O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/124
Sana16.03.2022
Hajmi2,49 Mb.
#497919
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 09.EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH

11.1.
 
Ekologik resurslarning ekskursiyani tashkil etishdagi o„rni.
11.2.
 
Ekologiya mavzusidagi ekskursiyalar marshrutining o„ziga xosligi.
11.3.
 
Ekologik 
faoliyatni 
amalga 
oshirishda 
milliy 
parklar 
va 
qo„riqxonalarning o„rni. 
11.4.
 
Mamlakatimizdaekoturizmni rivojlantirish chora tadbirlari 
 
11.1. Ekologik resurslarning ekskursiyani tashkil
etishdagi o„rni 
Ekologik turizm o‗tgan asrning oxirlaridan boshlab jahon turizmi 
industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Butunjahon turizm tashkilotining 
ma‘lumotlari bo‗yicha keyingi besh yilda ekologik turizmda turistlar oqimi tobora 
ko‗payib borayotganligi haqida hisob – kitob natijalari keltirilgan. Ushbu turizm 
yo‗nalishida janubiy Yevropa, Janubiy – sharqiy Osiyo, kichik Osiyo, Xitoy va 
Afrika qit‘asidagi davlatlar oldingi o‗rinlarda borishmoqda. Albatta, qayd qilingan 
geografik tabiiy manzillar betakror tabiat mintaqalar bo‗lib, doimiy bahor va yoz 
iqlimiga ega bo‗lgan davlatlarning tabiatdagi biologik xilma-xillik resurslari, 
sharoitlari bu mintaqalarda yil davomida turistlar oqimining ko‗payishini ta‘minlaydi, 
imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunga kelib jahonda ekologik turizm jadal suratlar 
bilan rivojlanib borayotgan turizmning tarmoqlaridanbiriga aylandi. 
O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlagandek 
«Go‗zal geografik va tabiiy sharoitlar Respublikamiz hududida ekologik turizmni 
rivojlantirish uchun g‗oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog‗li hududlarida 
joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob 
sayyohlik dasturlari tashkil etilgan. Sayyohlikning yangi yo‗nalishi-yirik qo‗riqxonalar 
va bog‗lar hududida tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi rivojlanmoqda»
22

22
Экологическийвестник. Ж. Тошкент, № 6, 2007.


134 
O‗zbekiston 3,8 mln. gektarga ega 
bo‗lgan ovchilik – baliqchilik yer 
maydonlariga ega, ulardan 1 mln. 
gektarini 
suv 
fondi 
tashkil 
etadi. 
Respublikamiz faunasi 97 turdagi o‗txo‗r 
hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 
turdagi sudralib yuruvchilar va 83 tur 
baliqlarga ega. Bulardan, O‗zbekiston 
Respublikasi «Qizil kitobiga» o‗txo‗r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, 
sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar 
kiritilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma‘lumotlari 
bo‗yicha, O‗zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur o‗simliklar mavjud. Shulardan, 3000 
turlari oliy, yovvoyi o‗suvchi o‗simliklar, ulardan 9 foizi endemiklardan iborat. 
O‗zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km
2
ni 
tashkil qilgan 10 ta davlat qo‗riqxonasi, 6061 km
2
ni tashkil etgan 2 ta milliy bog‗ va 
noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‗paytirish respublika markaziy – «Jayron» 
ekomarkazi, 12186 km
2
maydonni tashkil etgan 17 ta davlat buyurtmaxonalari 
mavjud. Keltirilgan ma‘lumotlarga qo‗shimcha qilib qayd qilish mumkinki, 
O‗zbekiston Markaziy Osiyoning o‗rtasida, ekologik turizmning rivojlanishi uchun 
qulay transport, geografik hududlarida joylashgan. Ekspertlarning ma‘lumotiga 
qaraganda ekoturizm sayyohlik bozorining 10-20 %ini qamrab olgan, o‗sish sur‘ati 
esa umumiy turizm industriyasining o‗sish sur‘atidan 2 – 3 marotaba oshib ketdi. 
Shuning uchun ham bugungi kunda ekologik turizmni rivojlantirish asoslarini va 
ekologik resurs maskanlariga turistik marshrutlar tuzishning uslubiy asoslarini ishlab 
chiqish zarur bo‗lmoqda.
Ekoturizmning maqsadi – hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi 
va barqaror rivojlanishini ta‘minlash uchun tabiatdan turistik yo‗nalishda oqilona 
foydalanishdir. Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun «O‗zbekistonda 
ekologik turizmni rivojlantirish konsepsiyasi» da keltirilgan rejaviy dasturni keltirish 


135 
kifoya qiladi. Bu konsepsiyada respublikamizda ekologik turizmni rivojlantirish 
uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd qilingan: 

ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab 
chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish; 

ekoturistik fan, ta‘lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish; 

aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‗stirish;

ekoturizm yo‗nalishidagi ta‘lim va tarbiyani yo‗lga qo‗yish; 

ekoturizm bo‗yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash; 

ekoturistik obyektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib 
borish; 

ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo‗lga qo‗yish; 

milliy davlat hududlarini ekoturizm bo‗yicha rayonlashtirish; 

davlatlarning va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid taktik reja va 
strategik dasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish; 

biologik xilma-xillikni saqlash. 
Qayd qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistik tamoyillarni, ya‘ni 
ekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo‗naltirilgan qoidalarga 
qattiq, ma‘suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi: 

ekoturizmda 
tabiatni 
muhofaza 
qilish 
va 
barqaror 
rivojlanish 
masalalarining ustuvorligi; 

ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan 
bog‗langanligi; 

turizm va servis sohasi yo‗nalishidagi barcha ta‘lim muassasalarida 
ekoturistik o‗quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi; 

mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o‗stirishda ekoturizmni 
jalb qilish zaruriyati; 

tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning mazmunini 
ekoturistik marshrutlarda aks ettirish; 


136 

davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarining ekologik turizmdan 
manfaatdorligi; 

ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning yagonaligi; 

ekoturizmda milliy g‗urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi. 
Qayd qilingan tamoyillarning bajarilishi O‗zbekistonda ekologik turizmni jadal 
rivojlantirishning asoslarini ta‘minlaydi. 
Ekoturizmni rivojlantirish bo‗yicha «O‗zbekistonda ekologik turizmni 
rivojlantirish konsepsiyasi» qabul qilingan. Ushbu konsepsiyaning 1.4. bandida – 
ekoturizmning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari yechimini topishi lozim bo‗lgan dolzarb 
masalalari qayd qilingan. Ular quyidagilar: 

ekoturizm obyektlarida aholini ish bilan ta‘minlash, ijtimoiy muhofaza 
qilish muammolarini hal qilish;

ekoturizm qadamjoylarida kichik va o‗rta biznesni rivojlantirish orqali 
qo‗shimcha ish o‗rinlarini yaratish, turistik infratuzilmalarni hosil qilish; 

ekoturizmning jahon talablariga javob beraoladigan moddiy – texnik, 
axborot–tahliliy bazasini yaratish xizmat ko‗rsatish va servis sohasini rivojlantirish; 

ekoturizm maskanlarini elektr energiyasi va issiq suv bilan ta‘minlash 
maqsadida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalari yordamida 
foydalanishni keng yo‗lga qo‗yish 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish