O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

4-MAVZU: MOLIYAVIY BOSHQARUV
 
REJA: 
1.
 
Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati.
2.
 
Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari.
3.
 
Moliyaviy oqimlarni boshqarish.
1.
 
Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati 
“Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda obyektni rivojlantirish va 
takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko’rsatishni anglatadi. 
Moliyaviy tizim doirasida moliyaviy resurslarni tashkil etish, taqsimlash va 
ulardan foydalanish har doim muayyan bir maqsadlarga erishishga mo’ljallangan 
bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ma’lum bir tarzda boshqaruv tizimini tashkil etishni 
taqozo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy ko’rinishda boshqaruv subyektining 
boshqaruv obyektiga maqsadga yo’naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi. 
Eng umumiy ko’rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini 2-rasmdagidek 
tasavvur qilish mumkin. 
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan 
moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar 
tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona 
foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani bajarish
moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.


85 
2-rasm. Moliyaviy boshqaruv tizimi
Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo’lib, boshqariladigan (obyektlar) 
va boshqaruvchi (subyektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi 
tizim, bu yerda moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) to’plamidan 
(majmuidan) iborat bo’lgan moliyaviy tizimni nazarda tutsa, boshqariladigan 
tizim esa pul munosabatlari to’plamidan (majmuidan) iborat bo’lgan moliyaviy 
tizimni o’z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda 
bo’lmasdan, u bir tomondan, faqat obyektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi 
tomondan, boshqaruv subyektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini 
takomillashtirishni ham o’z ichiga oladi. 
Moliyaviy boshqaruvning obyekti sifatida moliyaviy munosabatlarning turli 
ko’rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy tuzilishi, mamlakatdagi siyosiy 
kuchlarning mavqei (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir 
ko’rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan o’ziga xos bo’lgan moliyaviy 
munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo’jalik 
yurituvchi subyektlar moliyasida moliyaviy boshqa-ruvning subyekti bo’lib 
moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish