 1990 yillarda) ma’lumotlarga  ishlov berish 

texnologiyalari orasida grid-hisoblash bir muncha keng tarqalish munosabatiga ega 

bo‘ldi.  Dastlab  bu  yo‘nalish  texnik  vositadagi  protsessorning    foydalanilmay 

turgan resurslaridan unumli  foydalanish uchun va hisoblash quvvatlarini  ixtiyoriy 

ravishda  ijaraga berish tizimini rivojlantirish  imkoniyati sifatida qaraldi. Bir qator 

loyihalar  (GIMPS,  distributed.net,  SETI@home)  hisoblashning  bunday  modeli 

etarlicha  samarali  ekanligini  isbotlab  berdi.  Hozirgi  kunda  bunday  texnologiyalar 

ahamiyatli  hisoblash  resurslari  talab  qilinadigan  ilmiy,  matematik  masalalarni 

echish  uchun  keng  qo‘llaniladi.  Ma’lumki,  grid-hisoblashni  tijorat  maqsadlari 

uchun ham keng qo‘llash mumkin. Masalan, ular yordamida iqtisodiy prognozlash, 

seysmik  ma’lumotlarni  tahlil  qilish,  vaksina  va  yangi  dori-darmonlarni  ishlab 

chiqish hamda o‘rganish bilan bog‘liq ba’zi bir mashshaqatli mehnat talab etuvchi 

masalalarda samarali qo‘llanilmoqda.  

Haqiqatan  ham,    grid-hisoblash  va  bulut-hisoblash  arxitekturasi  hamda 

qo‘llanilayotgan  tamoyillariga  ko‘ra  ko‘pgina  o‘xshash  qirralarga  ega.  SHu  bilan 

birga,  uzoqdagi  hisoblash  resurslaridan  foydalanish  uchun  etarlicha  egiluvchan 

platformaga  egaligi  hisobiga  bulutli  hisolash  modeli  eng  istiqbolli  texnologiya 



56 

 

hisoblanadi. 



Hozirgi  vaqtda  yirik  bulut  hisoblashlar  ma’lumotlarga  ishlov  berish 

markazlariga  (MIBM)  joylashgan  minglab  serverlardan  tashkil  topadi.  Ular  bir 

vaыtni  щzida  millinlab  foydalanuvchi  foydalanayotgan  щng  minglab  ilova 

resurlarini  ta’minlab  beradi 

6

.  Bulutli  texnologiyalar  xususiy  ERP,  CRM  tizim



7

 

yoki  qo‘shimcha  qurilmalarni  sotib  olish  va  sozlashni  talab  etuvchi  boshqa 



serverlarni saqlab turish o‘ta qimmatga tushadigan  korxonalar uchun qulay  vosita 

hisoblanadi.  

Xususiy  foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zining qulayligiga ko‘ra ko‘plab bulut 

xizmatlari  (masalan,  Google  kompaniyasi  taqdim  etayotgan  “Dokumentы”, 

“Kalendar”  va  boshqalar)  o‘z  navbatida  keng  tarqalish  munosavbatiga  ega 

hisoblanadi.  

 Bulutli  texnologiyalarini  foydalanishda  uzluksiz  mashhurlikka  erishib 

boryotganligini  sababi  oddiy:  ularni  qo‘llashni  turli-tumanligi  va  infratuzilishga, 

xizmat ko‘rsatish va xodimlarga qilinadigan xarajatlarni tejaydi. Apparat ta’minoti 

uzoqdagi  ma’lumotlar  bazasida  axborotlarni  saqlash  va  ma’lumotlarga  ishlov 

berishni etarli darajada soddalashtirishi mumkin. Bunday muammolarning barchasi 

xizmatlar provayderi ziimasiga to‘liq tashlab qo‘yiladi.  

Shuning  bilan  birga,  bunday  yondashuv  korxona  kompyuterlariga  turli 

operatsion  tazimlari    (Windows,  Linux,  MacOS  va  boshqalar)  o‘rnatilgan  bo‘lsa 

ham  barcha  operatsioe  tizimlarni  standartlashtirishga  imkon  beradi.  Bulutli 

texnologiya  ofisda  bo‘lmagan,  ammo  Internet  orqali  ulanish  imkoniga  ega 

xodimlar  va  mijoozlar  uchun  ham  birdek  kompaniya    ma’lumotlariga  kirishni 

ta’minlashni osonlashtirib beradi.  

Yuqoridagilardan 

ko‘rish  mumkinki,  foydalanish  uchun  ko‘plab 

qulayliklarga  ega.  Shu  bilan  birga,  qator  kamchiliklarga  ham  ega.  Jumladan, 

mushohada qilib aniqlash mumkinki, uning bosh kamchiligi foydalanuvchining bu 

xizmatlarni etkazib beruvchiga to‘liq bog‘lanib qolish hisoblanadi. Haqiqatan ham, 

                                                 

6

 

Miller R. Who Has the Most Web Servers? 2012. URL: http://www.datacenterknowledge.co m/archi-



ves/2009/ 05/ 14/ whos -got-the-most-web-servers/  

 

7



 www.interfinans.uz 


57 

 

bulutli  xizmatni  yaratish  tamoyiliga  ko‘ra  korxona  (foydalanuvchi)  faoliyati 



xizmatlar provayderi va Internet provayderining qanday  ish olib borishiga  bog‘liq 

bo‘lib qoladi.  

Bulutli  hisoblashni  etkazib  beruvchilarning  ishonchlilik  darajasi  ortib 

borayotgan bo‘lsada, ma’lumotlarni  ishonchliligi va xavfsizlikni ta’minlash uchun 

kattagina  harakat,  masalan,  dubllovchi  alaqa  kanallari,  ularga  o‘tish  o‘tish  uchun 

quvvatlovchiga  ega bo‘lish va albatta, ma’lumotlarga kirish rad etib qolmasligi va 

xavfsizligi to‘g‘risida chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘ladi. SHuningdek, xizmatlar 

etkazib beruvchining serverlari qaysi davlatda joylashganligi ham katta ahamiyatga  

ega.  Chunki  barcha  resurslarga  kirish  imkoniyati  o‘sha  davlatda  yuritilayotgan 

tartib va siyosatga bog‘liq bo‘ladi. Bundan  tashqari, davlat siri hisoblanadigan  va 

xarbiy  sohalarga  taalluqli  mahfiy  ma’lumotlar  bilan  shug‘ullanadigan  korxonalar 

uchun  umuman  to‘g‘ri  kelmaydi.  Biron-bir  vakolatli  tashkilot  yoki  muassasa 

tarqatilishi  mumkin  bo‘lmagan  axborotlar  bilan  ishlashda  mutlaq  xavfsizlik 

ta’minlangan  tizim  sifatida  sertifikat  yoki  guvohnoma  bermaydi.  Bu  hozirgi 

kungacha echilmagan va har doim dolzarbligicha qoladigan muammo hisoblanadi.  

Zamonaviy  bulutli  texnologiyalar  nafaqat  tayyor  tarmoq  va  server 

qurilmalarida,  balki,  sekin-asta  ichki  quriladigan  tizimlar  (embedded  cloud) 

bozoriga  ham  jad’al  kirib  bormoqda

8

.  Ichki  qurilgan  tizimlarni  joriy  etish 



kompyuter  protsessorlarini  resurslar  sarflanishini  ro‘yxatga  olish,  intellektual 

datchiklar,  avtomobil,  maishiy  texnika  va  shu  kabi  boshqa  vositalarda 

joylashtirishga  olib  keldi.  Bu  qurilmalar  ishlashi,  ma’lumotlar  to‘planishini 

boshqarish va kompyuter tarmog‘iga bog‘lanish vositasida interfaol imkoniyatlarni 

taqdim etishga imkon beradi. 

Turli  tuman  qurilmalarni  global  tarmoqqa  ulanish  g‘oyasi  “buyumlar 

interneti” (Inter-net of Things – IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows Embedded 

bosh  menenjeri  Kevin  Dallas  fikriga  ko‘ra,  buyumlar  interneti  g‘oyasi  ko‘p 

yillardan buyon mavjud, ammo bunday  tarmoqni amalga oshirilishi uchun birgina 

                                                 

8

 

Медведев А. Облачные техноло гии: тенденции развития, примеры исполнения // Современные технологии 



автоматизации. 2013. № 2. С. 6– 9. 

 



58 

 

bo‘g‘in – bulut texnologiyasining yaratilmaganligi edi 



9

Protsessor  narxlarini  tushib  borishi  natijasida  foydalanishdagi  umumiy 



kompyuterlar soni ortib bormoqda va shuningdek, o‘z navbatida ishlov beriladigan 

uzatilayotgan ma’lumotlar (ko‘p hollarda  ayni damda) hajmi  Internet tarmog‘idan 

foydalanuvchilar  sonini  ortib  borishiga  parallel  holda  ortib  bormoqda.  Demak, 

yaqin  istiqbolda buyumlar  interneti va bulutli hisoblashlar ahamiyati yanada ortib 

boradi  va  ijtimoiy  hamda  iqtisodiy  faoliyatga  to‘liq  kirib  boradi  deb  mushoxada 

qilish isbot talab qilmaydigan fikr hisoblanadi.  




Download 8,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   428




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish