O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

13-MAVZU. MOLIYA NAZARIYALARI 
Reja: 
1. Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari. 
2. Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari 
1. Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari 
Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida markazlashtirilgan va 
markazlashtirilmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanishi va 


316 
foydalanilishiga oid iqtisodiy munosabatlarni o’rgangan moliya fani iqtisodchi-
olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar ta’sirida shakllandi. Ular 
tomonidan yaratilgan moliyaviy nazariyalar jamiyatning haqiqiy ehtiyojlari 
tomonidan tekshirildi hamda agar ular davlat va aholi uchun amaliy tavsiyalarga 
ega bo’lgan va hodisalarning haqiqiy mohiyatini o’zida aks ettirgan bo’lsa, fan 
sifatida e’tirof etildi. Shu munosabab bilan moliya sohasida ilmiy bilimlarni 
shakllantirishga yordam beradigan moliyaning turli nazariyalarini o’rganish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodchi-olimlar tomonidan moliyaga oid ishlab chiqilgan nazariy 
qarashlar moliyaviy qonunchilik va davlat fiskal siyosatining asosida yotadi. 
Xorijiy iqtisodchilar moliyaga oid nazariyalarining birinchi guruhi 
siyosiy 
iqtisod mumtozlarining kontseptsiyalari
bilan izohlanadi. Kapitalistik 
taraqqiyotning dastlabki bosqichidayoq barcha iqtisodiy nazariyalarda moliyaviy 
kontseptsiyalar alohida o’ringa ega bo’lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va 
byudjetning iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy iqtisod klassiklari (Buyuk 
Britaniyada – U.Petti, A.Smit va D.Rikardo, Frantsiyada – P.Baugilber) 
tomonidan tadqiq qilingan.
Moliya fanining asoschisi A.Smit (1723-1790 yillar) o’zining “Xalqlar 
boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” deb nomlangan fundamental 
asarida davlat moliyasining mohiyati to’g’risida ayrim g’oyalarni ishlab chiqdiki, 
ular mehnatning unumli va unumsizligi to’g’risidagi ta’limotga (bu ta’limot 
A.Smitniki) 
asoslangan 
edi. 
Uning 
aniqlashicha, 
bevosita 
kapitalga 
almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa daromadga, ya’ni ish haqi 
va foydaga almashtiriladigan mehnatdir. Ana shu nazariy qarashlardan kelib 
chiqqa holda A.Smit (va undan so’ng D.Rikardo) moliyaviy kategoriyalarga 
(davlatning daromadlari va xarajatlariga) tavsifnoma bergan. U soliqlar hisobidan 
olingan davlat daromadlari barchasining yoki deyarli barchasining unumsiz 
sarflanishini isbotlagan. Shuning uchun ham davlat xarajatlari kapitalning 
jamg’arilishi va milliy daromadning o’sishi imkoniyatlarini qisqartiradi. Ana 
shundan uning soliqlarga nisbatan salbiy munosabati kelib chiqqan. A.Smit 
yaratilgan qiymatni unumsiz sarflaydigan va shu munosabat bilan ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishiga to’siq bo’luvchi davlatning xarajatlarini qisqartirish 
kerak, degan xulosaga keladi. 
A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bo’lsa-da, ular ma’lum bir 
qismi bo’lishining zarurligini e’tirof etgan. Chunki ana shu qism ishlab 
chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini himoya qilishga qaratilgan bo’ladi. 
Uning nazariyasida soliqlar nazariyasiga katta o’rin berilgan. U soliqqa tortishni 
maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi to’rt asosiy printsiplarini
ifodalagan: 


317 

soliqlar ularni to’lovchilarning salohiyatiga va kuchiga muvofiq to’lanishi 
kerak; 

soliqlarning miqdori va ularni to’lash muddatlari aniq belgilangan 
bo’lmog’i lozim; 

soliqlarni undirilish vaqti soliq to’lovchi uchun qulay bo’lmog’i zarur; 

soliqlarni undirishda ularni undirish xarajat-larining minimalligini 
ta’minlamoq kerak. 
Tarixiy jihatdan bu printsiplar tug’ilib kelayotgan burjuaziyaning 
ehtiyojlarini aks ettirgan va feodal jamiyatning asosiy sotsial guruhlari bo’lgan 
bo’lgan zadagonlar hamda ruhoniylarga, feodal davlatning soliqlar bo’yicha 
boshboshdoqligiga qarshi yo’naltirilgan (qaratilgan) edi. A.Smit tomonidan 
ishlab chiqilgan yuqoridagi printsiplar, to’liq bo’lmasa-da, burjua davlatlari 
tomonidan soliq islohotlarini o’tkazishda foydalanilgan. 
Soliqlarning turli ko’rinishlarini (egri (bilvosita) soliqlar, ish haqi hisobidan 
undiriladigan soliqlar va boshqalar) tahlil qila turib, A.Smit jamiyatning iqtisodiy 
taraqqiyoti nuqtai-nazaridan ularga baho bergan. Iste’mol tovarlariga nisbatan 
o’rnatilgan egri (bilvosita) soliqlar ular bahosining oshishiga olib kelgan. Buning 
natijasida ishlab chiqarish xarajatlari o’sgan va oxir-oqibatda esa, ularni sotish 
kamaygan va iste’mol qilish qisqargan. Ish haqidan olinadigan soliqni baholab, u 
bu soliqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik keltiruvchi deb hisoblagan. Chunki
ishchi daromadining soliqqa tortilishi tadbirkor avanslashtirilgan kapitalining 
oshishiga yoki bozor talabiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish 
qobiliyatining pasayishiga olib keladi. 
Shunday qilib, A.Smitning soliq kontseptsiyasi yagona maqsadga – 
kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirish va ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishini tezlashtirishga qaratilgan edi. 
Asosan, xuddi shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823 yillar) ham 
o’zining “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi” asarida himoya 
qilgan. Mehnatning qiymat nazariyasidan kelib chiqqan holda u barcha soliqlar 
so’zsiz ravishda yo kapitalga, yoki daromadga ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblagan. 
Agar soliqlar kapitaldan undirilsa, unumli mehnatni saqlashga mo’ljallangan fond 
qisqaradi. Soliqlar daromaddan olinganda esa, kapitalning jamg’arilishi qisqaradi 
yoki soliq to’lovchining iste’moli kamayadi. Birinchi ehtiyoj predmetlaridan 
olinadigan soliqlar ular bahosining o’sishiga sabab bo’lib, ular iste’mol qiladigan 
tovarlarning 
miqdoriga 
nisbatan 
yuqoriroq 
bo’lgan proportsiyalarda 
iste’molchining gardaniga yuklanadi. D.Rikardoning fikricha, tovarlar va ish 
haqidan undiriladigan har qanday soliqlar, bir xil darajada bo’lmasa-da, ish 
haqining oshishiga va foydaning kamayishiga olib keladi. 
Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda u “soliqlar buyuk 


318 
zulmdir”, degan xulosaga kelgan. Soliqqa tortishning o’sishi yoki hukumat 
xarajatlarining ortishi bilan xalqning iste’moli pasayadi va bu narsa, oxir 
oqibatda, ishlab chiqarishda o’z aksini topadi. Shuning uchun ham hukumatning 
vazifasi kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirishdir. Mamlakatning kelgusi 
ishlab chiqarishini qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa tortmasligi 
kerak. 
Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning izdoshlari) 
davlat xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy siyosatning 
kontseptsiyasini, ko’p jihatdan, aniqlab bergan edi. XUSh asrning oxiri va X1X 
asrning boshlarida ilg’or mamlakatlarning moliyaviy siyosati, yangi sinf – 
burjuaziyaning manfaatlarini ifoda etib, mamlakatning xo’jalik hayotiga 
davlatning aralashmasligi printsipini e’lon qilgan edi. Buning oqibatida davlat 
xarajatlari va foydani soliqqa tortish biroz qisqardi. 
X1X asrda ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda rivojlanishi mehnat va 
kapital o’rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuviga olib keldi. Xuddi shu 
davrning o’zida turli sotsial guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan holda o’z 
siyosatini o’zgartirishga hukumatni chaqiruvchi iqtisodchi-larning tovushlari 
eshitila boshlandi. 
Ingliz olimi J.S.Mill (1806-1873 yillar) mamlakatda sotsial keskinlashuvni 
yumshatish maqsadida daromadlarni taqsimlash sohasida o’zgartirishlar kiritish 
taklifi bilan maydonga chiqdi. Boylikni nisbatan tekisroq (tengroq) taqsimlash 
uchun u tomonidan oqilona soliq tizimining yangi printsiplari ishlab chiqildi. 
Hayot kechirish uchun zarur sanalgan daromadga teng bo’lgan daromadlarni 
soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish g’oyasi aynan 
unga tegishlidir. 
J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga muvofiq 
ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qo’llab-quvvatlashlar uchun o’z 
daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari 
o’rtasida bog’liqlikni o’rnatib, soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda 
bog’lagan. 
Bu holatlar keyinroq shved iqtisodchilari K.Viksel va E.Lindal tomonidan 
yanada rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu nazariya amerikalik iqtisodchi-
olim P.Samuelson qarashlarining shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi va u 
soliqlarning o’sishi davlat xizmatlariga bo’lgan ehtiyojning o’sishi bilan 
kuzatilishi kerak, deb hisobladi. 
Shveytsariyalik iqtisodchi J.Sismondi (1773-1842 yillar) rivojlangan 
davlatlarning moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda tovar xo’jaliklarini himoya 
qilgan. Uning chiqishlari, asosan, protektsionizm siyosatiga (masalan, donni 
import qilish bo’yicha ingliz yuqori bojxona bojlari) qarshi qaratilgan bo’lib, 


319 
bunday siyosatni u millatga ziyon etkazuvchi siyosat deb hisobladi. Ishlab 
chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tegishli sharoitni yaratish borasidagi 
protektsionizm siyosatining ijobiy tomonlarini ko’ra olmasdan, mamlakat 
iqtisodiyotida uzluksiz ravishda katta rol o’ynab borayotgan o’sib boruvchi yirik 
kapitalning ahamiyatini u etarlicha baholay olmadi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish