O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

5.
 
To’lov balansi va uni tartibga solish yo’llari
 
Mamlakat to’lov balansining holati bugungi kunda nafaqat mamlakatning 
xalqaro operatsiyalarini aks ettiruvchi oddiy hujjat, balki ushbu mamlakat 
iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, uning iqtisodiy-geografik va investitsion 
imkoniyatlari, oltin-valyuta zaxiralari va mavjud valyuta munosabatlarining qay 
darajada ekanligi hamda xalqaro raqobatbardoshligi haqida aniq xulosalar 
shakllantirish imkonini beruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.
 
To’lov balansi bu shunday hujjatki, unda mamlakatning xorijiy davlatlar 
bilan bo’ladigan aloqalari natijasida yuzaga keladigan valyuta tushumlari va 
to’lovlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. To’lov balansi – ma’lum vaqt 
oralig’ida rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi barcha o’tkazmalarning 
o’lchovidir. 
To’lov balansining standart komponentlari hisobvaraqlarning ikki asosiy 
guruhi bo’yicha ajratilishi mumkin: 


302 
– joriy operatsiyalar hisobvarag’i, unda tovarlar, xizmatlar, olingan 
daromadlar va joriy transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy bitimlar hisobga 
olinadi; 
– kapitallar va moliyaviy instrumentlar bilan bog’liq operatsiyalar 
hisobvarag’i, unda kapital transfertlari, nomoliyaviy aktivlarni sotib olish, 
shuningdek, moliyaviy talablar va majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalar 
hisobga olinadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda to’lov balansi moddalarining uch asosiy analitik 
guruhlari ajratib ko’rsatiladi: 
1) savdo balansi; 
2) joriy operatsiyalar balansi; 
3) umumiy to’lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi. 
Joriy operatsiyalar hisobvarag’ining muhim tarkibiy qismi – bu savdo 
balansi bo’lib, tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi farqni ifoda etadi. Savdo 
balansining o’zgarishi turlicha talqin qilinishi mumkin. Masalan, eksportning 
importdan oshishi mamlakat tovarlariga jahon bozorlarida talabning oshganligi 
bilan izohlanadi. Agar butun dunyo mazkur mamlakatning eksport tovarlarini 
xarid qilsa, shuningdek, uning rezidentlari mahalliy tovarlarni import tovarlaridan 
afzal bilsa, demak xulosa qilish mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining holati 
yaxshi hisoblanadi. Aksincha, savdo balansining defitsiti mazkur mamlakat 
eksport tovarlarining etarli darajada raqobatbardosh emasligi va aholi turmush 
tarzini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko’rish lozimligidan dalolat berishi 
mumkin. Bunday tahlil agar savdo balansidagi o’zgarish haqiqatda mazkur davlat 
tovarlariga bo’lgan talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga 
muvofiq sanaladi. Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri ham sezilarli 
bo’lishi mumkin. Jumladan, qulay investitsion muhit mamlakatga xorijiy 
investitsiyalar oqimini rag’batlantirish bilan birga xorijdan sotib olinadigan asosiy 
vositalar miqdorining ham ortishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu holat ham savdo 
balansi defitsitini yuzaga keltiradi, lekin mamlakat iqtisodiyotiga keskin salbiy 
ta’sir ko’rsatmaydi. 
Joriy operatsiyalar balansi kengroq axborotni o’zida jamlab, tovar va 
xizmatlar harakati bilan bog’liq aktivlar oqimini aks ettiradi. Joriy operatsiyalar 
bo’yicha ijobiy saldo tovar, xizmat va xadyalar harakati bo’yicha kredit debetdan 
yuqoriligini anglatadi. Boshqacha aytganda, ijobiy saldo mamlakat boshqa 
mamlakatlarga nisbatan netto investor hisoblanadi. Aksincha joriy operatsiyalar 
bo’yicha defitsit mamlakatning sof qarzdor ekanligidan dalolat beradi. 
Merkantilistlar iqtisodiy maktabining kontseptsiyasiga muvofiq, muvozanat 
joriy operatsiyalar balansi atamasida aniqlangan. Bunda ta’kidlab o’tilgan saldo 
kapitallar harakati, mamlakat oltin-valyuta zaxiralaridagi o’zgarishlarni hisobga 


303 
olmagan. Shunday qilib, merkantilist maktabi namoyondalari fikricha, iqtisodiy 
siyosatning maqsadi joriy operatsiyalar hisobvarag’i bo’yicha ijobiy saldoni 
maksimallashtirish va shuning asosida, mamlakatda oltinning jamlanishiga 
erishishdan iborat bo’ladi. 
Joriy operatsiyalar balansi defitsitining uzoq muddatli xorijiy kapital 
hisobidan moliyalashtirilishi muvozanat mezoni sifatida to’lov balansining 
umumiy saldosi tushunchasining paydo bo’lishiga olib keldi. 
To’lov balansining davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi quyidagi 
sabablar bilan izohlanadi: 
Birinchidan, to’lov balansiga muvozanatsizlik xos bo’lib, bu holat yoki 
defitsit, yoki haddan tashqari aktiv qoldiq ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu 
nomutanosiblik valyuta kursi dinamikasiga, kapital oqimiga, iqtisodiyotning 
holatiga qattiq salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, AQSh, joriy operatsiyalaridagi 
defitsitni milliy valyuta bilan qoplash natijasida, inflyatsiyani boshqa davlatlarga 
eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi dollar ortiqchaligini 
keltirib chiqardi va XX asrning 70-yillarida Bretton-vuds tizimining izdan 
chiqishiga olib keldi. 
Ikkinchidan, XX asrning 30-yillarida oltin-deviz standarti joriy qilingandan 
so’ng, to’lov balansini muvozanatlashtirishning baho mexanizmi ish bermay 
qo’ydi. Shu sababli ham, to’lov balansini davlat tomonidan ma’lum tadbirlar 
orqali boshqarilishi maqsadga muvofiq bo’lib qoldi. 
Uchinchidan, xo’jalik aloqalari tobora globallashib borayotgan hozirgi 
davrda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida to’lov balansining 
roli borgan sari ortib bormoqda. To’lov balansini muvozanatlashtirish vazifasi 
— davlatning barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlash, inflyatsiyani jilovlab turish 
va ishsizlikni kamaytirish kabi vazifalar bilan bir qatorda e’tirof etilmoqda. 
To’lov balansini muvozanatlashtirish, odatda, bir qancha ichki va tashqi 
omillarning to’lov balansiga ta’sirini baholashni taqozo etadi. Aktiv balansga ega 
bo’lgan davlatlar, xalqaro hisob-kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda 
makroiqtisodiy barqarorlikni mavjud bo’lishidan manfaatdor bo’ladi.
Defitsitli to’lov balansiga ega bo’lgan davlatlar esa, aktiv balansga ega 
bo’lgan o’z hamkorlaridan import bo’yicha cheklovlarni kamaytirish, mazkur 
mamlakatlarga kapital chiqarilishini rag’batlantirish kabilarni talab qiladi. 
To’lov balansida defitsit mavjud bo’lgan davlatlar tomonidan, eksportni 
rag’batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni 
jalb qilishga, kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi 
tadbirlar qo’llaniladi:

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish