Adabiyotlar
1
.
Технологический регламент производства бутилового каучука цеха полимеризации и
дегазации №1307 БК5, выделения сушки и брикетирования каучука №1308 БК6 завода
бутилового каучука ОАО «Нижнекамскнефтехим» 2005г.
2. Пат. 85894 RU, 2009105046/22 Устройство аппарата для дегазации крошки каучука /
В.И. Елизаров, Д.А. Кириллов, Д.В. Елизаров. заявлено 13.02.2009; опубл. 20.08.2009, Бюл. №
23.
1
2
3
10
IQTISODIYOT OB
ʼ
EKTLАRIDА FАVQULODDА VАZIYATLАRDАN
MUHOFАZАLАNISh REJАLАRINING XUSUSIYATLАRI
Аbidova F.А.
Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir
boʼlganida harakat qilish boʼyicha yaxlit davlat tizimi va uning muvofiqlashtiruvchi organi
Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi, sohaning zarur meʼyoriy-
huquqiy bazasi shakllantirildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarning
favqulodda vaziyatlar profilaktikasi, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha
imkoniyatlarini mustahkamlash borasida koʼlami va mazmuniga koʼra salmoqli ishlar amalga oshirib
kelinmoqdi.
Oʼzbekiston Respublikasi "Аholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʼgʼrisida"gi Qonunida aholini muhofaza qilishni
taʼminlash maqsadida, korxona va tashkilotlar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʼyicha
zarur choralarni rejalashtirishlari, moliyalashlari va amalga oshirishlari zarurligi belgilangan.
Аholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish rejasi- bu qoʼyilgan
vazifalarni muvoffaqiyatli bajarilishiga yordam berishi kerak boʼlgan muhofaza tadbirlarining
oldindan ishlab chiqilgan, asoslangan, moddiy taʼminlangan majmuasidir.
Iqtisodiyot obʼektlarida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf qilish harakatlari
rejasi” yaʼni harakatlar ishlab chiqiladi. Ushbu reja tinchlik va harbiy davrlariga alohida-alohida
ishlab chiqiladi. Rejani ishlab chiqishga bir qancha talablar qoʼyiladi.
Rejaning toʼliq ishlab chiqilishi oʼzini muvaffaqiyatli bajarilishini va bosh vazifa-aholi va
moddiy boyliklar muhofaza qilinishi hal etilishini taʼminlaydigan tadbirlar kompleksi ishlab
chiqilishidan iborat. Shuning uchun rejada aniq tadbirlar, ularning mazmuni, shakli, muddatlari va
bajaruvchilari koʼrsatiladi.
Reja boʼlimlarining bayoni qisqa boʼlishi ulardan foydalanish oson boʼlishi uchun talab
qilinadi. Shuning uchun rejaning mazmunli boʼlishiga undagi hamma tadbirlar toʼliq ishlab chiqilgan
grafik yoʼl bilan erishiladi. Buning uchun sxema-xaritada obʼektlar, ish turlari va hajmi shartli belgilar
bilan tasvirlanadi. Tushuntirishlar jadvallar, chizmalar, grafiklar, suratli sharhlar tarzida beriladi.
Vaqtni qatʼiy hisobga olinishi rejalashtirilgan har bir tadbir sifatli va toʼliq hajmda bajarilishini
taʼminlash uchun zarur hisoblanadi.
Rejaning aniq va real boʼlishi u bajarilishining zarur tartibi hisoblanadi. Buning uchun
iqtisodiyot obʼektlarida sodir boʼlish ehtimoli mavjud boʼlgan favqulodda vaziyatlarning turlari,
mahalliy sharoit, ehtimol boʼlgan vayronlik, uyulma, talafotlar, moddiy zarar oldindan
bashoratlanadi, oqibatlari yoʼqotilishi uchun zarur fuqaro muhofazasi kuch va vositalariga boʼlgan
talab hisoblab chiqiladi.
Iqtisodiyot obʼektlarida harakatlar rejasining ishlab chiqishda oldindan belgilangan boʼlim va
ilovalari ishlab chiqiladi. Harakatlar rejasining birinchi boʼlimida obʼektning texnik tavsifi yoritiladi.
Bunda quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: obʼekt joylashgan joyi va maydoni, ishchi-xodimlarlarning
umumiy soni, ish smenalarining boshlanish va tugash vaqti, muxandistlik tizimlari va koʼshimcha
manbalar; imoratlarning konstruktsiyasi; sexlardagi yongʼindan xavfli moddalar ishlatiladigan
uchastkalar, omborlar, ularda saqlanadigan yongʼindan xavfli, kuchli taʼsir etuvchi zaharli
moddalarning turi va miqdori; muhofaza inshootlari, shaxsiy muhofaza vositalari toʼgʼrisida
maʼlumot yoritiladi. Bulardan tashqari obʼektga taʼsir etishi mumkin boʼlgan atrofdagi potentsial
xavfli obʼektlar, temir yoʼllar toʼgʼrisida maʼlumotlar ham shu qismida keltiriladi.
Yengil sanoatga qarashli paxta tozalash korxonalarida harakatlar rejasining shu qismi ishlab
chiqilayotganida yongʼinlar yuzaga kelishi mumkin boʼlgan joylar, uchastkalar yoritiladi. Yigiruv
fabrikalarining chiqindilar toʼplanadigan sexlari, bundan tashqari hom ashyo va tayyor maxsulot
omborlarida, titish savash sexlarida va matolar koʼp miqdorda toʼplanishi tabiiy. Lekin bu xonalarda
maʼlum extiyot choralari koʼrilmasdan ochiq alanga manbai ishlatilsa yongʼin chiqish mumkin.
11
Tadqiqotlarning koʼrsatishicha, toʼqimachilik korxonalarida yongʼin chiqishining eng koʼp hollari
titish agregatlari 31,0% hamda savash mashinalariga 45,2 % toʼgʼri kelar ekan.
Toʼqimachilik sanoati korxonalarida yongʼinning asosiy sabablari quyidagilar: mashina
qismlarining ishqalanishi, aylanuvchi qismlariga tolalarning oʼralashib qolishi, mashina ichiga metall
tushib qolishi, elektr uskunalaridagi nosozliklar, ekspluatatsiya qoidalarining buzilishidir. Shu sababli
yongʼin xavfsizligini talablariga rioya qilish, doimiy nazorat qilishni amalga oshirilishi muxim
hisoblanadi. Bunda esa korxonalarni yongʼindan va tutundan darak beruvchi asboblar, avtomatik oʼt
oʼchirgichlarning mavjudligi hamda ish holatida saqlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Harakatlar rejasida ikkinchi boʼlimi birinchi qismida favqulodda vaziyatlar xavfi tugʼilganda,
ikkinchi qismida esa favqulodda vaziyatlar sodir boʼlganda bajariladaigan tadbirlar ishlab chiqiladi.
Rejaning ikkinchi boʼlimning birinchi qismi “Yirik ishlab chiqarish avariyalari, xalokatlari
tabiiy ofatlar sodir boʼlish xavfi tugʼilganda” deb nomlanadi hamda yuqori tayyorgarlik rejimida
bajariladigan quyidagi asosiy tadbirlar rejalashtiriladi:
favqulodda vaziyat sodir boʼlish xavfi tugʼilgani haqida boshqaruv organlarini, ishchilar va
xizmatchilarni va qolgan aholini xabardor qilish tartibi;
favqulodda vaziyatni oldini olish yoki ular taʼsirini kamaytirish tadbirlarining hajmi, amalga
oshirilish muddatlari va tartibi, jalb etiladigan kuchlar va vositalar.
obʼekt fuqaro muhofazasi (FVDT) kuchlarini, mavjud muhofaza inshootlarini shay holga
keltirish.
shaxsiy muhofaza vositalarini ishchi va xizmatchilarga berishga tayyorlash va berish.
ishchi–xodimlarni evakuatsiya qilish va koʼchirish uchun avtotransportni va shahardan tashqari
zonani tayyor holga keltirish.
aholini tibbiy va epidemiyaga qarshi muhofaza qilish tadbirlarini oʼtkazish.
yongʼindan saqlash profilaktik tadbirlar oʼtkazish.
ishlab chiqarishni avariyasiz toʼxtatishga tayyorlash.
Harakatlar rejasining ikkinchi boʼlim ikkinchi qismi “Yirik ishlab chiqarish avariyalari,
halokatlari va tabiiy ofatlar sodir boʼlganda” deb nomlanadi hamda favqulodda rejimida amalga
oshiriladigan tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda favqulodda vaziyat sodir boʼlgani haqida boshqaruv
organlariga, ishchi va xizmatchilarga, qolgan aholiga xabar berish, favqulodda vaziyat oʼchogʼida
razvedkani tashkil etish va sharoitni oldindan bashoratlash, qutqarish va boshqa shoshilinch ishlarga
jalb qilingan kuch va vositalarni shaylik holatiga keltirish tadbirlari rejalashtiriladi. Bundan tashqari
ishchi xodimlarni muhofaza inshootlariga yashirish, ularga shaxsiy muhofaza vositalarini tarqatish,
xavfsiz hududga evakuatsiya qilish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Harakatlari rejasiga quyidagilar ilova qilinadi:
1. Fuqaro muhofazasi boshligʼining favqulodda vaziyatni tugatish qarori.
2. Favqulodda vaziyatlar xavfi tugʼilgandagi va ular sodir boʼlgandagi bajariladigan
tadbirlarning takvim (kalendar) rejasi.
3. Obʼekt fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining hisobi.
4. Ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlar xavfi tugʼilganda boshqaruv,
xabarlash va aloqani tashkil qilish chizmasi.
Shunday qilib, iqtisodiyot obʼetlarida harakatlar rejasini ishlab chiqishda rejaning tuzilishi
hamda qoʼyilayogan talablarni inobatga olgan holda, aniq va real ishlab chiqish, iqtisodiyot
obʼektlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olishda samarali yordam beradi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |