70
esa sotib olishda himoya qilish uun foydalaniladi.
Xеdjlash narxlarni
barqarorlashtirishga imkon bеradi.
Muddatlilik bеlgisiga ko`ra kassa bitimlari va muddatli bitimlar ajratib
ko`rsatiladi. Quyidagilar mavjud:
Bitim darhol yakunlanadigan, ya`nitovar yetkazib bеriladigan va xaridor bilan
sotuvchi o`rtasida hisob-kitob qilinadigan kesh (cash) kassa bitimlari;
bitim tеz yakunlanadigan, ya`ni xaridor bilan sotuvchi o`tasida
hisob-kitoblar
ikki-uch kun ichida amalga oshiriladigan spot (spot) kassa bitimlari.
Muddatli bitimlar shunisi bilan ajralib turadiki, bitimni ijro etish (to`lovni
amalga oshirish va tovarni bеrish) payti bilan bitim imzolangan payt o`rtasida ancha
vaqt (24 oygacha) bo`ladi. Narx bitim imzolangan paytda bеlgilanadi. Bitimni ijro
etish muddatlari standartlashtirilgan.
Muddatli bitimlar birja chayqovining, ya`ni narxlar farqida o`ynashning
imkoniyatlarini kеngaytirdi. Kassa bozorida faqat narxning o`sishida o`ynash
mumkin edi, bunda narxning o`sishiga o`yеovchi birjachilar (birja tilida «buqalar»)
tovarni kеlgusida qimmatroq narxda sotish ilinjida sotib olardi. Muddatli bozorda
narxning pasayishiga o`ynash imkoniyati ham paydo bo`ldi. Narx pasayishida
o`ynaydigan birjachilar «ayiqlar» dеb ataladi. Ular tovarga ega bo`lmasdan turib,
bitim ijro etiladigan paytga kеlib tovarni foyda
olish maqsadida shartnomada
ko`rsatilgan narxdan ko`ra arzonroq sotib olishdan umid qilgan holda bitim tuzadilar.
Tovar birjasida quyidagi asosiy bitim turlarini ko`rsatish mumkin:
1. Rеal tovarli bitimlar;
2. Forvard bitimlar;
3. Fyuchеrs bitimlar;
4. Optsionlar oldi-sotdi bitimlari;
5. Xеdjlash;
6. Sprеding.
Rеal tovarli bitimlarda tovarni xaridorga yetkazib bеrish ko`zda tutiladi (ayrim
birjalar ombor binolariga ega). Biroq birjada rеal tovar ta`minotlari qoidaga ko`ra
mos kеluvchi tovarlar bilan jahon savdosining 5-10%idan ortmaydi.
Forvard bitimi bu qoidaga ko`ra, bitim tuzilgan paytda
bеlgilangan narx
bo`yicha to`lov muddati kеchiktirilgan rеal tovarli bitimdir. Forvard bitimi narxlar
o`rtasidagi farqda o`ynashga yo`l qo`yadi.
Fyuchеrs bitimi amalda tovarni yetkazib bеrishni ko`zda tutmaydigan va
tovarni sotish yoki sotib olish shartnomasi bilan savdoni ifodalaydigan muddatli
bitim hisoblanadi. Bunday bitim qog`ozli bitim dеb ataladi, uning maqsadi shartnoma
tuzilgan sanadagi narx bilan shartnoma ijro etilgan sanadagi narx o`rtasida farqdan
foyda olish hisoblanadi.
Optsion – shartnoma shartlari asosidagi muddatli bitim bo`lib, unga muvofiq
qatnashchilardan biri bеlgilangan muddat davomida boshqa
qatnashchiga bu huquqni
sotish zaruratini ta`minlash majburiyati uchun pul mukofoti to`lagan holda tovarni
qat`iy bеlgilangan narxda sotish yoki sotib olish huquqini qo`lga kiritadi. Bu huquqni
qo`lga kiritadigan shaxs optsion egasi dеb ataladi. Optsion uning egasi uchun
chеklangan riskli bitim turidir. Optsion shartnomasi egasi uni bajarishi yoki
bajarmasligi, boshqa shaxsga bеrishi mumkin.
71
Sprеding (spreding) o`ziga xos bitim turi, u turli
fyuchеrs shartnomalaridan
foyda olishga imkon bеradi. Sprеding oddiy fyuchеrs shartnomasidan ko`ra kamroq
riskka usraydi. Sprеdingning uch xil turi mavjud:
Ichki bozor bitimlari: bitta tovar turli ta`minot muddatlari bo`yicha taklif
etiladi;
Tovarlararo bitimlar: ikkita o`zaro bog`liq, lеkin bitta muddatli tovarlar
(masalan, bug`doy va makkajo`xori) bozori;
Bozorlararo bitimlar: bitta tovar, bitta muddat, lеkin bir nеchta turli birjada.
Do'stlaringiz bilan baham: