O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

davlat 
byudjeti mexanizmi
vujudga keladi. Davlat byudjeti mexanizmi deyilganda, 
odatda, faqat moliyaviy resurslarni davlatning qo’lida to’plash (akkumulyatsiya 
qilish) va ularni davlat byudjeti kanallari bo’yicha taqsimlashning amaldagi tizi-
migina nazarda tutilmasdan, balki takror ishlab chiqarish-ning barcha 
bosqichlariga bu jarayonning faol ta’siri ham tushuniladi. Bu mexanizmning 
detallari juda ko’p: soliqlar va byudjetga to’lovlar, byudjetdan moliyalashtirishning 
turli shakllari, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va boshqalar ana shular 


161 
jumlasidandir. Davlat byudjeti mexanizmi ishlashining samaradorligi unga 
tegishli bo’lgan detal-larning o’zaro ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog’liq-
ligi bilan belgilanadi. 
Mamlakatning moliya tizimida davlat byudjeti markaziy o’rin egallaydi. 
Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali davlatning qo’lida katta 
hajmdagi moliya-viy resurslar to’planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini 
qondirishga sarf etiladi. Davlat byudjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga 
olgan holda ustuvor yo’nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy 
vosita bo’lib xizmat qiladi. 
Ustuvor yo’nalishlar uchun davlat byudjeti yordamida moliyaviy resurslarni 
jamlash bir necha usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda, 
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal sur’atlar bilan rivojla-nishini 
ta’minlash maqsadida byudjetdan ajratilayotgan mablag’larning hajmi oshiriladi. 
Boshqa hollarda esa, o’sha sektorlardan mablag’larni davlat byudjetiga olishda qulay 
sharoit yaratiladi. 
Davlat byudjeti iqtisodiyotning alohida tarmoqlarining rivojlanishida asosiy 
manba rolini ham o’ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida 
milliy iqtiso-diyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bo’lsa, uning paydo 
bo’lishini hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalash-tirishsiz tasavvur etib 
bo’lmaydi. 
Faoliyat ko’rsatayotgan subyektlarning moliyaviy barqa-rorligini 
ta’minlashda davlat byudjeti katta ahamiyat kasb etadi. Turli obyektiv va 
subyektiv omillarning ta’siri ostida ayrim subyektlarning o’z moliyaviy resurslari 
ularning sog’lom faoliyat ko’rsatishi uchun etarli bo’lmay qolganda chetdan 
mablag’ jalb qilishga ehtiyoj tug’iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga 
soluvchi manba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollar-ning 
barchasida davlat byudjeti mablag’lari subyektlarning o’z manbalari, tarmoq 
ichidagi resurslar, bank kreditlaridan so’ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida 
foyda-laniladi. 
Subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat 
byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: 

moliyaviy resurslarga bo’lgan yangi talabni kelgusi davlat byudjeti yilida 
davlat byudjetiningxarajatlari tarkibiga kiritish; 

moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud davlat byudjeti 
resurslarini manyovr qilish, ya’ni davlat byudjeti kredit-larini bir obyektdan 
ikkinchisiga o’tkazish yo’li bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi 
amaliyotda ayrim subyektlarning o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni 
to’liq o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmas-ligi bilan izohlanadi; 


162 

qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va 
boshqalar. 
Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari bilan qayta 
qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan 
xara-jatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-tirish, eng avvalo, ana 
shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog’liqni saqlash, 
mada-niyat, sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish, ijtimoiy 
nafaqa, aholi uchun muhim aha-miyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni 
byudjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini 
saqlash, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarini moliyalashtirish, 
mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o’z 
vaqtida bajarilishini ta’minlashda davlat byudjetining ahamiyati beqiyosdir. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish