O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI
« Nazorat-o’lchov asboblari » fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Shahrisabz – 2022
5320300 - « Texnologik mashinalar va jixozlar (oziq-ovqat va kimyo sanoati)» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalar uchun «Nazorat-o’lchov asboblari» fanidan ma’ruzalar matni. Shahrisabz: TKTI Shahrisabz filiali, 2022 yil.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma talabalarga «Nazorat-o’lchov asboblari» fanidan olingan nazariy bilimlarni mustaxkamlashga mo‘ljallangan ma’ruzalar matni hisoblanadi.
Tuzuvchilar: Axmedov A.A – TKTI Shahrisabz filiali «Oziq ovqat maxsulotlari texnologiyasi» assistenti.
Tursunov A.R – TKTI Shahrisabz filiali «Oziq ovqat maxsulotlari texnologiyasi» assistenti.
Тақризчилар:
Norqobilov A.T – Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedra mudiri, dotsent.
Tashatov A.Q - Qarshi Davlat universiteti “Fizika matematika” fakulteti fizika matematika fanlar doktori professor.
Fanning uslubiy ko’rsatmasi “Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi” kafedrasining 2021 yil “_____”_______dagi”____”-son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va filial kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri:________________A.T.Norqobilov
KIRISH.
Hozirgi zamon fani va texnikasining jadal ravnaqi muhandis-texnik hodimlarning nihoyatda yuksak bilim saviyaga ega bo’lishini, binobarin, oliy o’quv yurtlarida ularni tayyorlash uslubini muttasil takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu muammoni hal etishda, ya’ni talabalarni samarali o’qitishda mashg’ulotlarda nazariya bilan amaliyotni puxta, birga qo’shib olib borish ayniqsa muhim ahamiyatga ega, chunki amaliy ishlarni izchil o’tkazish talabalarning ma’ruza darslarida olgan bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi.
Oliy o’quv yurtlarining elektrotexnika, elektromexanika, elektronika va shu kabi sohalardan biri bu Nazorat-o’lchov asboblardir. U o’lchash qonun qoidalari, shuningdek o’lchash asboblari tuzilishi hamda ishlash prinsiplarini o’rgatadi.
Talabalar fanning nazariy qismidan olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la namoyish qilishlari uchun amaliy ishlarni shunday tashkil etish kerakki, asbob-uskuna va boshqa vositalardan unumli foydalanib, berilgan o’lchash sxemalarini mustaqil ravishda yig’a olishsin.
Asosiy qoida va tushunchalar.
O’lchash vositalarini tayyorlash va o’lchash axborotlarini olish uchun ularni qo’llash hamda shu borada yuzaga keladigan ilmiy masalalar bilan shug’ullanuvchi fan va sohaga o’lchash texnikasi sohasi deb ataladi.
Fizik kattaliklarni o’lchash- o’lchanayotgan kattaliklarni shartli ravishda o’lchov birligi sifatida qabul qilingan xuddi shu jinsdagi kattalik bilan taqqoslash demakdir. Shuning uchun ham berilgan kattaliklarni uning o’lchash birligi deb qabul qilingan qiymati bilan solishtirish jarayoniga o’lchash deb ataladi.
O’lchash- maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar qiymatlarini tajriba yo’li bilan topish demakdir.
O’lchanayotgan kattaliklarni o’lchov birligi yoki o’lchov bilan taqqoslash uchun mo’ljallangan moslama o’lchash asbobi deb ataladi.
O’lchov birligi - o’lchash natijasi ko’rsatilgan birlikda ifodalangan va o’lchash xatoligi berilgan ehtimollikda ma’lum bo’lgan o’lchash holatidir.
O’lchash aniqligi - o’lchash kattaligining haqiqiy qiymatlariga o’lchash natijalarini yaqinligini aks ettiruvchi o’lchash sifatidir.
Fizik kattaliklarni elektr o’lchash vositalari yordamida o’lchash elektr o’lchash deyiladi va u hozirgi vaqtda elektr va noelektr kattaliklarni o’lchashda keng ko’lamda qo’llaniladi. Buning boisi shundaki, bu usul qo’llanilganda elektr o’lchashlarni masofadan turib, yuksak aniqlik va o’ta sezgirlik bilan amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Haqiqatdan ham qurilmalarning ish holatini muttasil ravishda kuzatib borish, iste’molchilardagi elektr parametr va kattaliklarni hisobga olish maqsadida elektr zanjirlariga har xil elektr o’lchash asboblari ulanadi. Bu asboblar o’z navbatida tok kuchi, kuchlanish, qarshilik, quvvat, tok davr tezligi, sarflangan elektr quvvati va hokazolarni o’lchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |