O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Buxgalteriya balansi xaqida umumiy tushuncha



Download 322 Kb.
bet5/8
Sana02.05.2021
Hajmi322 Kb.
#63649
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
buxgalteriya balansi

Buxgalteriya balansi xaqida umumiy tushuncha

Buxgalteriya balansi - xo'jalik yurituvchi korxonalarda har oyning birinchi sanasida xo'jalik mablag'larining turlari va tashkil topish manbalari bo'yicha iqtisodiy guruhlashtirish hisoblanadi.


Buxgalteriya balansi jadval shaklida bo'lib, ikki qismdan iborat bo'ladi. Uning chap qismi aktiv deb, o'ng qismi passiv deb ataladi.
Balansning aktiv qismida xo'jalik mablag'lari va ularning joylanishi aks ettirilsa, uning passiv qismida esa xo'jalik mablag'larning tashkil topish manbalari va tayinlanishi aks ettiriladi.
Korxonaning har qanday mulki qaysidir manba hisobidan kelib tushadi. Shuning uchun buxgalteriya balansining aktiv qismi uning passiv qismining umumiy summasiga (valyuta balansiga) teng kelishi kerak. Balans so'zi (fr. balance – tarozi) tenglik, muvozanatlik ma'nosini anglatadi.
Hisobot davrida korxonaning moliyaviy holati haqida umumlashgan axborot manbai bo'lib buxgalteriya balansi hisoblanadi. Uning yordamida mulkning tarkibi va tuzilishi, korxonaning daromadliligi va uning likvidliligi, oborot mablag'larning aylanishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarning holati va uning dinamikasi o'rganiladi.
Buxgalteriya balansi yordamida korxonaning to'lov qobiliyati o'rganiladi, ya'ni korxona o'zining joriy aktivlar bilan joriy qarzlarini to'lash qobiliyati aniqlanadi.
Buxgalteriya balansining tengligini quyidagi tenglama ko'rinishida berish mumkin:
Aktiv = Passiv,
bunda, passiv xususiy kapital va majburiyatlardan iborat. 
Aktivlar = xususiy kapital + majburiyatlar 
Bu tenglik buxgalteriya hisobining fundamental asosi bo'lib hisoblanadi.
Balansning bir qancha turlari mavjud:

- joriy balans – har oy yoki chorakda tuziladi;

- yillik balans – yil yakuni bo'yicha tuziladi;

- kirish balansi – yangi tuzilgan korxona tomonidan birinchi marta tuziladigan balans;

- tugatish balansi – korxona tugatilishida tuziladigan oxirgi balansi;
- yig'ma balans – vazirlik, idora, konsernlar tomonidan alohida tuzilgan balanslarni umumlashtirish natijasida tuziladi;

- umumlashgan (konsidasiyalashgan) balans – alohida balansga ega bo'lgan, iqtisodiy jihatdan bir-biri bilan bog'liq bo'lgan yuridik shaxslarning balansini bosh korxona tomonidan umumlashtirish natijasida tuziladigan balans;

- balans-brutto (ital. brutto - qo'pol) «Asosiy vositalarning eskirishi», «Nomoddiy aktivlarning amortizasiyasi», «Savdo ustamasi», va «Shubhali qarzlar bo'yicha rezervlar» kontraktiv schetlarini o'zida qamrab turuvchi balans;

- balans-netto (ital. netto - sof) yuqorida sanab o'tilgan moddalarni ayrib tashlaydi.



Shunday qilib, brutto balansda asosiy vositalar balansning aktivda, ularning eskirishi passivida aks etiriladi. Netto balansda esa, bu moddalar faqat balansning aktiv qismida aks ettirilib, asosiy vositaning qoldiq qiymati (asosiy vositaning boshlang'ich qiymatidan eskirish summasini ayrib tashlash natijasida) aniqlanadi va balans valyutasiga qo'shiladi.
Hozirigi kunda O'zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga mos keladigan balans-netto shakli tuziladi.


Download 322 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish