O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

roli va ahamiyati 
Jahon 
iqtisodiyotining 
rivojlanish 
jarayoni 
xalqaro 
moliya 
munosabatlarining rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog’liqdir. Xalqaro 
moliya munosabatlari jahon xo’jaligining shakllanishi jarayonida alohida o’rin 
tutadi. 
Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo’ja-ligining tarkibiy 
elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini jahon 
xo’jaligining rivoj-lanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida 
baholash mumkin.
Jahon xo’jaligi – bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga 
bo’ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o’zaro bog’liq milliy 
iqtisodiyotlar yig’indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir. 
Jahon xo’jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy 
iqtisodiyotlar holati muhim o’rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar jahon 
iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari 
holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o’rin 
tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya 
munosabatlaridagi ishtirokining 
kuchayishida xalqaro moliya munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini 
samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bog’liqdir. 
Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim 
tarkibiy qismni o’ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro moliyaviy munosabatlar va 
ularni amalga oshirish mexanizmi. Ma’lumki, mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro 
moliya munosabatlari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda 
xalqaro tashkilotlar tomonidan belgi-langan me’yoriy normalar, davlatlararo 
darajadagi shart-noma va bitimlar, mamlakatlar o’rtasida o’zaro qabul qilingan 
kelishuvlarga amal qilinadi.
Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va ularni 
amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va 
konventsiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’l-
yo’riqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari 
kiradi. 
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo’jaligi tizimida tez-tez takrorlanib 
turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning 
hududiy birlashmalari va subyektlari, alohida tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni 
o’z ichiga oladi. 
Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni o’rganishni 
taqozo etadi: 


289 

xalqaro valyuta munosabatlari; 

xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar; 

xalqaro savdo munosabatlari; 

investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati; 

mamlakatlar to’lov balanslarini boshqarish; 

xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; 

xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq. 
Xalqaro moliya munosabatlarining obyektiv asosini xalqaro mehnat 
taqsimoti va jahon xo’jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar tizimi tashkil qiladi. 
Hozirgi zamon jahon xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar yig’indisidan iborat bo’lgan 
global iqtisodiy tizim bo’lib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro 
mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq 
tarzda o’zgarib boradi. 
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta’siri 
quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon bo’ladi: 

Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi o’zgarishlarni 
o’z ichiga qamrab oladi: 

mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish; 

ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning global 
bozorlarini barpo etish; 

jahon xo’jalik aloqalarining global infratuzil-masini yaratish; 

xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtiso-diyotning qoidalarini 
universallashtirish; 

yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tarmoqlarini 
vujudga keltirish. 

Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil topishi. Milliy 
iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan 
birlashish jarayoni hisoblanadi.

Xalqaro moliya bozorlaridagi o’zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda faoliyat 
ko’rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini 
muvofiqlashtirib boradi. 

Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy 
iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o’rin egallash uchun yuqori sifatli 
mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida vujudga keladi. 

Transmilliy korxonalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi. Bu 
holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni kuchayishi, ya’ni, alohida 
mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli xalqaro korxonalar va 
banklar faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning 
kengaytirilishi orqali yuzaga keldi. 


290 

Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Mazkur 
holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali 
ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya munosabatlarining ishtirokchilari uchun 
muayyan shart-sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning 
pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya 
muhitining yaratilishi hamda valyuta cheklovlarining bekor qilinishi kabi 
tadbirlar amalga oshirilishi muhim o’rin tutadi. 

Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me’yoriy-huquqiy bazasini qabul 
etilishi. 

Mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro jihatdan 
tartibga solish va nazorat qilish tizimini tashkil qilinishi. 
Alohida olingan milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya munosabatlaridagi 
ishtirokini bir necha miqdoriy ko’rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin: 
– eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga nisbatan 
foizda hisoblanadi; 

import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga nisbatan foizda 
hisoblanadi; 

tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylanmasi hajmi 
YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi. 
Mazkur ko’rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning xalqaro moliya 
munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin. 
Jahon 
iqtisodiyotida 
ro’y bergan o’zgarishlar xalqaro moliya 
munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tendentsiyalarini belgilab berdi: 

xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama munosabatlardan 
ko’p tomonlama munosabatlarga o’tish; 

jahon xo’jaligida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; 

xalqaro savdo munosabatlarining an’anaviy tovarlar savdosidan milliy 
ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko’rsatish vositasiga aylanib 
borishi; 

kapital migratsiyasining globallashuvi; 

hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada kengayishi va 
jadallashuvi. 
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida kapital-ning xalqaro harakati, 
ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar shaklida u yoki bu mamlakatga 
kirib borishi, shuningdek, xalqaro savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar 
ko’rsatish, texnologiyalar sohasidagi rivoji ijobiy omil sifatida ta’sir 
ko’rsatmoqda. 
Jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisos-lashuvi va 
kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar 


291 
hamda 
ishchi 
kuchi 
migratsiyasi 
xalqaro 
moliya 
munosabatlarining 
rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya bozorlarining taraqqiy etishiga hamda 
transmilliy korxonalar faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning 
boshqa jabhalarini jadal-lashuviga imkon yaratdi 
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazifalari sifatida 
quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 

milliy iqtisodiyotlarning yagona xalqaro tizimga integratsiyalashuvini 
ta’minlash; 

xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashning 
oqilona harakatini tashkil etish; 

milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy o’zgarishlarga 
moslashtirish; 

mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuriti-shida tavsiyalar berish. 
Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga kelib tushgan va 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezedentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga 
keladigan munosabatlarida qo’llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi 
kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi: 
Birinchidan, turli mamlakat rezedentlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarga va 
o’zaro hamkorlikka;
Ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar bilan 
yuzaga keladigan o’zaro munosabatlariga; 
Uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining xalqaro moliya bozorlaridagi 
operatsiyalarini tashkil etishga. 
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro moliya munosabatlari 
tobora rivojlanib bormoqda. Bunda, avvalo mamlakatlar o’rtasidagi savdo 
munosabatlarining taraqqiy etishi alohida o’rin tutmoqda. Ushbu holat o’z 
navbatida xalqaro valyuta munosabatlari va xalqaro xisob-kitoblarning 
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish