O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Montaj ishlarini bajarishda mehnat muxofazasi



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

9.7. Montaj ishlarini bajarishda mehnat muxofazasi 
 
Montaj ishlari qurilish-montaj ishlarining butun majmumasi ichida eng 
xavflisi hisoblanadi, chunki bu ishlar odatda, konstruktsiyalarning og‘ir 


501 
elementlarini ko‘chirish va o‘rnatish bilan bog‘liq hamda katta balandlikda 
bajariladi. 
Qurilish maydonida montajning texnologik zonasi ya’ni ishchi zona
omborlar zonasi, dastlabki yig‘ish va elementlarni yerdan o‘rnatiladigan joyga 
tashish nishonlar bilan belgilanishi lozim. Yuqori xavfga ega bo‘lgan zona – bir 
nechta montaj mexanizmlarning tutashgan montaj uchastkalarida, vertikal bo‘yicha 
bir yoki turli sathlarida ishlashiga ayniqsa alohida e’tibor qaratilishi kerak.
Montaj va yordamchi ishlarga yig‘ma elementlarni tushirish, taxlash hamda 
ilish uchun ishchilarga faqat 
kirish instruktaji
o‘tkazilgandan keyingina ruxsat 
beriladi. Yuqoridagi ishlarni amalga oshiriga 4-razryad (toifa) dan past bo‘lmagan 
18 dan katta yoshdagi va ish staji kamida ikki yil bo‘lgan montajchilarga ruxsat 
etiladi. Bu ishlarga ruxsat olish uchun xavfsizlik texnikasidan o‘quv kursini o‘tash 
va zarur sinovlarni topshirishi lozim. Bilimlar yiliga kamida bir marta tekshiriladi, 
bir yilda kamida ikki marta tibbiy ko‘rikdan o‘tiladi.
Yuk ushlovchi moslamalar, stroplar va boshqa inventarlar yuk ko‘tarish 
qobiliyati ko‘rsatilgan birkalar bilan ta’minlanishi kerak. Ular yiliga kamida ikki 
marta ikki karrali yuklamaga sinaladi, tekshiruv natijalariga ko‘ra maxsus 
pasportlar beriladi.
Yuqorida ishlaganda montajchilar albatta montaj belbog‘larini taqib olishadi 
va mahkamlovchi moslamasi bo‘lgan zanjir yordamida o‘zlarini montaj 
qilinadigan konstruktsiyalarning halqalariga yoki tortilgan hamda mahkamlangan 
sim arqonlarga bog‘lab qo‘yiladi. Ishchi asboblar tushib ketmasligi uchun 
qutichalarda yoki sumkalarda turishi kerak. Elementlarni ko‘tarishda ularning 
tebranish yoki buralishlishini oldini olish uchun ular albatta tortqilar bilan bog‘lab 
tortiladi. Ko‘tarilgan elementlarni ishdagi tanaffus bo‘lgan paytlarda osilgan holda 
qoldirish ta’qiqlanadi. Har qanday yuklarni ko‘tarish montaj krani polispastining 
faqat vertikal holatida, ya’ni ko‘tarilayotgan elementni tortmasdan ruxsat etiladi. 
Ko‘tarilayotgan yukniing massasi kran strelasining tegishli qulochida uning yuk 


502 
ko‘tara olish qobiliyatidan kichik yoki unga mos bo‘lishi kerak; quloch va yuk 
ko‘tarish qobiliyati orasidagi bog‘liklikning tegishli jadvali mashinistning ish 
joyiga osilgan bo‘lishi kerak.
Qurilish maydonchasida o‘tish va yurish yo‘llari quriladi, ko‘rinadigan 
joylarda xavfli va ta’qiqlangan zonalar ko‘rsatkichlari mahkamlab qo‘yiladi. Tungi 
paytlarda qurilish maydoni albatta yoritilishi kerak. Shamol tezligi 10...12 m/s 
bo‘lganda minorali kranlar bilan montaj qilish ta’qiqlanadi, relslarda yuruvchi kran 
qochmaslik moslamalari bilan maxkamlanadi; shamol tezligi yuqori bo‘lganda 
kran tortqilar bilan bog‘lanadi. 
Yuk ko‘taruvchi moslamalar har bir ta’mirlashdan so‘ng ularning 
me’yordagi yuk ko‘tarish qobiliyatidan 1,25 marta ortiq bo‘lgan yuklanishda 10 
minut davomida sinaladi. Yuk ko‘taruvchi moslamalarni ko‘rik sinov natijalari 
hisobga olish jurnaliga kiritiladi. Ko‘riklar quyidagicha bajariladi: traverslar uchun 
har 6 oyda; strop va idishlar uchun har 10 sutkada; boshqa ushlagichlar uchun – 
har oydan keyin. 
Montaj va montajdan keyingi ishlarni bitta qamrovda, lekin turli 
gorizontlarda bajarishga ruxsat etilmaydi. Ayrim hollarda bunga istisno qilinadi, 
ammo bunda satxlardagi uzilish uchta ora yopmadan kam bo‘lmasligi kerak. 
Xavfli zona chegarasi yukni kran bilan ko‘chirishda tushib ketishi mumkin 
bo‘lgan joydan gorizontal bo‘yicha masofasi bilan belgilanadi. Yukni maksimal 
ko‘tarish balandligi 20 m gacha bo‘lganda bu masofa 7 m dan kam bo‘lmasligi 
kerak, 100 m gacha balandlikda kamida 10 m dan, balandlik undan yuqori 
bo‘lganda bu masofa ishlarni bajarish loyihasida belgilanadi. 
Montaj qilingan qavatlararo ora yopmalar va tom yopmalari keyingi ishlar 
boshlangunga qadar to‘siqlar bilan to‘silishi kerak. Bu talab yirik panelli va yirik 
blokli binolarni montaj qilishda bajarilmaydi, ammo oxirgi montaj qilinayotgan ora 
yopmada ishlayotgan montajchilar himoya belbog‘larini bino konstruktsiyasining 
ishonchli elementlariga mahkamlashlari (bog‘lashlari) kerak. 


503 
Ob-havo sharoitlari o‘zgarganda alohida extiyotkorlik choralarini ko‘rish 
toqazo etiladi. Shamol tezligi 15 m/s va undan ortiq bo‘lganda, muzlash oqibatida 
yuzaga kelgan yaxvonlikda, momoqaldiroq payti va tuman tushganda balandlikda 
ochiq joylarda montaj ishlarini bajarishga ruxsat etilmaydi. Yirik o‘lchamli devor 
panellarini va shunga o‘xshash konstruktsiyalarni ko‘chirish va o‘rnatish bo‘yicha 
ishlarni shamol tezligi 10 m/s va undan ortiq bo‘lganda to‘xtatish lozim.
Montaj qilishda tok urishini va yong‘in xavfi vujudga kelishni istisno 
qiluvchi payvandlash ishlarining xavfsiz usullariga katta e’tibor qaratilishi kerak. 
Yomg‘ir ostida, momoqaldiroq paytida, kuchli qor yog‘ayotganda va shamol 
tezligi 5 m/s dan ortiq bo‘lganda payvandlash ishlarini olib borish ta’qiqlanadi.
30 m dan baland binolarni montaj qilishda ishchilarni yuqoriga ko‘tarish va 
tushirish uchun albatta ko‘targichlar yoki liftlar o‘rnatilishi kerak. 


504 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish